• Gazlamaning pishiqligi
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet24/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    Nazorat savollari
    1. Gazlama deb nimaga aytiladi.
    2. Arqоq ipini tukishga tayyorlash jarayoni qanday o`tadi.
    3. Tanda ipini tayyorlash jarayoni nimadan iborat.
    4. Qanday to‘quv dastgoxlari bor?


    6-Mavzu: Gazlamaning xossalari.
    Reja:
    1. Gazlamaning fizik – mexanik xossalarini o‘rganish.
    2. Gazlamalarning texnologik xossalari
    1. Gazlamaning fizik – mexanik xossalarini o‘rganishKiyimning eskirishiga asosan unga cho`zuvchi, ezuvchi, bukuvchi kuchlar
    ishqalanish kuchlari ta`sir etishi sabab bo`ladi. Shuning uchun kiyimning oxori va
    shaklining yaxshi saqlanishida hamda uzoqqa chidashida gazlamaning turli mexanik
    ta`sirlarga chidamliligi, ya`ni mexanik xossalari katta rol o`ynaydi. Gazlamaning
    mexanik xossalariga pishiqligi, qattiqligi, draplanuvchanligi va boshqa xossalari
    kiradi.
    Gazlamaning pishiqligi:
    Gazlamaning cho`zilishga pishiqligi uning sifatini belgilaydigan eng muxim
    ko`rsatkichlardan biridir.Gazlamaning cho`zilishga pishiqligi deganda uning yukga
    chidamliligi tushuniladi.
    Ma`lum o`lchamdagi gazlama namunasini uzish uchun etarli minimal yuk
    uzuvchi kuch deb ataladi. Uzuvchi kuchni aniqlash uchun namuna uzish mashinasida
    uzib ko`riladi. Gazlama namunasi 2 qisqichlar orasiga maxkamlab qo`yiladi. Elektr
    dvigatel pastki qisqichni yuqoriga va pastga harakatlantiradi, ustki qisqich yukli
    richag bilan boglangan. Pastki qisqich pastga tushganda namuna cho`zilib, ustki
    qisqichni pastga suradi. Natijada yukli mayatnikli kuch o`lchagich og`adi.
    Cho`zuvchi kuch ta`sirida namuna uzayadi va qisqichlar orasidagi masofa
    kattalashadi. Strelka uzayish qiymatini uzayish shkalasida ko`rsatadi.Sinash uchun
    gazlamadan tanda mashinasi bo`yicha uchta namuna va arqoq bo`yi cha 5 namuna
    qirqib olinadi.

    Namuna bo`lagining eni 50 mm bo`ladi. Dinamometr qisqichlari orasidagi masofa


    jun gazlamalar uchun 100 mm, boshqa gazlamalar uchun 200 mm olinadi. Namuna
    bo`lagining uzunligi qisqichlar orasidagi masofadan 100-150 mm katta olinadi.
    Uzuvchi kuch tanda uchun aloxida, arqоq uchun aloxida hisoblanadi.
    Gazlamalarning uzilishga pishiqligi ularning tola tarkibiga, kalava ip yoki ipning
    nomeriga, zichligiga, o`rilish xiliga, pardozlash harakteriga bog`liq. Sintetik
    tolalardan to`qilgan gazlamalarning uzilishga pishiqligi eng yuqori bo`ladi. Iplar
    qancha yo`g`on va gazlama qancha zich bo`lsa, u shuncha pishiq bo`ladi. Kalta
    yopmali o`rilishlarni qo`llash ham gazlamalarning pishiqligini oshiradi. Shuning
    uchun boshqa barcha sharoitlar bir xil bo`lgani xolda polotno o`rilishda to`qilgan
    gazlamalar eng pishiq bo`ladi. Bosish, appretlash, bug‘‘lash kabi pardozlash
    operatsiyalari gazlamaning pishiqligini oshiradi. Oqartirish, bo`yash operatsiyalari
    gazlamaning pishiqligini birmuncha pasaytiradi.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.