|
Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati
|
bet | 51/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSTakrorlash uchun savollar:
1. Issiqlik xossalar deb nimaga aytiladi?
2. Gazlamaning issiqlik xossalariga nimalar kiradi?
3. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti qaysi formula bilan aniqlanadi?
4. Issiqlik utishining nechta yuli bor?
5. Materiallarning issiqlik o’tkazuvchanligi nimaga bog`liq?
18-Mavzu: Issiq tutuvchi materiallar momiq paxta,vatin,vatilin va parallonlarni bir-biridan farqlash.
Reja:
A) Issiq tutuvchi materiallar momiq paxta.
B) vatin,vatilin va parallonlarni bir-biridan farqlash.
Buyumlar tikish uchun har-xil gazlamalar ishlatiladi. Gazlamlardan tashqari, paxta, vatilin, vatin va mo‘yna kabi issiq tutuvchi materiallar, shuningdek porolon ham keng qo‘llaniladi. Odatda oddiy paxta, ba’zi hollarda jun aralash paxta ishlatiladi. Vatilin-bir tarafi yelimlangan polotno ko‘rinishidagi paxta-matodir. Vatin-taralgan qalin tukli polotno yoki tukli gazlama; ip vatin va jun aralash ip vatin bo‘ladi. Mo‘ynadan yoqalar bichiladi, mo‘yna-buyumlarni bezash uchun, ba’zan esa paxta yoki vatin o‘rniga issiq tutuvchi material sifatida ishlatiladi. Issiqlik o‘ t k a z u v ch a n l i k — gazlamaning issiqlikni ma’lum darajada o‘tkazish xususiyati. Bu xossaning ahamiyati gazlamaning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘lik.. Agar gazlama sovuqdan saqlashga mo‘ljallangan bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi minimal bo‘lishi kerak. Gazlamaning issiqlik o‘tkazuvchanligi maxsus priborlarda aniqlanadi.
I s s i q k a chidamlilik — gazlama uzining foydali ekspluatasion xossalarini yo‘qotmagan holda normal ishlay oladigan eng yuqori harorat (temperatura). Bundan yuqori haroratda (temperaturada) gazlamaning xossalari sezilarli darajada yomonlashadi.
Chidamlilik — gazlamaning undan tikilgan kiyimni kiyganda vujudga keladigan yemiruvchi ta’sirlarga chidash xususiyati, Chndamlilikni baholash uchun ob-havo sharoiti, tozalash, yuvish va boshqa omillarning ta’siri hisobga olinadi. Gazlamaning bu xossasi undan tikilgan kiyimni ma’lum vaqt kiyib yurib aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda ip gazlama sanoati ko‘plab har xil gazlamalar ishlab chiqarmoqda. Sof ip gazlamalar bilan birga paxtaning boshqa ximiyaviy tolalar bilan aralashmasidan gazlamalar ishlab chiqarish tobora ko‘paymokda.
Ip gazlamalarning butun assortimentini ikki katta gruppaga bo‘lish mumkin: turmushda ishlatiladigan va texnik gazlamalar. Turmushda ishlatiladigan gazlamalar bir necha klassga: ich kiyimlik, choyshablik, jildlik, ust kiyimlik, mebelbop-dekorativ gazlamalarga ajratiladi. Eng tipik14
ip gazlamalar ichida chit (mitkal), bo‘z, satin, digonal, moleskin, shotlandka, velvet kabilar keng tarqalgan.
|
| |