Tugmachalar materiallarini olish usullari va tavsifi




Download 3,93 Mb.
bet53/54
Sana12.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#135716
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
MARUZA MATERIALSHINOS

2 Tugmachalar materiallarini olish usullari va tavsifi
Kostyum tarixida azaldan eng keng qo`llangan furnitura - tugmalardir. Ular suyak, metall, yog`och, sadaf, tosh, chinni, shisha, charm, tasma, gazlama, plastmassa va boshqa materiallardan ishlangan. Tashqi ko`rinishi bo`yicha tugmalar har xil bo`lgan: - kattaligi bo`yicha (mayda, o`rta, katta); - geometrik turi bo`yicha (doira, kvadrat, to`g`riburchak, uchbruchak, oval, figurali, stilizatsiyalangan hayvonlar, hashoratlar); - rangi bo`yicha; - yassi yoki hajmiy.
Tugma tanlanganda asosiy matoni rangi, fakturasi, tarkibi, kiyimni nimaga mo`ljallanganligi va chiziqlar turi inobatga olinishi lozim.12
Har hil shaklli to`qalar ko`pincha belbog`larda, xlyastik va patlarda qo`llanadi. Ular suyak, metall, yog`och va plastmassadan tayyorlanadi; geometrik shakli va kattaligi esa har xil bo`ladi.
To`qa buyum detallarining funktsional vazifasini, shaklni transformatsiyalash yoki faqat bezak funktsiyasini bajaradi.
Metall va plastmassadan tayyorlangan ilgaklar dekorativ va funktsional rolni
bajaradi.
«Molniya» tasmasi taqilma, buyum detalining shaklni trasformatsiyalash va bezak funktsiyasini bajarish mumkin. «Molniya» tasmasi metal yoki plasstmasidan qilinib, kattaligi va uzunligi buyum kompozitsiyasiga ko`ra har xil bo`ladi.
Piston va munchoqlardan foydalanish.
Sanama tekis bezak chok gazlama ipini sanab, munchoqlar yumshoq ipda bir-biriga zich joylashgan qaviqlar bilan gazlamani tarang tortmay tikiladi. Gazlamaga birinchi qaviq tushirib, shu qaviq yonidan ignani chiqarib, ikkinchi munchoq kiydirib tushiriladi. Qaviqlar har xil to`g`ri gorizontal va vertikal, qiya (og`ish darajasi) yo`nalgan bo`lishi mumkin. To`g`ri tekis chokda qaviqlar gazlama ipi bo`ylab joylashadi. Qiya qaviqlarda o`ngga yoki chapga og`gan bo`ladi. Archasimon tekis chok qaviqlari dioganal bo`ylab joylashadi. Sanama tekis chok motivida tikilgan munchoqlar odatda geometrik xarakterda (yo`l-yo`l, uchburchak) bo`ladi.

Asosiy savollar: 1. Pardozlovchi materiallar va buyumlar uchun furnituralar assartimenti. 2. Jo‘yaklar, tasmalar, bog‘ichlar. 3. Sutaj, sinel, to‘rlar. 4. Tugmalar, ilgak va izmalar, to‘qalar. 5. Pistonlar, molniya taqilmasi.


