|
-Mavzu: Tikuvchilik gazlamalarini tozalash va saqlash
|
bet | 54/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS20-Mavzu: Tikuvchilik gazlamalarini tozalash va saqlash.
Reja:
1) Gazlamalar va tikuvchilik buyumlaridagi dog‘larni ketkazish.
2) Kimyoviy usulda tozalash haqida tushuncha.
Tikuvchilik gazlamalarini tozalash va saqlash.
Gazlamalar va tikuvchilik buyumlaridagi dog`larni ketkazish. Kimyoviy usulda tozalash haqida tushuncha. Tikuvchilik gazlamalari va buyumlarni saqlash asosiy shartlari. Mo`yna, mo`yna buyumlari, metall furnituralarni saqlash shartlari.
Tovlanuvchanlik, bo’yoq va gullar gazlamaning g’ijimla-nuvchanligini bo’rttirib yoki susaytirib ko’rsatishi mumkin. Atlas va sarja o’rilishli tovlanuvchan 24
yupqa och rangli gazlamalarda, masalan, astarlik gazlamalarda g’ijimlar va burmalar yaqqol seziladi. Oqartirilgan va bir xil rangga bo’yalgan gazlamalar guldor yoki gul bosilgan gazlamalarga qaraganda ko’proq g’ijimlanadigandek ko’rinadi. Gullar gazlamaning g’ijimlanuvchanligini kamaytirmaydi, balki g’ijimlarni ko’z uncha ilg’amaydigan qilib ko’rsatadi.
Gazlamalarning g’ijimlanuvchanligi buyumning ko’rinishini buzadi va tikuvchilik jarayonini qiyinlashtiradi. Oson g’ijimlanuvchan gazlamalar tez ishdan chiqadi; ular tez-tez ho’llash-dazmollash natijasida pishiqligini ham yo’qotadi.
Gazlamalarning g’ijimlanuvchanligini bukib, uning bukilish burchagini gradusda belgilash uchun mo’ljallangan organoleptik usulda (qo’lda g’ijimlab ko’rib) hamda laboratoriyada (maxsus priborlardan foydalanib) aniqlash mumkin. Bir tomonga yo’nalgan va yo’nalmagan g’ijimlarni aniqlaydigan priborlar bor (masalan, IR-1 markali «sun’iy qo’l» pribori to’qimachilik materiallarining kiyim yengi tirsaklarida deformatsiyalanishini tekshirish uchun ishlatiladi; gazlamalarning egilishga chidamliligini aniqlaydigan pribor nagruzka berilgandan so’ng gazlamani minutiga 124 marta bukib, bukilish burchagini aniqlash uchun mo’ljallangan).[12]
Yengil sanoat kasb-hunar kollejlari rejasiga muvofiq, Gazlamashunoslik faniga jami 114 soat ajratilgan bo’lib, shundan 50 soat ma`ruza, 30 soat amaliy, 34 soat mustaqil ta`limga ajratilgandir. «Gazlamashunoslik» fani tikuv ishlab chiqarish sohasining kasbiy fanlari turkumiga kirib, unda gazlamalarni sinflarga bo`linishi, tolalarni olinishi, xossalari. Gazlamalarning to`qilishi, ularni pardozlash, sifatini aniqlash, Noto`qima materiallari, issiqlikni tutuvchi noto`qima materiallar, furnituralar turlari va texnologiya xossalari xaqidagi ma`lumotlarni o`quvchiga yetkazish fanning maqsadi hisoblanadi.
O`quvchi oladigan ko`nikma - To`qimachilik tolalarining tasnifi. - Tolalar to`g`risida ma`lumotlar va ularning xossalari. - Kimyoviy tolalarning tarkibi, olinishi va xossalari.25
- Gazlamalarni olinishi texnologiyasi. - Tolalarni yigirish jarayonilari va ishlatiladigan jihozlar. - To`kuvchilik ishlab chiqarish. To`kuvchilik dastgohlari. - Gazlamalarni pardozlash, sifat va sonini belgilash. DST-161-86 «Maxsulot sifatini aniqlash». - Gazlamalarning xossalari. - Gazlamalar assortimenti. - Kimyoviy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari. - Noto`qima gazlamalar, tolaviy tarkiblari va xossalari. - Issiqlik tutuvchi materiallar, tabiiy va sun`iy mo`ynalar. - Kiyim furnituralari va bezak beruvchi materiallar.
