Gazlama va tikuvchilik buyumlari sifatini aniqlash




Download 3,93 Mb.
bet36/54
Sana12.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#135716
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
MARUZA MATERIALSHINOS

2 Gazlama va tikuvchilik buyumlari sifatini aniqlash
Mahsulot sifatini o‗lchash va baholashning nazariy va amaliy jihatdan bog‗lanish masalalari hozirgi kunda mustaqil ilmiy yo‗nalish sifatida shakllanib bormoqda. Tikuvchilik materiallarining sifat ko‗rsatkichlarini standartlashtirishda «sifat» tushunchasi va uni baholash usullarini ko‗rib chiqish lozim.
Mahsulot sifati — mahsulotning jami xossalaridan iborat bo‗lib, ishlatilish davrida iste‘molchilar talabini to‗liq qondirish demakdir.
Mahsulot sifatini ishlatilish davrida aniqlash talab darajasiga qarab o‗zgarib boradi. Shu sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun, ayniqsa, ko‗p maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatini baholash doimiy o‗lchamda bo‗lmaydi. Masalan, zig‗ir gazlamasidan yengil yoping‗ich va maxsus kiyim-kechak tayyorlanadi, lekin ularning sifat ko‗rsatkichlari turlicha bo‗ladi.
Ko‗pgina ilmiy ishlar va adabiyotlarda «sifat» tushunchasi kengroq ishlatiladi va unga berilayotgan ta‘riflar ham turlichadir. Prof. A.N.Solovyov «sifat» tushunchasini quyidagicha baholaydi: Material sifati — bu talab xossalariga bog‗liq bo‗lib, materialning qayta ishlanishi va ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir.
Mahsulotning sifat ko‘rsatkichi — GOST 15467-70 standartiga binoan mahsulot xossasining miqdoriy xususiyati bo‗lib, sifat tarkibiga kiradi, ya‘ni uni yaratish va ishlatish hamda iste‘molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish.
Tikuvchilik materiallarining sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha talab shartlari standartlar, texnik shartlar yoki qandaydir bir me‘yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi.
Barcha mahsulotlarning sifat ko‗rsatkichlari ifodalanishi bo‗yicha o‘lchamli va o‘lchamsiz (nisbiy yoki balli)ga bo‗linadi.
Sifatni baholash darajasi — bu jarayonlarning jami bo‗lib, sifat ko‗rsatkichlarining nomenklaturasini o‗z ichiga oladi va mahsulot sifatini boshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek, bazali va nisbiy ko‗rsatkichlarini aniqlaydi.
Mahsulot xossasi — mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste‘molida yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar.
Hozirgi paytda me‘yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan holda, to‗qimachilik materiallarining sifat ko‗rsatkichlarini baholashda mahsulotning navi aniqlanadi, attestatsiyalash davrida esa uning sifat bosqichi belgilanadi.51
Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog‗liq bo‗lgan mahsulot sifat ko‗rsatkichlari talablarida belgilanadi.
Sinov — obyektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo‗yicha eksperimental aniqlash demakdir.
Sinov usuli — sinov ishlarini o‗tkazish uchun belgilangan tamoyillarning qo‗llanilishidagi jami qoidalar.
Mahsulot sifati boshlang‗ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot sifatini baholash yoki o‗lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim: — to‗la-to‗kis ishonchli baholash usullari material xossalarining me‘yoriy shartlariga bog‗liqligi bo‗lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi; — sifat ko‗rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to‗la-to‗kis yaroqliligini ko‗rsatadi; — ta‘minlovchi imkoniyatlarini hisobga olgan holda me‘yoriy shartlarning ratsional darajasi.
Mahsulot sifat ko‗rsatkichini ifoda etgan birligiga ko‗ra quyidagilarga ajratish mumkin: — miqdoriy birliklarda aks etgan; — miqdoriy bo‗lmagan birliklarda aks etgan; — asosga binoan sinash yo‗li bilan olingan; — birgina xossasini ifoda etuvchi; — barcha xossasini ifoda etuvchi.
Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to‗g‗ri va haqiqatga yaqin bo‗lishi ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, bir to‗p matoning sifat ko‗rsatkichini aniqlashda, odatda, oddiy standart sinash usulidan foydalaniladi. O‗lchash xatoligi 5 %dan oshmaydigan maxsus asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan oldin namuna belgilangan sharoitda saqlanishi lozim. Bunda boshlang‗ich ko‗rsatkichlarni belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang‗ich ko‗rsatkichlar o‗z navbatida to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri, ahamiyatli yoki ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Tekshirish orqali aniqlangan o‗lchashlar mahsulot sifat darajasini mujassamlashtirgan negizli ko‗rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Natijada, bu daraja o‗zgarishi ham, o‗zgarmasligi ham yoki umuman doimiy qolishi ham mumkin.
Ishni bajarish tartibi 1. Gazlamalarning xossalari bo‘yicha iste\molga yoroqliligini aniqlanadi. 2. Gazlama turlaruniung standart ma‘lumotnomalarga binoan sifat ko‘rsatkichini anaiqlanadi. 3. Gazlamalarning sifatini baholanadi.

Download 3,93 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gazlama va tikuvchilik buyumlari sifatini aniqlash

Download 3,93 Mb.