1. Pardozlovchi materiallar va buyumlar uchun furnituralar assartimenti.
Pardozlvchi materiallar jumlasiga jo‘yaklar, tasmalar, bog‘ichlar, to‘rlar kiradi. Kiyimlarni bezatganda gazlama, charm, zamsha, mo‘yna, tugiya, marjon va shunga o‘xshash narsalar ham ishlatiladi. Jo‘yaklar-eni har xil o‘lchovli gazlamasimon material. U maxsus jo‘yak to‘qiladigan dastgoxda olinadi. O‘rilish oddiy, tukli, mayda va yirik gulli. Ularni ishlab chiqarishda sun’iy va sintetik kompleks iplari, paxta, viskoza, jun, zig‘ir tolalaridan olingan iplar, spandeks va rezina iplari, metallardan olingan iplar ishlatiladi. Jo‘yaklar o‘zining tolali tarkibiga ko‘ra bir xildagi ѐki turli tolali tarkibida ishlab chiqarilgan turlarga bo‘linadi. Pardozlashga ko‘ra esa oqartirilgan, sidirg‘a rangli, chipor va guldor bo‘ladi. Tikuvchilikda ishlatiluvchi jo‘yaklar ma’lum mustaxkamlikka va zichlikka ega, bir teks enli, cho‘zilmaydigan milkli, tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi kerak. Oqartirilgan jo‘yaklar sof oq rangda, sidirg‘a ranglilari esa mustaxkam bo‘ѐqli bo‘lishligi zarur. Cho‘ziluvchan jo‘yaklar uchun cho‘ziluvchanlik darajasi 60-70 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Tikuvchilikda ishlatiladigan jo‘yaklar 3 ta guruxga bo‘linadi: 1. Taqab tikiladigan jo‘yaklar. 2. qo‘shimcha bezatish uchun ishlatiladigan jo‘yaklar. 3. Bezatuvchi jo‘yaklar.
Taqab tikiladigan jo‘yaklar jumlasiga quyidagilar kiradi. Bort jo‘yagi-yarim zig‘ir tolali polotno o‘rilishidagi qattiq jo‘yak. Eni 9-12 mm. Bu jo‘yak bortlarining cho‘ziluvchanligi kamaytirish uchun qo‘yiladi. Shim jo‘yaklari-shimlarning pochasini maxkamlash uchun ishlatiladi. U paxta, kapron tolasidan ѐki ularning aralashmasidan olinadi. Bir cheti bir oz bo‘rtgan holda to‘qilgani tufayli uning ishqalanishga chidamliligi yuqori. Eni 15 mm. O‘rilish polotno ѐki sarja. Shim ѐki yubkalarning bel qismini maxkamlash uchun korsaj jo‘yagi ishlatiadi. Eni 45-55 mm. U paxta tolasidan polotno ѐki mayda gulli o‘rilishda oqartirilgan, sidirg‘a rangli ѐki xom holda ishlab chiqariladi. Elastik jo‘yak-paxta tolasiga spandeks ѐki rezina iplarining qo‘shib polotno, atlas ѐki mayda gulli o‘rilishda ishlab chiqarilgan jo‘yak. Eni 8-22 mm. Ichki va sport kiyimlarida qo‘llaniladi. qo‘shimcha bezatish uchun-ishlatiladigan jo‘yak turkumiga kiruvchi jo‘yaklar yirik vam ayda gulli o‘rilishda ishlab chiqarilidi. Pardozlanish 35
ham turli xildagi bo‘ѐqlardan foydalanib ishlab chiqariladi. Eni 25-30 mm. Ular ichki kiyimlarning chet qismlariga, yelka bog‘ichlarida, sport kiyimlarida ishlatiladi. Bezatuvchi jo‘yaklar-jumlasiga shlyapalarni bezatuvchi jo‘yak, har xil milliy kiyimlarni bezatuvchi jo‘yaklar, turli emblemalar va hokazolar kiradi. Tasmalar ham kiyimlarni bezatish uchun ishlatiladi. Ular trikotaj usulida ѐki chirmalash usulida ishlab chiqariladi. Chirmalangan tasmalar maxsus chirmalash mashinalarida, trikotaj usulida bo‘ylamasiga to‘qiydigan trikotaj mashinalarida ishlab chiqariladi. Buning uchun turli tola tarkibiga ega bo‘lgan iplar, shu jumladan paxa, viskoza sintetik tolalar va ularning aralashmasidan olingan iplar qo‘llaniladi. Tasmalar o‘zining tashqi ko‘rinishiga ko‘ra silliq tuzilishda, ko‘z-ko‘z teshikchali tuzilishda, bo‘rtgan hollarda bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik bezak uchun ishlatiluvchi tasmalarning chetlari to‘piqsimon, tishli va hokazo ko‘rinishda bo‘ladi. chirmalangan tasmalarning cho‘ziluvchanligi kata bo‘lganligi tufayli o‘lar xar qanday ko‘rinishdagi qiѐfaga ega bo‘lgan buyum qismlarini g‘imlanmasidan bezata oladi. Tasmalarning shlyapalarni bezatish uchun ishlatiluvchi, eshik pardalarining shokilalari uchun, elast bezak tasmalari keng qo‘llaniladi. Bog‘ichlar-dumaloq tuzilishdagi, iplarni trikotaj usulida to‘qish, eshish ѐki chirmalashtirish yo‘li bilan olinuvchi to‘qimachilik - attor buyumlaridir.