Tikuvchilik materiallarini tozalash va saqlash.
O`quvchi oladigan bilimlar - Tolalarning tasnifi va ular tarkibini bilish uchun sinab ko`rish usullari. - Kimyoviy tolalarni olinishi, ularni sinab ko`rish va xossalari. - Paxtani titish, piltalash, yigirish va tandalash jarayonlari. To`qish jarayoniga dastgohni tayyorlash. - To`quvchilik stanoklari, tuqish jarayonida hosil bo`ladigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish.
- Gazlamalarni savdo va tikuv korxonalariga chiqarilishi. Matolarni bir-biridan farqi.
- Gazlamalarni pardozlash va sifat sonini belgilash. DST-161-86 «Maxsulot sifatini aniqlash». - Gazlamalar assortimenti va ularni ishlatish. - Kimyoviy tolali gazlamalar, ularni olinishi, xususiyatlarini aniqlash.26
- Noto`qima matolar ishlab chiqarish jarayoni. Noto`qima matolarni tikuv ishlab chiqarish sohasida ishlatilishi. - Issiqlik tutuvchi materiallar, ularni olinishi va texnik ko`rsatkichlari. - Kiyim furnituralari turlari va ishlatilishi. - Gazlamalarni tozalash va saqlash. DST-7000-80 «Tayyor maxsulotlarni yorliqlash, taxlash va saqlash».
Gazlama namunasining g’ijimlanishini qo’lda sinab ko’rishda g’ijimlanuvchanlik darajasiga qarab unga juda g’ijimlanadigan, g’ijimlanadigan, kam g’ijimlanadigan, g’ijimlanmaydigan gazlama deb baho beriladi.
Gazlamaning zichligi Gazlamaning zichligi uning uzunlik birligida, odatda 10 sm ga to`g`ri keladigan iplar soni bilan belgilanadi. Gazlamaning zichligi bir-biridan farq qiladi, hamda har doim ular alohida-alohida aniqlanadi. Agar gazlamaning tanda va arqoq bo`yicha zichligi bir xil bo`lsa, bunday gazlama zichligi bir tekis gazlama deyiladi. Agar gazlamaning tanda va arqoq bo`yicha zichligi har xil bo`lsa, bunday gazlama zichligi notekis gazlama deyiladi.
Gazlamaning haqiqiy, maksimal va nisbiy zichligi bo`lishi mumkin.
Gazlamaning haqiqiy zichligi 10 sm gazlamaga to`g`ri keladigan haqiqiy iplar soni bilan belgilanadi. Bunday zichlik iplarni to`quvchilik lupasi yordamida sanash yoki 5x5 sm li namunadan iplarni sug`urib olish yo`li bilan aniqlanadi. Iplar sug`urib olingandan so`ng tanda iplarni soni alohida, arqoq iplarni soni alohida sanaladi. Har qaysi natijani alohida-alohida ikkiga ko`paytirib tanda bo`yicha haqiqiy zichlik ko`rsatkichlari topiladi. Haqiqiy zichlik kalava ip (ip) ning yo`g`onligiga bog`liq bo`ladi, u gazlamaning kalava ip bilan to`lganlik darajasi, iplar orasidagi masofa haqida tasavvur bermaydi. Masalan, drapning haqiqiy zichligi 160, markizetning haqiqiy zichligi 730.
Har doim nisbiy zichlik tanda uchun alohida, arqoq uchun alohida hisoblanadi.
