• 7-Mavzu : Trikotaj matolarining tuzilishi tarkibi va xossalari Reja: 1.
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet28/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    Nazorat savollari
    1. Tangentsial qarshilik koeffitsienti qaysi formula orqali aniqlanadi?
    2.Gazlamadagi iplar qachon suriladi va to‘qiladi?
    3. Surilish deb nimaga aytiladi?
    4. To‘qilish deb nimaga aytiladi?
    5. Trikotajni eyilib ketishiga sabab nima?


    7-Mavzu : Trikotaj matolarining tuzilishi tarkibi va xossalari
    Reja:
    1. Trikotaj matolarining tuzilishi tasnifi.
    2. Trikotajning mexanik xossalari, fizik xossalari
    1. Trikotaj matolarining tuzilishi tasnifi. Trikotaj deb, halqalardan tashkil topgan mato yoki mahsulotga aytiladi. Halqa esa trikotaj mato yoki mahsulotlarning asosiy elementibo'lib, pning egilishi tufayli yuzaga keladigan shakldir.Trikotaj shakllanishida elementlarning hosil bo'lish ketma-ketligi va tutashishiga mos tarzda Ko'ndalangiga to'qilgan (kulir) trikotaj deb, elementlari o'zaro ketma-ket ko'ndalang, ya'ni halqa qatori bo'ylab hosil bo'lgan to'qimaga aytiladi Ko'ndalangiga to'qilgan trikotaj mato bir yoki ikki qavatli to'qima bo'lib, engsimon ko'rinishda shakllantiriladi.Bo'ylamasiga to'qilgan trikotaj mato esa, bir yoki ikki qavatli tanda to'qima asosidagi rulon yoki kitobcha tarzida taxlangan bo'ladi. Har ikki tur mato ham to'qimachilik sanoati trikotaj tarmog'ining yarim tayyor mahsulotidir. Yakunlangan trikotaj mahsulotlari trikotaj matoga maxsus ishlov berish, bichish, tikish jarayonlaridan so'ng, ayrim ustki kiyimlar, paypoq mahsulotlari esa birvarakayiga tegishli shakldagi mahsulot qismi yoki mahsulotni to'qish bilan olinadi. Tashqi ko'rinishi, tuzilishi, fizik-mexanik xususiyatlari turlicha bo'lgan bir va ikki qavatli trikotaj to'qimalarning qisqa tasnifini quyidagicha keltirish mumkin:— «bosh to'qima»lar — bu halqa hosil qilish jarayonini
    o'zgartirmay, qo'shimcha moslamalarsiz olingan, o'lchamlari bir
    xil halqalardan tashkil topgan turli tuzilishga ega bo'lgan oddiy
    to'qimalardir. Bir qavatli ko'ndalangiga to'qilgan bosh to'qima
    glad, bo'ylamasiga to'qilgan bosh to'qimalar esa, sepochka, triko
    va atlasdir. Ikki qavatli ko'ndalangiga to'qilgan bosh to'qima
    lastik, teskari to'qima, bo'ylamasiga to'qilgan bosh to'qimalar
    esa, lastikli sepochka, lastikli triko va lastikli atlasdir;

    • «hosilaviy to'qima»lar — bu bosh to'qima asosida olingan, bir xil ikki bosh to'qimaning o'zaro aralashib to'qilishi bilan hosil bo'lgan hosilaviy to'qimadir. Bir qavatli ko'ndalangiga to'qilgan hosilaviy to'qima hosilaviy glad, bo'ylamasiga to'qilgan hosilaviy to'qimalar esa, sukno, sharmedir. Ikki qavatli ko'ndalangiga to'qilgan hosilaviy to'qimaga interlok va hosilaviy teskari to'qima, bo'ylamasiga to'qilgan hosilaviy to'qimalarga esa, interlok trikosi va interlok atlasi kiradi;

    • «naqshli trikotaj» — bu bosh va hosilaviy to'qimalar asosida olingan, tarkibida qo'shimcha elementlari (protyajka, nabroska, turi, rangi yoki chiziqli zichligi har xil bo'lgan ip yoki kalava iplar) bo'lgan to'qimalardir. Ushbu to'qimalaiga quyidagilar kiradi: ko'ndalangiga va bo'ylamasiga birikkan, ajur (ananas), notekis, to'Uqmas, filey (kiper), yopchiqU, plyush (tukli), press, jakkard, arqoqli, futerli, shaprost. Sanab o'tilgan har bir guruh mos tarzda bir necha guruhchalarga bo'linadi;

    • «Aralash to'qima» — bu bosh, hosilaviy va naqshli to'qimalar qatorlari yoki elementlarining aralashuvida hosil bo'lgan to'qimalardir.


    Download 3,93 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.