|
-Mavzu : Trikotaj matolarining assortimenti bilan tanishib chikish
|
bet | 32/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS9-Mavzu : Trikotaj matolarining assortimenti bilan tanishib chikish,
Reja:
1. Trikotaj matolarining assortimenti bilan tanishib chikish,
2. Trikotaj o‘rilishlaridan namuna tayyorlash.
1. Trikotaj matolarining assortimenti bilan tanishib chikish, To'quvchilik sanoatida islilab chiqarilayotgan gazlama turlari ichida ip gazlamalari alohida o'rinda turadi. Ularning asosiy qismini klassik paxta tolasidan ishlab chiqarilgan turlari tashkil qiladi. Biroq ular bilan birga paxta tolasi viskoza, lavsan, nitron tolalari bilan aralashmasidan olinuvchi gazlamalar ham keng tarqalgan. Har yili ishlab chiqariladigan paxta tolaU gazlamalar-ning (ip gazlamalar) 10—12 foizi yangi tuzihshdagi va pardoz-lanishdagi gazlamalar hisobiga o'zgaradi.
1. Ishlab chiqariladigan gazlamalarning sifatini oshirishda standartning roli
Standart so’zi inglizcha bo’lib, etalon, namunasini bildiradi. Standart –ma’lum buyum haqidagi asosiy ma’lumotlar berilgan hujjat. Gazlamalarni ishlab chiqarish, ularning barcha xossalarini tekshirish, ularni sortlarga ajratish, markalash taxlash va upakovka qilish ishlari amaldagi standartlar normalariga muvofiq bajariladi. Standartlar bir gazlamaga va gazlamalar gruppasiga mo’ljallangan bo’ladi. Bir gazlamaga mo’ljallangan standart - gazlamaning tarkibi, tuzilishi va xossalarni belgilaydigan texnik normalar majmui.
Ayrim gazlamalarga mo’ljallangan standartlarda gazlamaning eni, massasi, zichligi, pishiqligi, tanda va arqoq iplarning teksini bildiradigan aniq raqamli normalar, shuningdek, gazlamalar tola tarkibi, tashqi ko’rinishi va o’rilishlarining tavsifi beriladi. Standarlarda ba’zi gazlamalar uchun uzilishdagi uzayishi, ho’llash yoki yuvishdagi kirishishi, jun gazlamalar tarkibidagi yog’ miqdori keltiriladi, kalava ip hamda ip-larning strukturasi ta’riflanadi va hokazo.
Gruppaviy standarlarda gazlamalar gruppasiga yoki barcha gazlamalarga tegishli
norma va qoidalar berildi. Masalan, gazlamalarning sortlari, klassifikatsiyasi, o’lchamlari va massasini, pishiqligi, rangini aynimasligini aniqlash metodlariga tegishli va hokazo standartlar shular jumlasidandir.
|
| |