|
- Mavzu: Gazlamalarni hosil kilinishi texnologiyasi haqida ma’lumot
|
bet | 15/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS4- Mavzu: Gazlamalarni hosil kilinishi texnologiyasi haqida ma’lumot.
Reja:
1. Yigirish usullariga ta’rif: Karda usuli, kayta tarash usuli, apparat usuli.
2 . Kalava ip, uninng sifat ko‘rsatkichlari va xossalari,
3. To‘quvchilik nuqsonlari va gazlamalarni pardozlash.
1. Yigirish usullariga ta’rif: Karda usuli, kayta tarash usuli, apparat usuli. Uzunligi cheklangan tolalarni yigirish jarayonida bir-biriga burab ulashdan hosil bo'ladigan mahsulotlarga ip deyiladi.Tolalar massasidan ip olishda bajariladigan jarayonlar yig'indisi yigirish deyiladi. Yigirishda ishlatiladigan tolalar yigiruv tolalari deb ataladi. Ularga jun, paxta, zig'ir, tabiiy ipak chiqindilari, turli shtapel tolalar kiradi.Yigirish usuli, olinadigan ipning xili, yigiruv tolalarining uzunligi va yo'g'onligiga bog'hq bo'ladi. Jun paxta, tabiiy ipakning uzun tolalari taroqli usulda qayta ishlanadi, natijada bir tekis, zich va silhq ingichka ip hosil qhadi. Paxta va junning kalta tolalaridan apparat usulida yo'g'on, bo'sh, yo'g'onligi jihatidan notekis bo'lgan apparat ipi olinadi. Uzunligi o'rtacha paxta va shtapel tolalardan karda usulida o'rtacha yo'g'onlikdagi, taroqli usuldagiga qaraganda notekisroq va dag'akoq karda ipi olinadi.Yigirishda bajariladigan asosiy jarayonlar: tolalarni titish, savash, tarash, tekislash va cho'zish, qisman yigirish, uzil-kesil yigirish.Yigiruv fabrikalariga tolalar 170—250 kg li toylar tarzida presslangan holda keltiriladi.Yuqorida aytib o'tilgan uchala yigirish usuhda ham tolalar titiladi va savaladi. Shunda presslangan tolalar massasi ayrim bo'laklarga ajraladi va qisman tarkibidagi aralashmalardan tozalanadi. Presslangan tolalar bo'laklari titish va savash mashinalarining metall chiviqlari, qoziqlari yoki ignalarining zarbiy ta'sirida bo'sh tolalar massasiga aylanadi.Titilgan va savalgan tolalarni aralashmalardan butunlay tozalash va bo'laklarni ayrim tolalarga ajratish uchun tolalar taraladi. Karda va apparat yigirish usulida tolalar ingichka, o'tkir metall ignalar bilan qoplangan ikki sirt (kordolentalar) orasidan o'tib taraladi. Karda usulida taralgan yupqa tolalar qatlami (vat-ka) voronka orqali o'tib, piltaga aylanadi. Pilta tolalar bog'idan iborat. Apparat usulida taralgan vatka tasmali bo'lgich yordamida juda ko'p mayda bo'laklarga ajratiladi va bo'shgina pilikka aylantiriladi.Taroqli usulda tolalar qo'shimcha ravishda taroqli tarash mashmalaririing taroqlari bilan taraladi, natijada kalta tolalar taroqqa ilinib, faqat uzun tolalardan iborat pilta hosil bo'ladi. Kalta tolalar apparat usulida qayta yigiriladi. Bu usulda olingan ip, odatda, yo'g'on va notekis bo'ladi.Pilta mashinalarida bir necha pilta bitta piltaga birlashtirilib, tekislanadi va cho'ziladi, yo'g'onligi jihatidan bir xil qilinadi. Pilta mashinalari tezligi oshib boradigan bir necha valiklar juft ta'minlangan, pilta shu valiklar orasidan o'tganda asta-sekin ingichkalashadi, tolalari parallelashadi.Pilik mashinalarida tolalar qisman yigiriladi, bunda piltani cho'zish, burash yoki eshish yo'U bilan pilik hosil qilinadi. Pilik mashinalari orqali o'tayotgan pilik borgan sari ingichkalashadi, tolalari to'g'rilanadi va parallellanadi (zig'ir bitta, paxta 1—2 ta, dag'al jun 4—5 ta, mayin jun 6—7 ta mashinadan o'tadi).Shundan keyin pillikni yigiruv mashinalarida uzil-kesil cho'zib, burab ip hosil qilinadi. Zichroq va ingichkaroq zig'ir ipi olish uchun pilik qaynoq suvli vannadan o'tkaziladi. Qaynoq suv pekiin moddalarni yumshatadi. Boshqa tolalar (paxta, jun, tabiiy ipak chiqindilari, shtapel tolalar) ho'llanmay yigiriladi. So'nggi yillarda urchuqsiz yigirish usuh rivojlanmoqda.Yigirish jarayoniga kiradigan jarayonlar soni yigirish usuhga bog'hq. Apparat usuh eng oddiy usul hisoblanadi, chunki unda pilta va pillikni ishlash jarayonlari bo'lmaydi, ular taralgandan so'ng to'g'ridan-to'g'ri yigiriladi. Taroqli usul eng murakkab usul hisoblanadi, chunki tolalarni taroq bilan qo'shimcha tarashga tayyorlash va taroqli mashinalarida tarashga to'g'ri keladi. Karda usuli oson yoki qiyinligi jihatidan oraliq holatni egallaydi. U umumiy yigirish bosqichlaridagi barcha jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Eng uzun va dag'al jun tolalari dag'al taroqli yigirish usulida yigiriladi. Bunda ip zich va qattiq bo'Ub chiqadi. O'rtacha uzunlikdagi mayin jun tolalari mayin taroqU yigirish usuUda yigiriladi. Bunda biroz tukli mayin ip hosil bo'ladi. O'rtacha uzunlikdagi dag'al va yarim dag'al jun tolalari yarim taroqli yigirish tizimida, ya'ni taroqda tarash jarayonisiz yigirilishi mumkin. Natijada, yarim taralgan, ko'rinishi taralgan ipga o'xshaydigan ip hosil bo'ladi.Ancha kalta jun tolalari apparat usulida yigiriladi. Bunda tolalarning ingichkaligiga qarab, mayin movut ip (ingichka, tukli va yumshoq) yoki dag'al movut ip (yo'g'on va ancha qattiq) olinadi.Junni yigirishda turli tolalarni aralashtirish usuli keng tarqalgan. Apparat yigirish usulida jun aralashmasi tarkibiga tabiiy jun tolalaridan tashqari zavodda tayyorlangan jun, tiklangan jun, paxta, shtapel tolalar kiradi. Bu tolalar tarashdan oldin aralashtiriladi.Taroqli yigirishda jun, sun'iy va sintetik shtapel tolalar qo'shiladi, buning uchun shu tolalarning taralgan piltalari birlashtiriladi. Yigirish usuliga qarab, paxta ip apparat, taroqli va karda ipga; jun ip — apparat, taroqli, yarim taroqli; ipak ip — tabiiy ipakdan yigirilgan taroqli, tabiiy ipakdan yigirilgan apparat; zig'ir ip — quruq yigirilgan va ho'llab yigirilgan, quruq yigirilgan tarandi va ho'llab yigirilgan tarandi iplarga bo'linadi.Tolalarning tarkibiga qarab, ip bir xil tolalardan tashkil topgan bir jinsli hamda, turU tolalardan tashkil topgan aralash xillarga bo'linadi.
|
| |