|
Gazlamalarning texnologik xossalari
|
bet | 27/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSGazlamalarning texnologik xossalari.
CHOKLARDAGI IPLARNING SURILUVCHANLIGI
Siyrak gazlamalardan tikilgan kiyim kiyib yurilganda choqlardagi iplar
surilishi mumkin. Odatda, tanaga epishib turadigan va cho`zuvchi kuch ko`proq ta`sir
qiladigan choqlardagi iplar, ya`ni markaziy orqa choqdagi, eng umizlari choqlaridagi,
bel vitachkalari choqlaridagi, tirsak choqlaridagi. Shimlarning orka choqlaridagi iplar
suriladi.
Choklardagi iplarning so`rilishiga gazlamaning zichligidan tashqari, gazlama
tayyorlangan iplarning xili, o`rilish, choqning yo`nalishi ham ta`sir qiladi.
Gazlamaning tuzilishiga qarab, iplar tanda yoki arqоq yo`nalishida so`rilishi mumkin.
Silliq iplardan to`qilgan siyrak shoyi gazlamalarda turli yo`g`onlikdagi iplardan
to`qilgan gazlamalarda, nisbiy zichligi past bo`lgan jun gazlamalarda iplar osongina
suriladi.
Iplarning suriluvchanligini organoleptik usulda aniqlashda gazlamani ikkala
qo`lning bosh va ko`rsatkich barmoqlari bilan ushlab, iplarni surishga harakat
qilinadi.
Choklardagi iplarning so`rilishi natijasida buyumning tashqi ko`rinishi buziladi va
choqning pishiqligi pasayadi.
Iplari osongina suriladigan gazlamalardan tanaga epishib turadigan ( tor
bichimli) kiyimlar tikish tavsiya qilinmaydi. Ulardan imkoni boricha jildli buyumlar
tikish kerak.
Iplarning so`rilishini kamaytirish uchun choqlar oson suriladigan iplarga
nisbatan ma`lum burchak ostida bo`lishi, choqni kengroq olish va mayda qaviqlar
bilan tikish kerak.
GAZLAMALARNING O’YILLUVCHANLIGI
Tikish paytida gazlamaning ignadan shikastlangan joylari uyiklar deb ataladi.
Uyilgan joylarda gazlamaning butunligi buziladi va pishiqligi pasayadi, chunki igna
iplari uzadi. Agar igna iplarni butunlay uzmasa, chala uyiklar hosil bo`lishi mumkin.
Tikishdan qolgan izni uyikdan farq qilish lozim. Bu iz bug‘lash va yuvish paytida
yo`qoladi. Tikish jarayonida gazlamaning uyiklar hosil qilish xossasi o‘yilluvchanlik
deyiladi. Gazlamaning o‘yilluvchanligi uning tuzilishiga va pardoziga, igna va
g‘altak iplarning nomeri tiqiladigan gazlamaga mosligiga, ignaning xolatiga bog`liq
bo`ladi. Kalava ipning yo`g`onligi va pishitilishi, gazlamaning o`rilishi va zichligi
ham o‘yilluvchanlikka ta`sir qiladi. Pishitilgan kalava ip yoki iplardan to`qilgan
siyrak gazlamalar (vual, markizet, krep-shifon, krep-jorjet) ingichka igna va ip bilan
tiqilganda uyik hosil bo`lmaydi, chunki igna pishitilgan ipdan sirpanib o`tib, iplar
orasiga tushadi. Bo`sh, tukli gazlamalar (flanel, bumazeyaa, siyrak drap va movutlar)
deyarli uyilmaydi, chunki igna tolalarni kerib, ipni shikastlantirmaydi.
Polotno o`rilishli gazlamalar atlas-satin o`rilishli va sarja o`rilishli
gazlamalarga qaraganda osonroq uyiladi. Bunga sabab shuki, polotno o`rilishda
epmalar eng kalta bo`lib, gazlamalarni qattiq strukturali qiladi, igna tekkanda ip va
tolalarning kerilish imkonini kamaytiradi.
Kuchli bosilgan (kastor drapi), kuchli appretlangan rezinalangan, suv
o`tkazmaydigan qoplamali (bolonya tipidagi) gazlamalar ignadan uyiladi, chunki
igna tekkanda ip va tolalar surila olmay uziladi.
45
Gazlamaning o‘yilluvchanligini kamaytirish uchun mashina ignalari va g‘altak
iplarni gazlamaning xiliga moslab tanlash
Yupqa gazlamalar uchun ingichka ip va ignalar, ya`ni past nomerli ignalar
ishlatiladi. Yo`g`on ip va ingichka ignalar ishlatilsa, iplar uziladi va gazlama
shikastlanadi.