Bog‘ichlarni ishlab chiqarish uchun paxta, jun, ipak tolalaridan olingan iplar ѐki kapron, viskoza, lavsan tolali birikkan iplar ishlatiladi. Iplar chirmalashtirib olingan bog‘ichlarning o‘rtasida o‘zak iplar mavjud bo‘lib, bu iplar asosan yo‘g‘on, pishitilgan paxta tola iplaridan qilinadi. Bu bog‘ichlar turiga «sutaj» va «sinel» nomli bog‘ichlar
kiradi.
Sutaj-qo‘shqavat (sutaj-qayiqcha) va uch qavatli (suta karno) viskoza iplaridan olingan bog‘ich. O‘rtasida tikuv mashinalarida tikish uchun chuqur joy bor. Aѐllar va bolalar ko‘ylaklarini bezatish uchun qo‘llaniladi. Sinel-diametri 4 mm ga teng bo‘lgan yumshoq tukli bog‘ich. O‘rtasida ikkita paxta iplaridan pishitilgan o‘zagi mavjud. Har bir buramiga viskoza tolalari dasta-dasta xolatda kiritib qo‘yilgan. Sinel bolalar va aѐllar ko‘ylagini, shlyapalarini bezatish uchun va sun’iy mo‘ynalarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Iplarni eshirish yo‘li bilan olinuvchi bog‘ichlarga esa viskoza, paxta ѐki jun tolali yo‘g‘on tutamlaridan olingan, diametri 1,5-6,0 mm li bog‘ichlar kiradi. 36
Ba’zan ularning tarkibiga zarsimon iplar ham kiritiladi. Bunday bog‘ichlar aѐllar ko‘ylaklarini, erkaklarning uyda kiyadigan kiyimlarini bezatish uchun qo‘llaniladi. To‘rlar-iplarni chirmalashtirish, trikotaj to‘qish ѐki kashta usulida olinadi. Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra qo‘lda ѐki mashinalarda to‘qilgan to‘rlanga bo‘linadi. qo‘lda olinadigan to‘rlar ilmoqlar kegaylar ѐki kokloshka nomli maxsus naychalar ѐrdamida olinadi. kokloshkalar ѐrdamida olingan to‘rlar oddiy naq shva murakkab naqshli bo‘ladi. Oddiy naqshli to‘rlar geometrik shakllardan iborat. Murakkab naqshlari esa ikki qavatdan iborat naqshli qavati va tagi. Ikala qavati birdaniga to‘qiladi. Mashinalarda olinadigan to‘rlar maxsus to‘r naqshi mashinalarida ishlab chiqariladi. Bu mashinalarda to‘rlar trikotaj ѐki gazlama to‘qish usulida hamda iplarni bir-biri bilan chirmalash usulida ishlab chiqariladi. Gazlamalarni to‘qish usulida olinadigan to‘rlarni ishlab chiqarish uchun uchta iplar turkumi ishlatiladi tanda-arqoq turkumlari va naqsh turkumi. Bunday to‘rlar yupqa, bo‘rtmali va asosli to‘rlarga bo‘linadi. Yupqa to‘rla qayta tarash usulida olingan paxta ipidan ishlab chiqariladi va ensiz (valansen) va yenli (malin) to‘rlarga bo‘linadi. valansenlarning eni 10-44 mm, malinlarning eni esa 45-100 mm ga teng. Bo‘rtmali to‘rlar ham ensiz (breton, eni 10-40 mm) va yenli (Brabant, eni 45-100 mm) to‘rlarga bo‘linadi. Bunda naqshni hosil qiluvchi yo‘g‘on. Asosli to‘rlar (torshon) qo‘lda to‘qilgan to‘rlarning eslatadi. Trikotaj usulida olinadigan to‘rlarning naqshiv a ko‘rinishi oddiy. O‘lar ham ensiz (tating, eni 15-45 mm) va enli (kroshe, eni 45-110 mm). Iplarni charmlashtirib olinadigan to‘rlar (bason) paxta ѐki jun tolali iplardan, sun’iy va sintetik kompleks iplardan maxsus mashinalarda ishlab chiqariladi. Kiyim furniturasi. Kiyim furniturasiga tugmalar, ilgaklar, izmalar, pistonlar, taqimalar va hokazolar kiradi. Tugmalar kiyim bezatish va ilgakni yasash uchun ishlatiladi. Tugmalar mustaxkam, suv ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak, sovunli eritmalar qaynatilganda tashqi ko‘rinishi, kofoyasi, bo‘ѐg‘iga buzilmasligi talab qilinadi. 1,5 m balandlikdan tashlab yuborilganda shikastlanmasligi lozim. Ishlatilishiga ko‘ra tugmalar palto, kostyum, ko‘ylak, shim, ichkiyim, bolalar kiyimi va forma kiyimlari uchun mo‘ljallangan xillarga bo‘linadi. Erkaklar kiyimlari uchun Ishlatiladigan tugmalar oddiy bo‘ladi. Paltolar uchun diametri 26-33 mm li, pidjaklar uchun 20-25 mm, nimchalar uchun 15-17 mm, shimlar uchun 14-17 mm, ko‘ylaklar uchun 10-19 mm li tugmalar ishlatiladi. Aѐllar kiyimlariga ishlatiluvchi tugmalarning rangi, kifoyasi, o‘lchovi modaga bog‘liq. Odatda esa paltolar uchun 30-48 mm li tugmalar, kostyum va jiketlar uchun 23-39 mm, ko‘ylaklar uchun 12 mm, ichki kiyimlar uchun 10-19 mm li tugmalar ishlatiladi. 37
