- Mavzu Gazlamalarning tuzilishi tarkibi va xossalari




Download 3,93 Mb.
bet19/54
Sana12.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#135716
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
MARUZA MATERIALSHINOS

5- Mavzu Gazlamalarning tuzilishi tarkibi va xossalari
Reja:
1. To‘quvchilik o‘rilishlarining: oddiy o‘rilishlar, xosila o‘rilishlar, yirik gulli o‘rilishlar;
2. Gazlamalarning tolaviy tarkibi, o‘ngi va teskarisini, tanda va arqoq iplarini zichligini aniqlash
Tikuvchilik materiallarining tuzilishi tanda va arqoq iplarining o‘zaro o‘rilishi va aloqasi bilan belgilanadi. Tikuvchilik material­larining tashqi ko‘rinishi, xossalari va nimaga ishlatilishi uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Gazlamaning tuzilishini ifodalovchi ko‘rsatkichlaridan biii zichligi bo‘lsa, ikkinchisi ulaming o‘rilishidir. Gazlamaning zichligi uning uzunlik birligiga, odatda, 100 mm ga to‘g‘ri keladigan ip- lar soni bilan belgilanadi.
Bu ko‘rsatkich haqiqiy zichlik deb ataladi va Zt tanda bo‘yicha, hamda Za — arqoq bo‘yicha deb belgilanadi. Gazlamaning tanda va arqoq bo‘yicha zichligi bir-biridan farq qilsa bunday matolar zichligi notekis gazlama deb ataladi. Bir-biriga teng bo‘lsa, zichligi bir tekis gazlama deb ataladi. Odatda, matolarda tanda bo‘yicha zichligi arqoq bo‘yicha zichligiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Lekin ba’zi matolarda (satin, poplin kabi) aksincha ham bo‘ladi.
Haqiqiy zichlik gazlamani hosil qiluvchi iplaming yo‘g‘onli- giga bog‘liq.
Gazlamalami zichlik bo‘yicha taqqoslash uchun maksimal va nisbiy zichlik tushunchalari kiritilgan.
Gazlamaning maksimal zichligi shunday shartli zichlikki, unda barcha iplaming diametri bir xil va ular bir-biriga bir tekis tegib turadi deb qabul qilingan.
Nisbiy zichlikni ifodalovchi raqam gazlamaning iplar bilan to‘lganlik darajasi haqida tasawur olishga va matoning zichligini taqqoslab ko‘rishga imkoniyat beradi. Nisbiy zichligi yuqori bo‘lgan gazlamalami tikish qiyin, chunki tikish paytida igna iplami uzib yuborishi mumkin. Bunday gazlamalami dazmollash qiyin, chunki zichligi oshib ketsa, gazlama og‘irlashadi, qattiqlashadi. Shuning bilan birga matolarda uzilish va ishqalanishga chidamligi oshadi, havo o‘tkazuvchanligi kamayadi. Nisbiy zichligi kichik bo‘lgan matolar yengil bo‘ladi, havo va bug‘ni yaxshi o‘tkazadi. Ulardan tikilgan buyumlaming choklari puxta bo‘lmaydi. Bunday matolar har tomonga osongina cho‘ziladi, hamda bichish va tikish paytida qiyshayib ketadi.Nisbiy zichlik boshqa so‘z bilan matoning chiziqli to‘l- dirilishi deb ataladi. Nisbiy zichlik Eta (foiz), tanda yo‘nali- shida alohida, arqoq yo‘nalishida alohida quyidagi ifoda yor- damida hisoblanadi:
E=Et+E~0,01E-E.

Download 3,93 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Mavzu Gazlamalarning tuzilishi tarkibi va xossalari

Download 3,93 Mb.