|
Nazorat savollari va topshiriqlar
|
bet | 37/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSNazorat savollari va topshiriqlar:
1. Mahsulot sifati haqida ma‘lumot bering.
2. Mahsulot sifat ko‗rsatkichiga ta‘rif bering.
3. Mahsulot xossasi deganda nimani tushunasiz?
4. Sifatni baholash darajasi tushunchasining ta‘rifini keltiring.
5. Sinov usuli nimani bildiradi?
12-Mavzu : Gazlamalar assortimenti.
Reja:
1. Gazlamalar assortimenti.
2. Gazlamalar artikuli, preyskurantlari, ular haqida tushuncha.
1. Gazlamalar assortimenti. Assortiment so`zi inglizcha bo`lib, to`plam, komplekt ma`nolarini bildiradi.
Ip gazlamalar maishiy va texnik xillarga bo`linadi. Maishiy ip gazlamalar assortimentining katta qismini tashkil qiladi.Maishiy ip gazlamalar rangi, tuzilishi jixatidan turli-tuman bo`lib, ko`ylaklar, bluzkalar, yubkalar, shimlar, kostyumlar, sarafanlar, palto, yarim
palto, sport kiyimlari, maxsus kiyimlar, gimnasterkalar, telogreykalar va boshqa buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi.Ip gazlamalar to`qishda tukuvchilik urilishlarining barcha sinflari qo`llaniladi.Bo`yalishi jixatidan ip gazlamalar xom, oqartirilgan, sidirga, melanj,
mulinirlangan, guldor va gul bosilgan xillarga bo`linadi. Yuvilib ketmaydigan appretli, g`ijimlanmaydigan va kirishmaydigan qilib pardozlangan ip gazlamalar ishlab chiqarish yildan-yillga ko`paymoqda.Savdo preyskuranti bo`yicha ip gazlamalar 17 guruxga: chitlar, buzlar, ich kiyimlik gazlamalar, satinlar, ko`ylaklik, kiyimlik va hokazo gazlamalarga bo`linadi. Maishiy gazlamalar assortimentining katta qismi dastlabki olti guruxga kiradi. Ba`zi guruxlar qisqich guruxlarga bo`linadi. Masalan, ich kiyimlik gazlamalarning buz, mitkal va maxsus xillari bor. Ko`yllaklik gazlamalar ezgi, qishki, mavsumbop va kimyoviy komp lekplar qo`shib to`qilgan gazlamalarga bo`linadi. Ip gazlamalarning artikulllari gazlamalarning preyskurant b o`yicha tartib raqamidan iborat. Tartib raqam har qaysi gurux uchun intervallar bilan belgilanadi. Ip gazlamalarning savdo preyskurantiga turi ip gazlamalarning 1300 dan ortik artikuli kiritilgan.Ip gazlamalar assortimenti quyidagi yo`nalishlarga rivojlanadi:Shaklini yaxshi saqlaydigan gazlamalar (buz va poplin tipidagi tekis, silliq sirtli engil gazlamalar) hamda klassik urilishli gazlamalar (bir tomoniga to`q chiqarilgan tekis yoki gadir-budur sirtli gazlamalar) yaratish;Plastik gazlamalar – maxrli, mayin va engil gazlamalar, mayin chiyduxobalar yaratish.Yangi strukturali gazlamalar (doqaga o`xshash, nafis, jakkard, shakldor chiyduxobalar) ishlab chiqarish, kolorit, naqsh, turli pardoz xillarini o`zgartirish xisobiga ip gazlamalar assortimenti o`zgartirib turiladi. Zarxalli, kashtali va shu kabi yangi gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.Ip gazlamalarda viskoza va sintetik kompleks iplar qo`llash, shtapel sintetik tolalar ko`shish xisobiga ham assortiment yangilamoqda. Bunday gazlamalarni ip gazlama sanoati ishlab chiqaradi, lekin ular shoyi gazlamalar preyskurantiga kiritilgan. Ip gazlamalarning texnologik xossalari ularning tuzilishiga bog`liq.Ishlatiladigan kalava ipning xiliga ip gazlamalar quyidagi xillarga
bo`linadi: qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to`qilgan ip gazlama; karda kalava ipidan to`qilgan ip gazlama; turli usulda yigirilgan iplarni qo`shib, karda-qayta tarash va karda-apparat usullarida to`qilgan gazlamalar.
|
| |