|
To‘quvchilik nuqsonlari va gazlamalarni pardozlash. Ip
|
bet | 18/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS3. To‘quvchilik nuqsonlari va gazlamalarni pardozlash. Ip uzilganda va dastgoh mexanizmlarning yuzasi buzilgan to'quvchilik nuqsonlari kelib chiqadi. Bunday nuqsonlar gazlama va to'quvchilik buyumlarining sifatiga ta'sir qiladi. To'quvchilik buyimilarining ko'rinib turadigan detallaridagi nuqsonlari buyum navining pasayishiga, hatto brakga oUb kehshi mumkin. Shuning uchun bichish paytida bunday nuqsonlar hisobga olinadi:
bir yoki ikki qo'shni arqoq iplarning yo'qligi (prometka);
ma'lum joyda tanda gazlama navida yotadi va arqoq bilan o'rilishmaydi;
— ma'lum joyda gazlama sirtida yotadi va tanda bilan
o'rilishmaydi (podnirka);
— arqoq ip siyrak joylar (nedoseka);
arqoq ip zich joylari (zaboina);
arqoq ip siyrak joylar bilan zich joylar galma-gal kelgan joylar (nerovniy boy);
ikkitanda ip xuddi bittadek o'rilishgan joy (parochka);
arqoq ip qalinlashgan joy (sled utka);
agar arqoq ipi kalava oxiridan dastalanib kelsa va shu holda o'rilishib ketsa, shunday bo'ladi;
arqoq halqalari arqoq ip uncha tarang bo'lrnaganda paydo bo'ladi;
qo'sh o'rilish (podpletina);
uch yoki undan ko'p tanda iplari uzilib, arqoq ipiga noto'g'ri o'rilishidan hosil bo'ladi;
to'quv dastgohining qismlari gazlamani shikastlantirganda paydo bo'ladigan turli o'lchamdagi teshiklar;
kir va moy dog'lari;
to'quv dastgohi ko'proq moylab yuborilganda va ehtiyot bo'linmaganda paydo bo'lishi mumkin;
to'quv naqshining buzilishi — gazlamaning ayrim joylarida to'quv naqshining belgilangan naqshiga to'g'ri kelmasligi.
To'quvchilik buyumlarining navini aniqlashda to'qimachilik nuqsonlari gazlamaning tolaviy tarkibiga va buyumning vazifasiga qarab hosil bo'ladi.
Jun gazlamalardan tikilgan bir va ikki navU buyumlaming ko'rinadigan detallarida 5 ta arqoq ipigina siyrak joylar bo'li-shiga, har xil arqoq polosa yoki buzilgan naqsh bo'Ushiga, 3 va undan ko'p tanda iplar uzilgan joy 1 sm gacha bo'Ushiga, arqoq ipi o'rilishgan, och rangli gazlamalardan qilingan buyumlarda dog' bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi; III navli buyumlarda bunday nuqsonlarning o'lchamlari yoki soni cheklanadi. Masalan, 5 mm gacha dog' bo'Ushiga 1 joyda 3 yoki undan oshiq tanda iplari uzilib, arqoq ipiga noto'g'ri o'riUshiga yoki arqoq iplari siyraklashgan joy bitta bo'Ushiga yo'l qo'yiladi.
Istalgan tola tarkibli gazlamalardan tayyorlangan bir navli buyumlarda ikki qo'shni tanda ipi bo'lmasligiga yo'l qo'yilmaydi. Buyumlaming yashirin joylaridagi ba'zi to'quvchilik nuqsonlari hisobga olinmaydi. Arqoq iplari siyrak polosalar, 3 va undan ortiq tanda iplari uzilib, arqoq ipiga noto'g'ri o'rilishgan joylar esa buyumlarning yashirin joylarida ham hisobga olinadi, chunki ular gazlamaning pishiqligiga ta'sir qiladi. To'quvchilik buyumlarida teshiklar, sitilgan joylari bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.
Kalava ip va iplarda nuqsonlar paydo bo`lishiga asosan past sifatli va iflos xomashyodan foydalanish, mexanizmlar sozlashining buzilishi va mashinalarni yaxshi tutmaslik sabab bo`ladi. Quyida kalava ip va iplarda uchraydigan asosiy nuqsonlar keltirilgan.
Iflos kalava ip - yaxshi tozalanmagan xom ashyodan tayyorlangan ip. Iflos paxta ipda, odatda, chigit po`choqlari, g`o`za barglari va ko‘sak parchalari bo`ladi.
