• Mayda gulli o‘rilishlar.
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet21/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    R = R = 7; Z= 3
    иe ’
    9- rasm. Satin va atlas o'rilishlari.

    Satin (atlas) o‘ri1ishining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:

    1. Rapportdagi iplaming soni beshtadan kam bo‘lmaydi: R = 5.

    min

    1. Qoplanishlaming siljishi birdan katta va (R - l)dan kichik bo'ladi: 1 <Z<R-l.

    2. Rapport va siljishini ko‘rsatuvchi sonlar bir-biriga bo‘lin- masligi kerak.

    Keng tarqalgan satinlaming rapportlari 5, 8 va 10 ga teng. Bu holda siijish sonlari quyidagicha bo‘ladi:
    R = 5 bo‘lsa, unda Z = 2 yoki Z = 3 bo'ladi.
    R = 8 bo‘lsa, unda Z = 3 yoki Z = 5 bo‘ladi.
    R = 10 bo‘lsa, unda Z = 3 yoki Z = 7 bo'ladi.
    Satin (atlas) o‘rilishlari kasr bilan belgilanadi. Suratda o‘ri- lish rapportining miqdori, maxrajda — siijish soni ko‘rsatiladi. Demak, satin (atlas)lar 5/2, 5/3, 8/3, 10/7 va hokazo deb belgilanadi.
    Satin o‘rilishi keng tarqalgan satin nomli paxta matosini ishlab chiqarganda qo'llaniladi. Atlas o‘rilishi lastik, tik-lastik paxta matolari, satindubl, xonatlas va boshqa ipak matolari, ko‘pgina astarlik ipak va yarim ipak matolami ishlab chiqarishda ishlatiladi.
    Mayda gulli o‘rilishlar. Mayda gulli o‘rilishlar sinfi ikki guruhga bo‘linadi:
    1. Oddiy o‘rilishlami o‘zgartirish va murakkablashtirish yo‘U bilan hosil qilingan hosila o‘rilishlar guruhi.
    2. Oddiy o‘rilishlami aralashtirish yo‘li bilan hosil qilingan aralash o‘rilishlar guruhi.
    Hosila 0‘rilishlar. Polotno o‘rilishdan olingan hosila o‘rilish jumlasiga reps va rogojkalar kiradi.
    Reps o‘rilishi tanda yoki arqoq qoplanishlami uzaytirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Bu o‘rilishda har qaysi tanda yoki arqoq ipi ikki, uch va undan ko‘p arqoq yoki tanda ipi tagidan o‘tishi mmnkin. Natijada, tandali yoki arqoqli reps o‘rilishi hosil bo‘ladi. Agar iplar turkumidan biri ikkinchisiga qaraganda yo‘g‘on bo‘lsa, reps o‘rilishda mato sirti silhq chiqadi.
    Reps o‘rilishda reps degan ip va ipak matolari, flanel ip matosi va boshqalar ishlab chiqariladi.
    Rogojka o‘rilishi ikki yoki uchtalik polotno o‘rilishi bo‘lib, tanda va arqoq qoplanishlari birdaniga kuchaytirilganidan hosil bo‘ladi. Rogojka o‘rilishdagi matolar polotno o‘rilishdagi mato- laiga qaraganda yumshoqroq va zichligi kattaroq bo‘ladi. Rogojka o‘rilishda paxta ip va zig‘ir iplaridan olingan rogojka nomh ma-tolar, jun va ipak iplaridan ba’zi ko‘ylaklik va kostumlik matolar ishlab chiqariladi.
    Hosila saija o‘rilishlariga kuchaytirilgan saija, murakkab saija, teskari saija, siniq saija va boshqalar kiradi. Kuchaytirilgan saija oddiy saijadagi yakka qoplanishlar kuchaytirib olinadi. Natijada, mato sirtidagi diagonal yo‘llar yenilroq va yaqqolroq bo‘ladi. Mato o‘ngida qaysi ip turkumi ko‘pligiga qarab, kuchaytirilgan saijalar tandali, arqoqh va teng tomonli bo‘ladi.
    Kuchaytirilgan saija o‘rilishida shotlandka, boston, sheviot, kashemir kabi jun va boshqa matolar to‘qiladi.
    Murakkab saija bir necha oddiy yoki kuchaytirilgan saijalami bitta rapportga joylashtiiganda hosil bo‘ladi. Bu o‘rilishda to‘qilgan matolar sirtida turh kenglikdagi diagonal yo‘llari bo‘ladi. Bu o‘ri1ish ko‘ylaklik matolar to‘qishda qo‘llaniladi.
    Oddiy, kuchaytirilgan va murakkab saijalar asosida siniq saija hosil bo‘ladi. Bu yerda diagonal yo‘llarining yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu o‘rilishdagi matolaming sirti chiziqsimon shaklda ko‘rinib turadi.
    Siniq saijaga o‘xshash yana bitta o‘rilish bor. U teskari saija deyiladi. Teskari sarjaning siniq saqadan farqi shuki, diagonal sinish joyida lining yo‘li bo‘ylama bo‘yicha suriladi. Natijada arqoq qoplanishlari bo‘ladi va aksincha. Siniq va teskari saga o‘rilishda ba’zi paltolik va kostumlik matolar to‘qiladi.