Ba`zi gazlamalarning tanda bo`yicha ham, arqoq bo`yicha ham nisbiy zichligi 100 % dan yuqori bo`lsa, iplar qisiladi yoki vertikal bo`yicha suriladi. Nisbiy zichlikni ifodalovchi raqam gazlamaning iplar bilan to`lganlik darajasi haqida tasavvur olishga va gazlamalarning zichligini taqqoslab ko`rishga imkon beradi.27
Ba`zi gazlamalarning tanda bo`yicha ham, arqoq bo`yicha ham nisbiy zichligi 100 % dan yuqori bo`ladi. Nisbiy zichligi yuqori bo`lgan gazlamalarni tikish qiyin, chunki tikish paytida igna iplarni uzib yuborishi mumkin. Bunday gazlamalarni dazmollash ham qiyin. Masalan, sof jun gabardinning tanda bo`yicha nisbiy zichligi 140 % gacha bo`lishi mumkin. Shuning uchun gabardinni tikish va dazmollash ancha qiyin. Nisbiy zichligi oshib ketsa, gazlama qattiqlashadi, og`irlashadi, uzilish va ishqalanishga chidamliligi ortadi, qayishqoqligi, chang o`tkazmasligi kuchayadi, havo o`tkazuvchanligi yomonlashadi Masalan, chang o`tkazmaydigan moleskinlarning arqoq bo`yi va nisbiy zichligi 140 %.
Nisbiy zichligi kichik bo`lgan gazlamalaryengil bo`ladi, havoni, bug`ni yaxshi o`tkazadi, lekin siyrak bo`ladi. Ulardan tikilgan buyumlarning choklari puxta bo`lmaydi. Bunday gazlamalar har tomonga osongina cho`ziladi hamda bichish va tikish paytida qiyshayib
ketadi.
Saqlash. Gazlamalar qanday sharoitda saqlansa, tikilgan buyumlar ham shunday sharoitda va tartibda saqlanishi lozim. Tikilgan buyumlar saqlanadigan omborxona binosi toza, quruq, yaxshi shamollab turadigan, havosining nisbiy namligi doimo normal va harorati bir me’yorda bo‘lishi lozim. Saqlanayotgan buyumlar devordan va poldan kamida 20sm, elektr lampalardan 50 sm va isitish asboblaridan 1 m narida joylashtirilishi, changdan, ifloslanishdan, 6
quyosh nuri ta’siridan, kemiruvchilar va kuyadan himoyalangan bo‘lishi zarur. Palto, kostyum va ko‘ylaklar ilgichga osig‘lik holda saqlangani ma’qul.
Tikilgan buyumlarga qarab turish. Kiyilayotgan buyumlar vaqti kelib yuviladi, dazmollanadi, tozalanadi, zarur topilsa, dog‘lar ketkaziladi va hokazo.
Yuvish va dazmollashda eng avval buyumning qanday gazlamadan tikilganligini e’tiborga olish zarur. Ip gazlama va zig‘ir tolasi gazlamalaridan tikilgan buyumlarni yuvishda va dazmollashda allaqanday maxsus qoidalarga rioya qilish talab etilmaydi.
Tabiiy ipak buyumlarni neytral sovun, bolalar sovuni ko‘pigida yoki sintetik vositalar yordamida yuvgan ma’qul. Bunda suvning issiqligi 40° S atrofida bo‘lishi lozim. Yuvilganidan keyin ularni avvalo iliq, keyin sovuq suvda chayish, buyum rangdor bo‘lgan taqdirda suvga sirka (bir litr suvga bir osh qoshiq sirka) qo‘shish tavsiya etiladi, chayilgan kir siqiladi, bir oz vaqt quruq sochiqga yoki choyshabga o‘rab qo‘yiladi va kiyim osg‘ichlarga osig‘liqholda quritiladi. Buyumni biroz namligida, teskari tomonidan dazmollash lozim, dazmol150° S dan ziyod qizimasin. Og‘ir gazlamalar (krep-satin va boshqalar) dan tikilgan buyumlarni yuvmasdan, yaxshisi, kimyoviy tozalashga berish kerak.
Sun’iy ipak buyumlarni juda ehtiyot bo‘lib, qattiq ishqalamasdan sovunli suvda qo‘lda yuvish kerak, buning uchun, eng yaxshisi, 72% li kir sovuni yoki bolalar sovunidan, yo bo‘lmasa sintetik yuvish moddalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Sovunli suvga nashatir spirti (bir chelak eritmaga bir osh qoshig‘ida) qo‘shish maslahat beriladi. Yuvayotganda buyumlarni ishqalash va burash yaramaydi, aks holda ipak tolalari titilib ketadi.