Yo`g`on iplar ingichka ignaning teshigiga sigmaydi, gazlamaga kuchli ishqalanadi,
paxmoqlanadi va pishiqligini yo`qotadi, natijada choqlarning hamda buyumlarning
sifati pasayadi. Qalin, ogir gazlamalar uchun yuqori nomerli, ya`ni yo`g`on ignalar
ishlatish kerak. Iplar ham yo`g`on bo`l ishi lozim, aks xolda choqning pishiqligi etarli
bo`lmaydi. Oson o‘yilluvchan gazlamalarni tikishda o`tkir igna ishlatish va qaviqni
mayda olish kerak. O`tmas igna gazlamani uyishi yoki ipni sugurib, gazlamaning
strukturasini buzishi yoki tashqi ko`rinishini yomonlashtirishi mumkin.
Sintetik gazlamalar va tarkibida sintetik tolalar ko`p bo`lgan gazlamadan
buyumlar tikishda biriktirish va pardoz choqlari uchun ipsiz tikuv mashinasi (BShM)
dan foydalanish lozim. Bu mashinada gazlamalar ultratovush yordamida
biriktiriladi.
Faqat gazlamalargina emas, balki boshqa tikuvchilik materiallari: sun`iy va
tabiiy charm, sun`iy va tabiiy zamsha, sun`iy mo`yna va hokazolar ham
o‘yilluvchanlik xossasiga ega.
Plashlardagi igna hosil qilgan teshiklardan suv o`tishi mumkin. Shuning uchun
suv o`tkazmaydigan palto va plashlarning modellarini yaratish hamda
konstruktsiyasini ishlab chiqishda elkani choqsiz qilishga, tashlama koketkalar,
koketka bilan qo`shib tikilgan englar, reglan englar qo`llashda intilish lozim.
Gazlamaning o‘yilluvchanligini yuqotish, choqlarning pishiqligini va suv
o`tkazmasligini ta`minlash uchun plenkalardan tikilgan buyumlarning detallari
maxsus yuqori chastotali ustanovkalarda biriktiriladi. Bu ustanovkalar issiqda
suyuqlanadigan plastikat plenkalarni yuqori chastotali elektr maydonda presslab
biriktiradi.
GAZLAMALARNING KIRISHISHI
Kirishish – issiqlik va nam ta`sirida gazlama o`lchamlarining kichrayishi.
Buyum yuvilganda, ho`llanganda, ho`llab dazmollaganda va presslanganda kirishadi.
Gazlamaning kirishishi natijasida undan tikilgan buyum kichrayishi, detallarining
shakli buzilishi mumkin.
Agar ho`llab kimyoviy tozalash, yuvish, dazmollash natijasida kiyimning avrasi,
astari va miyonasi turlicha kirishsa, kiyimda gijimlar, burmalar paydo bo`lishi
mumkin.
Gazlamaning kirishishiga sabab shuki, to`qimachilik jarayonining barcha
bosqichlarida (yigirish, to`qish va gazlamani pardozlashda) tolalar, kalava ip, iplar
tarang turadi. Ayniqsa tanda yo‘nalishida iplar tarang turadi va shu xolatda
appretlash, presslash, kalandrlash yo`li bilan mustaxkamlanadi. Gazlamani yuvganda
yoki ho`llaganda appret yuvilib ketadi, tola va iplar bo`shashadi. Issiqlik va nam
ta`sirida tolalar qayishqoqlashadi, shishadi, kaltalashadi, natijada gazlama kirishadi
va iplar sistemasining taranglik darajasi tenglashadi. Kuchli taranglangan tanda
sistemasi iplari bukiladi. Shuning uchun gazlama tanda bo`yicha arqоq bo`yicha
yo`nalishdagidan ko`proq kirishadi.
Ba`zi gazlamalar yuvilgandan so`ng tanda bo`yicha kirishib, eniga kengayadi,
ya`ni tortishadi. Agar tanda ancha tarang bo`lsa va kirishganda ancha bukilsa,
gazlama tortishadi. Shunda arqоq sistemasining bukilganlik darajasi kamayadi, arqоq
iplari to`grilanadi, natijada gazlama en iga bir oz kengayadi. Tandasi paxta tolasidan,
arkogi pishitilmagan viskoza ipagidan bo`lgan gazlama tortishi mumkin.
Dazmollab, ya`ni majburiy kirishtirishda gazlamalarning ayrim qismlari
qisqaradi. Kichik to`lqinsimon burmalar tarzida buklangan, namlangan jun
gazlamaning ayrim qismini dazmollash yoki presslash yo`li bilan gazlamaning ayrim
joyini shunday kirishtirish mumkin. Buyumga ho`llash -dazmollash yo`li bilan shakl
berishda majburiy kirishtirish usuli qo`llaniladi.
