|
-Mavzu: Jun va zigir tolali gazlamalar sifatini aniqlash
|
bet | 35/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS11-Mavzu: Jun va zigir tolali gazlamalar sifatini aniqlash
Reja:
1. Jun va zigir tolali gazlamalar sifatini aniqlash
2. Gazlama va tikuvchilik buyumlari sifatini aniqlash
1. Jun va zigir tolali gazlamalar sifatini aniqlash
Barcha gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan jun gaz-lamalarning miqdori unchalik ko‘p emas, biroq to‘quvchilik buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llanilishi bo‘yicha oldingi o‘rinda turadi. Jun gazlamalarning afzalligi ularning issiqni saq-lash qobiliyatining yuksakligidadir. Shuning uchun jun gazla-malaridan asosan qishki kiyimlarni tayyorlashda foydalaniladi.
Jun gazlamalaridan ayollar ko‘ylaklari, bolalar, o‘smirlar, ayollar va erkaklar kostum-paltolari va hokazo buyumlar ishlab chiqariladi.
Jun gazlamalarni ishlab chiqarishda iplarning tuzilishi va yigiruv usuliga ko‘ra ular uchta guruhga bo‘linadi: qayta tarash usulida olingan iplardan, mayin movut usulida olingan iplardan va dag‘al movut usulida olingan iplardan to‘qilgan gazlamalar.
Qayta tarash usulida olingan iplardan to‘qilgan gazlamalar boshqa so‘z bilan kamvol gazlamalar deb ataladi. Ularni to‘qish uchun qayta tarash usulida olingan yo‘g‘onligi 22,2 –41,6 teksga teng bo‘lgan yakka iplar va yo‘g‘onligi 15,6 teks 2 dan to 41,6 teks 2 gacha pishitilgan iplar ishlatiladi. Bu gazlamalar yupqa, mayin, qayishqoq, sirtlari silliq bo‘ladi, o‘rilish naqshi ochiq ko‘rinib turadi.206
gazlamalarini to‘qishda chiziqli zichligi 50 –100 teks ga teng bo‘lgan apparat usulida olingan iplar ishlatiladi. Bu gazlamalarning sirtida iplardan chiqib turgan tola uchlaridan kigizsimon to‘sham hosil bo‘ladi. Bu to‘sham gazlamaning o‘rilish naqshini sezilarli darajada yoki butunlay qoplab turadi.
gazlamalarini to‘qishda chiziqli zichligi 143–333 teks li apparat usulida yigirilgan yo‘g‘on iplar ishlatiladi. Par-dozlash jarayonida bu gazlamalarning sirtidagi kigizsimon to‘-shami bosiladi va o‘rilish naqshi ko‘rinmay qoladi.
Tola tarkibiga ko‘ra jun gazlamalari sof jun va yarim junli bo‘ladi. Sof junli gazlamalar tarkibiga 5 foizgacha boshqa tolalarni qo‘shish mumkin. Yarim junli gazlamalarda esa jun tolaning miqdori 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Jun tolasiga paxta, viskoza, lavsan, kapron, nitron va boshqa tolalar yoki kompleks iplari qo‘shiladi. Lavsan va nitron tolalarining miqdori 35–75 foiz, kapron miqdori 5–10 foiz bo‘ladi. Lavsan tolasini qo‘shib ishlab chiqarilgan gazlamalar berilgan shaklini saqlaydi va g‘ijimlanmaydi. Kapron tolasi qo‘shilgan bo‘lsa, gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi oshadi. Nitron tolasini qo‘shib to‘qilgan gazlamalar aniq va ochiq rangli bo‘ladi. Lekin, kimyoviy tolalar qo‘shilgan yarim jun gazlamalarning gigiyenik xossalari yomonlashadi, pillar hosil bo‘ladi va gazlamalar tez-tez kirlanadi.
Pishitilgan iplardan to‘qilgan, zichligi katta bo‘lgan kamvol gazlamalarni to‘quvchilikda ishlatish ancha murakkab: bichish to‘shamiga taxlanganda sirpanib ketadi, titiluvchan bo‘ladi, tikish paytida choklarda teshiklar hosil bo‘lishi mumkin, namlab-isitib ishlov berib shakllantirish ancha qiyin, dazmollaganda yaltiroq joylari paydo bo‘lishi mumkin. Tikish jarayonida paydo bo‘lgan nuqson va kamchiliklar gazlamaning silliq sirtida yaqqol bilinib turadi.