Jun ipga turli chiqindilar, zig`ir ipga o`zak zarralari yopishgan bo`lishi mumkin.
Moy tekkan va kirlangan iplar tolalar massasiga surkov moylari va turli
iflosliklar tegishidan paydo bo`ladi. Kalava ip va gazlamalar qaynatilganda
iflosliklar. Odatda, ketadi moy tekkan joylari esa dogligicha qoladi.
Galma-gal keladigan yo`g`on va ingichka joylar (pereslejin, peresechki);
bunday nuqson pilta va pilikni notekis cho`zish natijasida paydo bo`ladi.
Chala yigirilgan joylar (nepropryadi) – tolalar yaxshi pishitilmaganda
(buralmaganda) paydo bo`ladi.
Chiziqli zichligi bo`yicha notekis ip – bir kalava yoki turli kalavalardagi ipning
yo`g`onligi har xil bo`lishi.
Do‘mboqlar (shishki) – kalava ipga momiq o`ralib qolishi natijasida paydo
bo`ladigan kalta-kalta yo`g`onlashgan joylar.
Yo`g`onlashgan iplar (utolshenne niti) – pilik uzilib, uchi qo`shni pilikka
o`ralishib ketishi natijasida paydo bo`ladi.
Xom ipakda uchraydigan asosiy nuqsonlar: kalta-kalta yo`g`onlashgan joyllar
(do‘mboqlar); uzun-uzun zich yo`g`onlashgan joylar (nalet); ko`chganva ip sirtiga chiqib turadigan ipak uchlari (us); pilla iplari turlicha taranglaganda bir yoki bir necha ipning o`rtadagi ipga spiralsimon o`ralib qolishi (sukrutin).
Sun`iy iplarda uchraydigan asosiy nuqsonlar: viskoza iplarning notekis
tovlanishi va etarlicha tovlanmasligi (iplar ortiqcha erkin kislotali cho`ktirish vannalarida shakllantirilganda paydo bo`ladi); iplarning turlicha tuslanishi (yigiruv eritmasi bir jinsli bo`lmaganda va kirlanganda paydo bo`ladi); iplarning tukliligi –uzilgan va ip sirtiga chiqib qolgan elementar iplarning uchlari (yigiruv eritmasi havo pufakchalaridan yaxshi tozalanmaganda va eritma unchalik qovushoq bo`lmaganda paydo bo`ladi); jingalaklik kalta uchastkalarda iplarning to‘lqinsimon buralganligi.
Kalava ip va iplarning nuqsonlari gazlama hamda tikuvchilik buyumlarining ko`rkamligini buzadi va sifatini pasaytiradi. Nuqsonli kalava ipdan to`qilgan gazlamada ham nuqsonlar bo`ladi. Iflos kalava ipdan to`qilgan gazlamaning u yer -bu yerida do‘mboq joylar paydo bo`ladi. Notekis va yo`g`onlashgan joylari bor kalava ip gazlamalarda yo`l-yo`llik hosil qiladi.
Gazlama bo`yalgandan keyin kalava iplarning nuqsonlari ayniqsa sezilarli
bo`lib qoladi. Moy tekkan iplar bo`yoq olmaydi.
To’qimachilik iplarining tuzilishi ularni tashkil etgan elementlarning o’lchami, shakli va o’zaro joylashishi bilan belgilanadi. Iplarning element tuzilishi ko’p bosqichli. Lekin, iplarning tuzilishini tahlil etishda, loyihalashda elementning birinchi darajasi hisobga olinadi, ya‘ni iplar uchun tola, to’da iplar uchun tanho iplar, pishitilgan iplar uchun esa yigirilgan ip yoki to’da iplar.Elementlarning molekulali darajasi tola, tanho iplarning xususiyatlari orqali bilvosita hisobga olinadi.
Iplarning tuzilish xususiyatlari elementlarning o’zaro joylashishi va boglanishiga Bog’liq. O`lcham xususiyatlari, shakllari, uning holati va xossalari element xususiyatlarining eng muhimi hisoblanadi
Nazorat savollari
1Qanday iplar karda usulida olinadi?
2Qanday iplar apparat usulida olinadi?
3.Kalava ipning qanday xossalari mavjud?
4.Yigiruv jarayonida qanday nuqsonlar paydo bo`ladi?
|
| |