Gazlamalarning kirishishi standartlarda belgilangan metodlarda aniqlanadi. Jun
gazlamalarning kirishishi ulardan qirqib olingan namunani ho`llab, boshqa
gazlamalar esa yuvib kirib aniqlanadi.
Hamma vaqt tanda bo`yicha kirishish aloxida, arqоq bo`yicha kirishish aloxida
aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
L – L L - L
Ut = ----------- 100; Ua = ------------- 100,
L L
bunda L, L - gazlamaning tanda va arqоq bo`yicha dastlabki o`lchamlari;
L L - gazlamaning sinovdan keyingi tanda va arqоq bo`yicha o`lchamlari.
Gazlamalarning kirishishi ularning tola tarkibi, tuzilishi va pardoziga bog`liq.
Gazlamaning kirishishi tolalarning shishish darajasiga bog`liq bo`lgani uchun sintetik
tolalardan to`qilgan gazlamalar juda kam kirishadi, chunki sintetik tolalar deyarli
ho`llanmaydi va shishmaydi.
Gazlamalarning kirishuvini kamaytirish uchun to`qimachilik sanoatida
kengaytirish, bug‘lash, maxsus kirishtirish mashinalarida ishlov berish,
kirishmaydigan, kam kirishadigan qilib maxsus pardozlash usullari qo`llaniladi.
Sintetik gazlamalar ho`llanmasdan, ya`ni faqat issiqlik ta`sirida kirishadi.
Bunday kirishish issiqlikdan kirishish deb ataladi. Sintetik gazlamalarning
o`lchamlarini turg‘unlash (mustaxkamlash) uchun To`qimachilik sanoatida sintetik
gazlamalar va sintetik tolali gazlamalar termofiksatsiya operatsiyalaridan o`tkaziladi.
Termofiksatsiya operatsiyalaridan o`tkazilgan gazlamalar kam kirishadi. Masalan,
lavsanli jun gazlamaning kirishishi termofiksatsiya qadar 6% bo`lsa,
termofiksatsiyadan keyin 0,5% ga tushadi. Agar gazlamaga issiqlik ishlovi berishda
hararat termofiksatsiya hararatsidan yuqori bo`lsa, termofiksatsiyalangandan keyin
ham gazlamalar issiqlikdan kirishishi mumkin.
Amalda aniqlanishicha, tikuvchilik ratsional tashkil qilinganda kiyim
tiqiladigan gazlamalarning kirishishi 4% dan osh masligi lozim. Zich sintetik
gazlamalar va lavsanli gazlamalar termofiksatsiyalangandan keyin deyarli
kirishmaydi. Shu sababdan kiyimning avrasi, astari va miyonasi (kotirmasi) uchun
material tashlashda uning kirishishini xisobga olish lozim.
Gazlamaning kirishishini tez tekshirish uchun quyidagicha ish ko`rish mumkin:
gazlama bo`lagi chetidan 15-20 sm tashlab, gazlamaning butun eni bo`yicha o`ngiga
va teskari tomoniga 15-20 sm joyga suv purkaladi, yaxshilab dazmollanadi yoki
presslanadi. Agar sinalgan joyning cheti ichkariga tortilsa, bunday gazlama ho`llabdazmollanganda ancha kirishishi mumkin.
Ancha kirishadigan gazlamalarni bichishdan oldin bug‘lash tavsiya qilinadi.
Agar kiyimning avrasiga mo`ljallangan gazlama uncha kirishmaydigan bo`lsa,
miyona gazlama (bortovka) bug‘lanadi.
HO`LLAB - DAZMOLLANGANDA GAZLAMALARNING SHAKL OLISH XUSUSIYATI
Dazmollash, presslash, manekenlarga kiydirib, bug‘-havo bilan ishlov berish
jarayonlarida gazlama yuqori daraja, bosim va namlik ta`sirida b o`ladi.
Namlik-issiqlik ishlovi berish operatsiyalarini o`tkazishda rejimga qat`iy rioya
qilish lozim. Shunda tikuvchilik buyumlari yuqori sifatli bo`lishi, gazlamalarning
pishiqligi va to‘zimaslik xossalari saqlanishi mumkin.
Namlik-issiqlik ishlovi berish rejimi deganda dazmollanadigan sirtning tegishli
darajasi, gazlamaning namlanganlik darajasi, gazlamaga dazmol va pressning
bosimi, ishlov berish davomliligi tushuniladi.
Gazlamaga namlik-issiqlik ishlovi berish rejimi uning tola tarkibi va
qalinligiiga qarab tanlanadi.