Zig‘ir tolali gazlamalar yaxshi gigiyenik xossalarga ega. Ular issiq, bug‘ va suvni tez o‘tkazadi, namlikni tez shimadi va tez qaytaradi. Undan tashqari, zig‘ir tolali gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi katta, ular yengil yuviladi va dazmollanadi. To‘quvchilik jarayonida bichish to‘shamiga yengil taxlanadi, qiyshayib ketmaydi.
Zig‘ir tolali gazlamalarning kamchiliklari quyidagicha: ular tez g‘ijimlanadi, bichish va tikishda ma’lum qiyinchiliklar bor — bichish mashinalarining pichoqlari va tikuv ignalari tez-tez o‘tmas bo‘lib qoladi.
Zig‘ir tolali gazlamalar asosan choyshab, dasturxon, sochiq-lar, ichki kiyimlar, ko‘ylak va kostumlar ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. Ko‘ylakbop va kostumbop gazlamalarning g‘ijim-lanuvchanligini kamaytirish uchun ular zig‘ir va lavsan tolalari aralashmasidan ishlab chiqariladi yoki tayyor gazlamalarga kam g‘ijimlanadigan maxsus ishlov beriladi.
Zig‘ir tolali gazlamalarni tayyorlash uchun yigirilgan zig‘ir ipi ho‘l va quruq yigirish usullarida olinadi. Bu iplar paxta ipiga nisbatan yo‘g‘onroq bo‘ladi (18–166 teks), shuning uchun gazlamalarning yuza zichligi ham kattaroq bo‘ladi — 140–500 g/m2. Lekin, oxirgi paytlarda gazlamalarning yuza zichligini kamaytirish uchun ular kimyoviy tolalarni (lavsan, kapron, viskoza) qo‘shib ishlab chiqariladi. Umuman zig‘ir tolali gaz-lamalar assortimentining 80 foizini yarim zig‘ir gazlamalar tashkil qiladi. Ularning tandasida paxta ipi, arqog‘ida esa zig‘ir tolasidan yoki zig‘ir tolasi va kimyoviy tolalar bilan ara-lashmasidan olingan iplar ishlatiladi.198
Pardozlash jihatidan zig‘ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirg‘a rangda bo‘lishi mumkin. Gul bosilgan gazlamalar kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Amaldagi preyskurantda zig‘ir tolali gazlamalar 16 guruhga bo‘linadi. Bulardan to‘quvchilikda ko‘ylak — kostumbop gazlamalar guruhi (¹06) va bortovka gazlamalari guruhi (¹10) keng ishlatilmoqda.
Ko‘ylakbop va kostumbop gazlamalar guruhiga ko‘ylak, yozgi kostumlar, xalat va boshqa kiyimlarni tikish uchun mo‘ljallangan gazlamalar kiritilgan. Har yili 50 ga yaqin yangi artikulli gazlamalar chiqarilyapti. Ko‘ylakbop gazlamalarning yuza zichligi 100 – 220 g/m2, kostumboplarniki 250–290 g/m2 bo‘ladi. Sof zig‘ir tolali guruhchaga kiradigan kiyimbop gazlamalarning soni kam. Ular chiziqli zichligi 45–85 teksga teng bo‘lgan iplardan atlas yoki mayda o‘rilishda sidirg‘a rangli, yarim oq va oqartirilgan holda ishlab chiqariladi.
Yarim zig‘ir tolali kiyimbop gazlamalarning soni va turlari ko‘p. Ular ayollar va erkaklar ko‘ylaklarini, bluzkalarini, kostumlarini, yoshlar va bolalar uchun sport kiyimlarini tikish uchun ishlatilmoqda. Ularning tola tarkibida zig‘ir tolasi bilan paxta, lavsan, kapron, viskoza tolalari kiradi. Bu gazlamalarning sirti o‘rilishiga va turli yo‘g‘onlikda iplarni ishlatilishiga ko‘ra silliq yoki mayda relyefli bo‘ladi. Ko‘ylakbop gazlamalar mayda gulli o‘rilishlarda ishlab chiqariladi. Ayrim zig‘ir gazlamalar jumlasiga sal dag‘al tuzilishdagi og‘ir gazlamalar kiradi. Ularning sirti g‘adir-budur bo‘ladi. Bu gazlamalar jun gazlamalarini eslatadi va kostum va yozgi paltolarni tikish uchun ishlatiladi. O‘rilishlari har xil va pardozlanish turlari chipor va gul bosilgan bo‘ladi.
Kiyimbop guruhiga kiritilgan gazlamalarning nomlari «Ko‘y-laklik», «Kostumlik», «Kostumlik-ko‘ylaklik», «Bluzkalik» va hokazolar bo‘ladi.
|
| |