    Hosila satin (hosila atlas) o‘rilish kuchaytirilgan satin (atlas) deb ataladi. U oddiy satin (atlas)da yagona bo‘lgan qoplanishlami kuchaytirib tuziladi. Rapport va siljish miqdori o‘zgarmaydi. Bu o‘rilishda ip matolardan moleskin, zamsha, velveton, movut, ipak matolardan yuqori sifatli astarbop satin-dubl degan matolar to‘qiladi.
    Aralash о‘rilishlar jumlasiga jilvali, bo‘rtmali, bo‘ylamasiga yoki eni bo‘yicha yoTyo‘lli о‘rilishlar kiradi.
    Jilvali o‘ri1ishning o‘ziga xos tomoni shundaki, mato o‘ngiga cho‘ziq qoplanishlar betartib tarqalgan bo‘lib, ular matoda mayda donli sirt hosil qiladi. Jilvali o‘rilishlami rapportlari teng bo‘lgan ikki o‘rilishni ustma-ust qo‘yish yoki rapportlari teng bo‘lmagan bir necha o‘rilishlami qo‘shish yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu o‘rilishlar xilma-xil paxta, zig‘ir, jun va ipak tolali ko‘ylaklik matolami to‘qishda qo‘llaniladi.
    Muiakkab o‘rilishlar. 0‘z tuzilishiga ko‘ra ikkidan ortiq ip turkumlarini talab qiluvchi о‘rilishlar murakkab о‘rilishlar sinfiga kiradi. Ulaming turlari quyidagicha: tukli, ikki tomonli, ikki qavatli, qopsimon va pike o‘rilishlari.
    Tukli o‘rilishda to‘qilgan matolaming o‘ngida qirqma yoki halqali tik tuklar bo‘ladi. Ular yaxht yoki kengligi har xil yo‘llar tarzida naqshdor bo‘ladi. TukU o‘rilishlami hosil qihsh uchun uchta ip turkumi ishlatiladi: bir turkumi tukni hosil qilish uchun, ikkitasi matoning asosini hosil qilish uchun. Tukni hosil qiluvchi ip turkumiga ko‘ra tukh o‘rihshlar ikki turga bo‘linadi. Tukni hosil qihsh uchun tanda iplari ishlatilsa, o‘rilish tanda tukh, arqoq iplari ishlatilsa — arqoq tukh o‘rilish deb ataladi. Tanda tukh o‘rilish ipak matolari — baxmal, duxoba, velyumi to‘qishda ishlatiladi. Arqoq tukh o‘rilish ip matolari — yarim baxmal, velvet, ip duxobani ishlab chiqarishda qo‘Uaniladi. Tukh o‘ri- hshning yana bitta turi — halqah tukh o‘rilish. Bu o‘rihshda tuklar halqalar tarzida bo‘ladi. Sochiqlar, choyshablar, xalatlar uchun matolar, ba’zi bezak matolar shunday o‘rilishda to‘qi- ladi.
    Ikki tomonli о‘rilishlar uchta ip turkumi — ikkita tanda va bitta arqoq yoki bitta tanda va ikkita arqoq iplaridan hosil bo‘ladi. Bu o‘rilishlar asosan drap degan paltolik matolami to‘qishda ishlatiladi. To‘qishda qo‘Uanilgan qo‘shimcha iplar turkumi draplarning qalinligi, zichligi va issiqni saqlash xossalarini yaxshilaydi. Undan tashqari, qo‘shimcha ip turkumi sifatida pastroq bo‘]gan iplami ishlatish imkoniyati borligi tufayli matolaming narxi ham kamroq bo‘ladi.
    Ba’zi draplami to‘qish uchun ikki qatlamli o‘rilishlar qo‘l- laniladi. Ulami hosil qilganda to‘rt yoki beshta ip turkumlari ishlatiladi. Bunday o‘rilishda to‘qilgan matolar ikki alohida mato- dan iborat bo‘lib, bu matolar o‘zaro to‘rt ip turkumlaridan bin bilan yoki qo‘shimcha beshinchi turkum bilan biiiktiriladi. Ikki qatlamh o‘rihshda to‘qilgan matolaming o‘ngi va teskarisi sifati va tola tarkibi har xil iplardan bo‘Ushi, o‘ngi sidirg‘a teskarisi esa katak-katak yoki yo‘l-yo‘l guldor bo‘lishi, yoki ikkala tomoni sidiig‘a, lekin turii rangda bo‘lishi mumkin.
    Yirik gulh o‘rilishlar. Yirik gulh o‘rihshdagi matolar to‘quv dastgohlardagi jakkard mashinalari yordamida ishlab chiqariladi. Bunday o‘rilishlaming rapporti bir necha yuz ming iplardan iborat bo‘Ushi mumkin, ya’ni har bir iplaming guruhi ma’lum tartibda boshqa iplar bilan o‘rilishadi. Bunday o‘rihshlardagi naqshlaming shakli turhcha bo‘ladi; o‘simliklaming rasmi, gul dastgohlari, geometrik naqshlar va hokazo. Turii matolar, gilamlar, gobelenlar, dasturxon va boshqa buyumlar yirik gulh o‘rilishda to‘qiladi. Yirik gulh o‘rilishlar oddiy va murakkab xhlarga bo‘linadi. Oddiylari ikki, murakkablari esa uch va undan ko‘p ip turkumlardan iborat bo‘ladi.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.