|
Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati
|
bet | 52/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSNazorat savolari
1 Issiq tutuvchi materiallar momiq paxta.
2 vatin,vatilin va parallonlarni bir-biridan farqlash.
3 I s s i q k a chidamlilik
4 Ip gazlamalarning butun assortimentini neshta gruppaga bo‘lish mumkin.
19-Mavzu: Kiyim furniturasi va bezak materiallari.
Reja:
1) G`altak turlari va nomerlari.
2) Tugmachalar materiallarini olish usullari va tavsifi.
3) Bezak materiallari tasmalar, lentalar turlari, ularning assortimentlari va qo‘llanishi
Bezak kompozitsiyaning mustaqil elementi emas - bu qo`shimcha, ziynat bo`lib, kiyimda yo`q bo`lishi ham mumkin.
Kostyum tarixining har qaysi bosqichida o`z bezak turlari va ularni ishlatish
usullari bo`lgan.
Kostyumni yaratish tajribasida ishlatiladigan bezak turlari xilma-xil bo`lib, ular kompozitsiyadagi asosiy g`oya bo`lishi yoki kostyumlardagi mo`ljallangan badiiy - obrazli niyatni kuchaytiradigan va boyitadigan bo`lishi mumkin. Bezak yordamida kostyum shaklini yoki uning bir qismini bo`rttirib ko`rsatish mumkin, shakllarni bo`laklarga ajratib ham ko`rsatish mumkin. Bezakni dekorativ va konstruktiv ahamiyati bo`lishi mumkin (drapirovka, bo`rtma burma, mayda taxlama, gofre, plisse va h.k), dekorativ-utilitar ahamiyati (belbog`lar, cho`ntaklar, tugmalar, furnitura va shu kabilar) va faqat dekorativ ahamiyati (kashta, qo`yma burmalar, boshqa material bilan bezash va b.) bo`lishi mumkin.
Hozirgi son-sanoqsiz bezaklarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - barcha turdagi bo`rttirma choklar, taxlamalar, bo`rtma burmalar, drapirovkalar, plisse, gofre; - asosiy yoki bezak materiallardan yasalgan detallar: qo`yma burmalar,
mag`izlar
- maxsus bezak materiallari: to`r, tasma, popuk, munchoq, steklyarus, lentalar va boshqalar. - furnitura (tugmalar, to`qalar, pistonlar va boshqalar .); - kashta, qoplama bezak va boshqalar . - bezak materiallar: mo`yna, charm, zamsha va boshqalar ; - kostyum detallariga bosma naqsh solib bezash;
I BOB. “Materialshunoslik” faniga oid nazariy ma`lumotlar. 1.1. Kiyim modelini yaratishda bezak elementlaridan foydalanish.11
Bezak turini, uning joyini tanlash kostyum turi va nimaga mo`ljallanganiga, uning shakliga, materialning fakturasiga, jins-yoshiga, odamning gavda turiga, odamning gavda tuzilishiga va xarakteriga, modaga, faslga va boshqalarga
bog`liq.
Modaning har bir davriga o`ziga xos bezaklar mansub. Vaqt- vaqti bilan bezaklar qayta qo`llanadi. Bezaklar doimiy (kashta, tugma, piston, munchoqlar, kant) va olib qo`yiladigan (yoqa, belbog`, sun`iy gullar) bo`lishi mumkin.
Mato bezaklar:
Mato bezak sifatida barcha kiyim turlarida keng qo`llangan. Bezak sifatida materialni qo`llanishida asosiy gazlama bilan bog`lanish uch turda bo`lishi
mumkin:
- asosiy va astar gazlamasi bir fakturali va har xil rangli; - har xil fakturali gazlamalar, rangi esa bir xil; - har xil fakturali va rangli gazlamalar.
Furnituralarning amaliy bezak sifatida qo`llanilishi.
Furnitura kostyumda faqat utilitar funktsiyani bajarmasdan, bezak rolini ham
o`ynaydi.
|
| |