|
Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati
|
bet | 48/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSPast haroratlarga chidamlilik. Haroratni pasayishi +20 S dan 40 S gacha to’qimachilik tola va iplarga jiddiy ta’sir etadi. Uzilish yoki 25-60% oshadi, uzilish chuzilishi esa 15-30% kamayadi.
To’qimachilik materiallarga haroratni pasayishi xuddi shunday ta’sir etadi. Masalan, gazlamalarni uzilish yuki 50% oshadi, uzilish yuki esa 30% kamayadi. Fakatgina poliefir teksturlangan iplarda tukilgan gazlamalarda o’zgarish jiddiy emas.
Bunaka o’zgarishlarga sabab atom va molekulalarni harakatining kamayishi bo’ladi.
Kichik yuklar ta’sirida paydo bo’ladigan chuziluvchanlik ham kamayadi, past haroratlarda asosan -20-35 S. Materiallarni g’ijimlanishi oshadi 20-40%.
Ko’p karrali egishga chidamlik kamayadi. Xususan, bu paxtadan va kompleks kimyoviy iplardan olingan gazlamalarda sezilarli, teksturalangan iplardan olingan gazlamalarda uncha sezilmaydi. eyilishga chidamlik ham keskin o’zgaradi. Masalan, haroratni pasayishi +20dan -70S gacha paxtali gazlamalarni chidamliligi 6 baravar kamayadi. Poliefir iplardan olingan gazlamalarda o’zgarish ko’p emas (10-15%).
Poliefir iplardan tayerlangan kiyim Shimoliy sharoitda juda kulayligini ko’rsatdi (yumshok, chidamli, engil, juda oson tozalanadi, kaytadan foydalanish mumkin). Paxtadan olingan gazlamalar tez eyiladi, ogirlashadi, dagallashadi, kaytadan foydalanish mumkin emas. Ko’p karrali sovutish-isitish nam materialni uni tuzilishida va xossalarida jiddiy o’zgarishlarni olib keladi. Masalan, paxtali gazlamalarni pishikligi kamayadi, xavoo’tkazuvchanligi oshadi, issiqni o’tkazmaslik xossalari emonlashadi.Kimyoviy tolali gazlamalar bunaka ta’sirga chidamli.
Issiqlik energiyasi ta’sirida to’qimachilik maxsulotlari ayrim xossalarini namoen qiladilar; issiqlik o’tkazish qobiliyatini, issiq-likni yutish qobiliyatini, uz xossalarini o’zgartirish yoki saklash kobi-liyatini. Bu xossalarni ahamiyati kiyimni loyixalashtirishda, tikuv bu-yumlarini ishlov berishda va ulardan turli sharoitlarda foydalanishda juda muxim.
Issiqlik o’tkazuvchanlik . Issiqlikni utishining uch yuli bor: is-sik o’tkazuvchanlik, konvektsiya va issiqlik nurlanishi orkali.
Bu xossani jadalligi issiq o’tkazuvchanlik koeffitsienti bilan baxolanadi , Vt/(m.K). U kancha issiqlik 1 m qalinlikdagi materialni 1 m dan ma"lum bir vaqt ichida utishini ko’rsatadi, agar haroratni farki 1 K bo’lsa,
bunda, Ф - issiqlik okimi, Vt
Ayrim tolalarni issiqlik o’tkazuvchanligi
Paxta - 0,05 Ipak - 0,04
Zig’ir - 0,04 Xavo - 0,02
Jun - 0,03 Suv - 0,60
To’qimachilik maxsulotlarini issiq o’tkazuvchanligi ularni epik kovakchalaridagi xavoga va ochik kovakchalarga bog`liq. Kovaklik oshishi bilan ma"lum chegaragacha issiq o’tkazuvchanligi kamayadi, chunki xavoni bu ko’rsatkichi kichik. Ammo kovaklik oshishi davom etsa, ochik kovaklar paydo bo’lishi natijasida issiq o’tkazuvchanligi oshadi.
To’qimachilik maxsulotlarini issiqni utishga qarshilik ko’rsatishi, ya’ni issiqlikni o’tkazmaslik xususiyati 1 issiqlik qarshiligi 0 bilan baxolanadi:
, m K/Vt
materialning qalinligiga bog`liq.
Issiqni utishi kiyimni tagidan tashki muxitga issiq o’tkazuvchanligidan tashkari yana issiqlik berish bilan ham belgilanadi. Bu xossa issiqlikni berish koeffitsienti bilan ta"riflanadi. U kancha issiqlik ma"lum vaqt ichida maxsulotni ma"lum yuzadan oshirilaetganini ko’rsatadi, agar haroratni farki 1 K bo’lsa,
Buyumlarni issiqlikni saklash xossalariga materialni katlamlar soni jiddiy ta’sir etadi.
|
| |