• Suspenziyalar
  • Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo




    Download 330,13 Kb.
    bet14/52
    Sana27.01.2024
    Hajmi330,13 Kb.
    #146929
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
    Bog'liq
    Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org (2)

    Nazorat savollari:
    1. Eritmalar deb nimaga aytiladi?
    2. Erigan moddaning massa ulushi deb nimaga aytiladi?
    3. Molyar konsentratsiya deb nimaga aytiladi?
    4. Eruvchanlik qanday tushuncha?

    9-MAVZU: UCHMAYDIGAN MODDALARNI SUYULTIRILGAN ERITMALARINING QAYNASH VA MUZLASH HARORATLARI

    Eritmaning sinflari. Moddalar suv bilan aralashtirilganda bir jinsli (eritmaga xos xususiyat) hamda ko‘p jinsli sistemalar, ya’ni suspenziya va emulsiyalar hosil qilishi mumkin. Erish jarayonida dastlab moddalar maydalanadi, shu sababli haqiqiy eritmalar, shuningdek, suspenziya va emulsiyalar dispers sistemalar jumlasiga kiradi (disperslanish-maydalanish demakdir). Dispers sistemalar juda ko‘p bo‘ladi, ular bir-biridan qanday zarrachalar (qattiq, suyuq va gazsimon) ekanliklari va qanday muhitda (suyuq va gazsimon holatlarga) aralashganliklari bilan farq qiladi. Masalan, tutun yoki havodagi chang, bunda havo gazlar aralashmasi, tutun yoki chang-maydalangan qattiq jism zarrachalaridir.
    Tarkibi–dispers muhiti–suv va boshqa suyuqliklar bo‘lgan dispers sistemalar dispers zarrachalarning o‘lchamlariga qarab haqiqiy eritmalar yoki eritmalar, kolloid eritmalar, dag‘al dispers sistemalar yoki suspenziya va emulsiyalarga bo‘linadi.
    Haqiqiy eritmalarning dispers zarrachalari juda kichik o‘lchamlarga ega, shuning uchun ularni bir jinsli sistemalar deb ataladi. Zarrachalarning o‘lchamlari 1 nm (10-9 m) dan kichik bo‘ladi.
    Kolloid eritmalarda dispers zarrachalarning o‘lchamlari 1-100 nm, hatto undan ham katta bo‘lib, bu zarrachalar juda ko‘p molekula yoki atomlardan iboratdir. Kolloid eritmalar ba’zi yuqori molekular moddalarni, masalan, oqsillarni suvda eritish natijasida, shu bilan birga kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham hosil bo‘ladi. Ularning xarakterli hossasi tiniqligi hisoblanadi.
    Ba’zi kolloid eritmalar qaynatilganida elektr zaryadga ega bo‘lgan ionlar desorblanadi, natijada kolloid zarrachalar yiriklasha boshlaydi va idish tubiga cho‘kib qoladi.
    Kolloid zarrachalarning bir-biriga yopishib, eritmadan cho‘kish hodisasi koagulyatsiya deb ataladi. Ba’zi kolloid eritmalar koagulyatsiya natijasida iviq massa holatiga o‘tadi, bu holatdagi modda gel (yoki iviq) deb ataladi. Masalan, 3 % li jelatina issiq suvda gelga yoki iviqqa aylanadi. Buning sababi shundaki, kolloid zarracha juda ko‘p suv molekulalarini o‘z atrofiga yig‘adi. Ko‘p gellar kundalik turmushda (masalan, jele, marmelad, ba’zi bir nozu-ne’matlar) ko‘plab ishlab chiqariladi va foydalaniladi.
    Dag‘al dispers sistemalar suspenziyalar va emulsiyalarga bo‘linadi. Suspenziyalar–dispers zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan katta, zarrachalarni asbobsiz ko‘z bilan ko‘rish mumkin, oson cho‘kadi, ba’zan bir necha daqiqa mobaynida cho‘kadi, oddiy filtrlarda (qog‘oz filtrda) ushlanib qoladi. Emulsiyalar–dispers zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan katta, ayrim tomchilarni asbobsiz ko‘z bilan ko‘rish mumkin, masalan o‘simlik moyi yoki benzinning suv bilan aralashmasi.
    Eritmaning eng muhim xarakteristikasi uning konsentrasiyasidir. Eritmaning muayyan miqdorda erigan modda miqdori eritmaning konsentrasiyasi deyiladi.
    Barcha eritmalar o‘zidan elektr tokini o‘tkazishiga ko‘ra ikki sinfga bo‘linadi: elektrolit va noelektrolitlar. Elektrolit eritmalar o‘zlaridan elektr oqimini yaхshi o‘tqazadi. Bunaqangi eritmalarga kislota, asos, va tuzlarning suyuq eritmasi kiradi. Noelektrolit eritmalar ko‘proq organik modda eritmasi kiradi.
    Chin eritmalar – ikki (yoki bir qancha) moddning bir jinsli aralashmasidir. Chin eritmalar har xil agregat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asosan suyuq eritmalar to‘g‘risida to‘хtalamiz. Suyuq eritmalar erituvchi va erigan yoki eruvchi moddadan tashkil topadi. Chin eritmada dispers muhit, erituvchi dispers faza eruvchi deb nomlanadi. Erish jarayonida o‘z agregat holatini saqlab qolgan modda erituvchi hisoblanadi. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma’lum darajada madalangan zarrachalar hamda taqsimlanishi natijasida hosil bo‘lgan sistema dispers sistema deyiladi. Ma’lum darajada maydalangan holda taqsimlangan modda dispers faza deyiladi. Bu moddani o‘rab olgan moddalar esa dispers muhit deb ataladi.
    Eritmalar uch sinfga bo‘linadi: ideal eritmalar, cheksiz suyultirilgan eritmalar va ral eritmalar.
    Ideal eritmalar deb bir хil agregat holatidagi va istalgan nisbatdagi tarkibiy qismlardan hosil bo‘ladigan, issiqlik effekti ajralmaydigan, hajmi o‘zgarmaydigan, ideal gazlar aralashganda entropiyaning o‘zgarishi sodir bo‘lgan o‘zgarishga ΔS = ΔS ideal hamda ΔV = 0, ΔH = 0 ga teng bo‘lgan eritmalarga aytiladi.
    Cheksiz suyultirilgan eritma – bu хil eritmalarda erigan moddaning konsentrasiyasi cheksiz kichik bo‘ladi. Ideal bo‘lmagan har qanday cheksiz suyultirilgan eritmada erituvchi ideal eritmalar qonuniga bo‘ysunadi. Erigan modda esa bo‘ysunmaydi.

    Download 330,13 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




    Download 330,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo

    Download 330,13 Kb.