• Molyar konsentratsiya
  • Eruvchanlik
  • Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo




    Download 330,13 Kb.
    bet12/52
    Sana27.01.2024
    Hajmi330,13 Kb.
    #146929
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
    Bog'liq
    Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org (2)

    Erigan moddaning massa ulushi–bu o‘lchamsiz fizikaviy kattalik bo‘lib, erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga nisbatiga teng, ya’ni
    m = mm  m
    bunda m–erigan moddaning massa ulushi; mm–erigan moddaning massasi va m– eritmaning umumiy massasi.
    Erigan moddaning massa ulushi m odatda birning ulushlarida yoki foizlarda ifodalanadi. Masalan, suvdagi H2SO4 ning massa ulushi 0,05 ga yoki 5 % ga teng, bu degani 100 g massali H2SO4 eritmasida 5 g H2SO4 va 95 g H2O bor, demakdir.
    Molyar konsentratsiya–bu erigan modda miqdorining eritmaning hajmiga nisbatiga teng kattalik, ya’ni C(X) = n(X)  V
    Bunda C(X)-X zarrachalarning molyar konsentratsiyasi, n(X)-X modda zarralarining eritmadagi miqdori, V-eritmaning hajmi, uning asosiy birligi moll. Masalan, C(HCl)=0,1 moll, C(H3PO4)=0,5 moll,
    C(NH4+)=10 moll, C(H+)=110-5 moll.
    Bir litrida bir mol erigan modda bor eritma molyar eritma deyiladi. Masalan, 1L 1M NaOH eritmasini neytrallash uchun ushbu reaksiyalar tenglamalariga ko‘ra:
    a) NaOH + HCl = NaCl + H2O ; b) 2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O
    HCl va H2SO4 eritmalaridan quyidagi hajmda olish zarur:
    1 L 1 M HCl yoki 0,5 L 1 M H2SO4. Ravshanki, 0,5 L 2 M NaOH ni neytrallash uchun 0,5 L 2 M HCl yoki 0,25 L 1 M H2SO4 kerak bo‘ladi.
    Eruvchanlik–bu moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xossasidir. Suvda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar erishi mumkin. Suvda eruvchanligiga ko‘ra barcha moddalar uchta guruhga bo‘linadi: yaxshi eriydigan, kam eriydigan va amalda erimaydigan moddalar. Amalda erimaydigan moddalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri erimaydigan moddalar ham deyiladi. Eruvchanlik moddalarning tabiatiga bog‘liq, bundan tashqari u temperatura va bosimga ham bog‘liq bo‘ladi. Erish jarayonining o‘zi erigan modda zarrachlari bilan erituvchining o‘zaro ta’sirlashuvidan iborat bo‘lgan hamda o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayondir.
    Eritmalar erigan modda miqdoriga qarab uch xil bo‘ladi: to‘yingan, to‘yinmagam va o‘ta to‘yingan eritmalar. Erigan moddaning ortiqchasi bilan dinamik muvozanatda turgan eritma to‘yingan eirtma deyiladi. To‘yinmagan eritmada to‘yingan eritmadagiga qaraganda kamroq, o‘ta to‘yingan eritmada esa ko‘proq modda bo‘ladi. O‘ta to‘yingan eritmalar ancha beqarordir. Idishni salgina chayqatish yoki eritmaga tuz kristalidan qo‘shish ortiqcha erigan moddaning cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi.
    Ko‘pincha kam eriydigan va amalda erimaydigan moddalar umumiy nom bilan kam eriydigan moddalar deyiladi.
    Eruvchanlik miqdoriy jihatdan to‘yingan eritmaning konsentratsiyasi bilan ifodalanadi. Ko‘pincha u berilgan temperaturada 100 g erituvchida erish mumkin bo‘lgan moddaning eng ko‘p grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu miqdor ba’zan eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb ataladi. Masalan, 18 0C da 100 g H2O da 51,7 g Pb(NO3)2 eriydi. (ya’ni Pb(NO3)2 ning eruvchanligi 18 0C da 51,7 ga teng).
    Moddaning eruvchanligi haqida gapirilganda erishdagi temperaturani albatta ko‘rsatish kerak. Ko‘pincha qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ko‘tarilishi bilan ortadi. Bu eruvchanlik egri chiziqlari yordamida yaqqol tasvirlanadi. Abssissalar o‘qiga temperatura, ordinatalar o‘qiga eruvchanlik koeffitsienti qo‘yiladi. Eruvchanlik egri chiziqlari yordamida moddalarning turli temperaturadagi eruvchanlik koeffitsienti oson aniqlanadi. Temperatura pasayganida eritmadan moddaning ajralib chiqishi kristallanish deyiladi.
    Moddalarning erishida issiqlik effekti sodir bo‘ladi: moddaning tabiatiga qarab issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Erish jarayonida issiqlik chiqqanida ekzotermik jarayon (H0), issiqlik yutilganida endotermik jarayon (H0) amalga oshadi. Erish issiqligi H-bu 1 mol modda eriganida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdoridir. Masalan, KOH uchun H0=-55,65 kjmol, NH4NO3 uchun esa H0=+26,48 kjmol.
    Erigan moddaning erituvchi bilan kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida solvatlar (erituvchi suv bo‘lganida gidratlar) deyiladigan birikmalar hosil bo‘ladi. Bunday birikmalarning hosil bo‘lishi jihatidan eritmalar kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi.
    Rus kimyogari D. I. Mendeleyev eritmalarning kimyoviy nazariyasini yaratdi, uni juda ko‘p tajribalar bilan asoslab berdi va 1887 yilda “Suvdagi eritmalarni solishtirma og‘irligiga ko‘ra tekshirish” nomli kitobida bayon qilib berdi.

    Download 330,13 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




    Download 330,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo

    Download 330,13 Kb.