Jun gazlamalardan tikilgan kiyimlar materialining ayrim joylarini majburiy
kirishtirish yoki majburiy cho`zish yo`li bilan kiyimga zarur shakl berish mumkin .
Kiyim bu shaklni saqlab qolishi uchun bu ishlar gazlama butunlay quriguncha
qilinadi. Gazlamaning majburan kirishish va majburan cho`zilish xususiyati plastik
xossalari deb atalladi.
Gazlamaning plastik xossalari uning tola tarkibiga, zichligi va pardoziga bog`liq.
Sof jun movut gazlamalarning plastik xossalari eng yuqori bo`ladi. Qayta tarash
usulida yigirilgan, pishitilgan kalava ipdan to`qilgan va nisbiy zichligi hamda
qayishqoqligi katta bo`lgan sof jun gazlamalar (gabardinlar, kostyumlik kreplar) ni
majburan kirishtirish ancha qiyin. Bunga sabab shuki, nisbiy zichligi yuqori (120-140%) bo`lgan iplar juda kam zichlanadi.
Tarkibida sintetik tolallar ko`p bo`lgan jun gazlamalarni ham majburan
kirishtirish qiyin. Agar lavsanli gazlamalar maxsus pardoz – termofiksatsiyadan
o`tkazilgan bo`lsa, ularni amalda majburan kirishtirib bo`lmaydi. Yangi kiyim
modellarini yaratish va konstruktsiyalarini ishlab chiqishda buni xisobga olish lozim.
Gazlamaga namlik-issiqlik ishlovi berishda uning o`ng sirti strukturasi
xarakterini xisobga olish kerak. Kalta tik tukli gazlamalar (velyur, bobrik, baxmal, ip
duxoba va hokazo) ni teskarisidan tarovchi kardolenta yordamida ho`llangan latta
orqali dazmollash tavsiya qilinadi. Bunda dazmolni uncha bosmasdan va namlikissiqlik ishlovi berish rejimiga rioya qilib dazmollanadi.
Qavarik relefli naqshi bo`lgan gazlamalar ("Kosmos" tipidagi gazlamalar)
namlik-issiqlik ishlovidan o`tkazilmaydi yoki yumshoq narsa ustiga qo`yib, teskari
tomonidan dazmollanadi.
Plisse va gofre – gazlamalarga namlik-issiqllik ishlovi berish usullari bo`lib,
gazlamalar sirtida turli shaklda ko`p burmalar hosil qilish uchun qo`llaniladi. Buning
uchun gazlamalarga ularni tashkil etuvchi tolalar bardosh beradigan darajada,
masalan, lavsan gazlamaga 200, nitron gazlamaga 130, zig`ir gazlamaga 150,
viskoza gazlamaga 140, ip gazlamaga 130, kapron gazlamaga 120, jun gazlamaga
110, tabiiy shoyiga 100, atsetat gazlamaga 90Soda bug‘ bilan 20 min ishlov beriladi.
Gazlamaning plissellanish xususiyati uning tola tarkibiga bog`liq. Agar lavsan
yoki nitron gazlamalarda plissening turg‘unligini 100% deb qabul qilsak, jun
gazlamalarda 25%, tabiiy va atsetat shoyi gazlamalarda 20%, viskoza shoyida 5%
bo`ladi.
Gazlamalarga namlik-issiqlik ishlovi berish rejimi buzilganda turli nuqsonlar
kelib chiqadi. Daraja oshib ketsa, tabiiy tolalardan to`qilgan gazlamalarr kuyishi
mumkin.
Natijada uning pishiqligi 50% va undan ko`p pasayadi yoki butunlay yaroqsiz xolga
keladi.
Lavsanli gazlamalarga ishlov berilganda namlik va daraja oshib ketsa, ularda
ketmaydigan dog‘lar paydo bo`lishi, rangi yoki zichligi o`zgarishi mumkin.
Xaddan tashqari ho`llab, 140Sodan oshiq darajada dazmollaganda atsetat
gazlamalar eriydi, atsetat tolali gazlamalarda ketishi qiyin bo`lgan yaltiroq joylar
hosil bo`ladi.
Qayta tarash usulida yigirilgan ipdan to`qilgan zich gazlamalar (gabardin va
hokazo)ga press yoki dazmolni qattiq bosib yuborish natijasida choqlarda yaltiroq
joylar paydo bo`ladi.
Tukli gazlamalar (bobrik va hokazo) da tuklar ezilishi natijasida yaltiroq joylar
hosil bo`ladi. Buni yo`qotish uchun gazlamalar engilgina bug‘‘lanadi.
|
| |