Shakliga ko‘ra tugmalar dumaloq, sharsimon, oval, yarimsharsimon tugmalar; sirtining ko‘rinishiga ko‘ra-silliq va bo‘rtmali; rangi bo‘yicha-qora, oq rangli, guldor va boshqa rangli tugmalar. Maxkamlanish usuliga qarab ikki ѐki to‘rt teshikli va yo‘nib ochilgan, ko‘rinadigan ѐki sim quloqli xillarga bo‘linadi. Tugmalar plastmassa, ѐg‘och, shisha, metal, suyak va hokazolardan tayѐrlanadi. Amikoplast kukunidan preslab tayѐrlangan tugmalar mustaxkam, suvga chiramli, 800S gacha issiqqa chidaydi. Akrilat tugmalar shaffof, mustahkam, ѐrug‘lik, suv va sovuqqa chidamli, ammo issiqlik ta’siriga chidamsiz.
Sadaf tugmalar jilvalanib turadi, issiqlik, suv. ishqor va kislota ta’siriga chidamli bo‘ladi. Shisha tugmalar har xil rangli va mo‘rt bo‘ladi. Yog‘och tugmalar suv ta’sirida shishib, shaklini va yaltiroqligini yo‘qotadi. Suyak tugmalar issiqqa chidamli, ancha mustaxkam, lekin ma’lum vaqt o‘tganda sarg‘ayib ketadi. Metallardan olingan tugmalar mustaxkam va kimѐviy moddalar ta’siriga chidamli bo‘ladi. Ilgak va izmalar. O‘zining vazifasi va o‘lchovlari jixatidan har xil. Ustki kiyimlar va ko‘ylaklar uchun ilgak va izmalar po‘la tѐki mis-rux qotishmalaridan qilingan simdan tayѐrlanadi. Ularni zanglanishdan saqlash uchun lak, bo‘ѐqlar, nikel ѐki kumush bilan bo‘yaladi. O‘lchovlari jixatidan ko‘ylaklik ilgak va izmalar quyidagi nomerlarga bo‘linadi: N2-ilgakning uzunligi 24 mm; N3-20 mm; N5-16 mm; N6-11 mm; N7-9 mm; Nomerga qarab ilgaklar mo‘yna po‘stinlari (N2), palto va shinellar (N3), kitel va gimnatѐrkalar (N5), aѐllar va bolalar ko‘ylagiga (N6 va N7) maxkamlab qo‘yish uchun ishlatiladi. To‘qalar. Shim va nimchalar uchun to‘qalar po‘latdan tayѐrlanadi va laklanadi. Palto, kostyum, ko‘ylaklar uchun turli rang, shakl va o‘lchovi plastmassa ѐki ѐg‘och to‘qalar ishlab chiqariladi.
Pistonlar-nikellanib, kumushlanib ѐki laklanib ishlab chiqariladi va ko‘ylak, bluzka, yubka, bolalar buyumlari va bosh kiyimlariga qadash uchun ishlatiladi. Piston ikkita qismdan: chiqig‘i bor asosi hamda prujina va chuqurchasi bor ustki qismdan iborat. Prujina silliq va qayishqoq bo‘lishi lozim. Pistonlar 7 va 9 mm li diametrda ishlab chiqariladi. Molniya taqilmasi gazlama to‘qish usulida olingan ikkita bort jiyaklaridan tashqarii qulfi ham bo‘ladi. Bularning po‘lat detallari nikellanadi, bo‘yaladi ѐki laklanadi. Halqalarning eni 3-10 mm va undapn ortiq. To‘qilmaning uzunligi 120,150,180,200,250,300, mm va undan ortiq bo‘ladi.

Nazorat uchun savollar:


1. Pardozlovchi materiallar va furnituralar assortimenti?
2. Jo‘yak, tasmalar, bog‘ichlar qanday vazifani bajaradi?38
3. Sutaj, sinel va to‘rlar haqida ma’lumot bering.
4. Tugmaning vazifasi va turlari.
5. Ilgak va izma nima?
6. Pistonlarni vazifasi.
7. Кiyimlarga badiiy bezak berishda bezaklar qanday guruhlarga bo`linadi?
8. O`zbek kasshtachiligida qanday choklardan foydalaniladi?
9. Furnitura elementlariga nimalar kiradi?
10. Таsma va to`rlar liboslarni bezatishda qanday funksiyani bajaradi?
11. Кiyimlarni bezatishda applikatsiyalarning qanday turlari qo`llaniladi?


Download 3,93 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tugmachalar materiallarini olish usullari va tavsifi

Download 3,93 Mb.