Buyumlarni yozilgan holida choyshabga o‘rab quritgan ma’qul,ular teskari tomonidan dazmollanishi lozim. Dazmolning issiqligi viskoz ipagidan bo‘lgan buyumlarni dazmollashda 150°S dan, asetat ipagidan bo‘lgan buyumlarni dazmollashda esa 100°S dan oshmasligi kerak.
Yupqa jun gazlama buyumlarni sintetik yuvish vositalariyoki neytral sovun ko‘pigida, 40—45° S dan issiq bo‘lmagan suvdayuvish lozim. Suvni yumshatish uchun nashatir spirti (bir chelaksuvga ikki-uch osh qoshig‘ida) qo‘shish tavsiya etiladi. Buyumlar ishqalamasdan va g‘ijimlamasdan yuvilsa, gazlamasi bosilib kigizlashmaydi va kirishmaydi. Jun gazlamalardan tikilgan buyumlarni dazmollashda ustiga toza doka yoki mata yozib uningustidan dazmollash kerak. Kostyumbop va ko‘ylakbop gazlamalardan tikilgan buyumlarni yuvish tavsiya etilmaydi, ularni kimyoviy tozalashga berish kerak.
Uy sharoitida buyumlar asosan chang va kirdan tozalanadi. Bu maqsadda ularni kiyimbop qattiq cho‘tka bilan muntazam cho‘tkalab turish lozim. Agar kiyimga loy tekgan bo‘lsa, loyi quriganidan keyingina uni cho‘tkalash kerak.
Kiyimdagi dog‘lar shu buyum tikilgan gazlamaning turigava dog‘ning xususiyatiga qarab turli usullarda ketkaziladi.
Yangi tekkan dog‘ni ketkazish oson, eskirgan dog‘larning, ayniqsa siyoh, meva, rezavor meva, qizil vino dog‘larining ketishi ancha qiyin.
Dog‘ ketkazishning eng oddiy usuli shundan iboratki, dog‘iliq sovunli eritma bilan ho‘llangan cho‘tka yoki latta bilan bir necha marta artiladi, so‘ngra quritiladi va dazmollanadi. Eskirmagan ko‘kat, pivo, meva, baliq, sut, konserva, sous dog‘lari shu usulda tez ketadi.
Moy dog‘i, shuningdek moyli bo‘yoq, mum, stearin va boshqa moddalarning dog‘larini ketkazish uchun bironta eritmadan foydalanish zarur. Bunda dog‘ni yaxshi ketkazish uchun quyidagilarni bajarish talab etiladi:7
a) buyumlarni changdan puxta tozalash; b) rangli gazlamaning ko‘rinmaydigan joyiga eritmani surib ko‘rib gazlama bo‘yog‘ining aynish-aynimasligini tekshirib ko‘rish; v) gazlamaning ostki (teskari) tomonidan dog‘ tagiga bir necha qavat buklangan paxta yoki doka qo‘yish va dog‘ ketkazuvchi eritma shimilgan sari ularni almashtirib turish; g) tozalash paytida dog‘yoyilib ketmasligi uchun avvalo dog‘atrofidagi gazlamani eritma bilan yaxshilab ho‘llash, keyin eritma shimdirilgan latta bilan dog‘ning o‘zini batamom ketguncha artish; d) tozalab bo‘lgandan keyin, dog‘ ketkazilgan joyga filtr qog‘oz yoki oq bosma qog‘oz qo‘yib shu qog‘oz ustidan dazmollash kerak.
Dog‘ ketkazuvchi eritma sifatida sof aviasiya benzini (moy dog‘ini ketkazadi), tozalangan skipidar—balzam (moyli bo‘yoq, dog‘ini ketkazadi), suv qo‘shilgan nashatir spirti (kofe, kakao dog‘larini ketkazadi), gliserin bilan nashatir spirt aralashmasi (choy, baliq, sut, sous dog‘larini ketkazadi) va boshqa moddalar qo‘llaniladi.
Avtoruchka siyohidan tushgan dog‘ni sovunli eritma yoki denaturlangan spirt oson ketkazadi.
Nazorar savollari
1 Gazlamalar va tikuvchilik buyumlaridagi dog‘larni ketkazish.
2 Kimyoviy usulda tozalash haqida tushuncha.
3 Gazlamalar qanday sharoitda saqlansh kerak
4 Gazlama namunasining g’ijimlanishi.
|
| |