• Kimyoviy tolalar sun`iy va sintetik xillarga bo`linadi.
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet12/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    Pilla ipining xossalari. Pilla ipining uzunligi 1500 m ga etagi. Pillaning ustki va ichki qatlamlari tortilmaydi, shuning uchun tortilgan ipning o`rtacha uzunligi 600-900 m.
    Pilla ipining uzish yuki 10 kN, nisbiy uzish yuki 27 - 31,5 kN/teks.
    Ipakning uzilishdagi uzayishi 22% ga etagi. To`liq uzayishining taxminan 60 % ini yo`qoluvchi deformatsiya tashkil qiladi. Shuning uchun tabiy ipakdan to`qilgan
    gazlamalar uncha g`ijimlanmaydi.Normal sharoitda tolalarning gigroskopikligi 11 %. Qaynatilgan pilla iplari oq, bir oz sarg`ishroq rangda bo`ladi.
    Kimyoviy turg‘unligi jihatidan tabiiy ipak jundan afzal turadi. Kiyimlarni
    kimyoviy tozalashda ishlatiladigan suyultirilgan kislota va ishqorlar, organik
    erituvchilar tabiiy ipakka ta`sir qilmaydi.
    Tabiiy ipak faqat kontsentratsiyalangan ishqorlarda qaynatilganda eriydi. Fibroin
    seritsinga qaraganda ancha turg‘un oqsil: sovun-sodali eritmalarda qaynatilganda
    seritsin eriydi, fibroin esa erimaydi. Bo`yalgan tabiiy ipak tolalariga suv uzoq ta`sir
    etib turganda ularda oqish dog paydo bo`lib, buyumlarning ko`rkamligini buzadi.
    Ho`l xolatda tabiiy ipakning pishiqligi 5-15% pasayadi.
    Tabiiy ipak tolalari 110S dan yuqori haroratda pishiqligini yo`qotadi. To`g`ri
    tushayotgan Quyosh nurlari ta`sirida ipak boshqa tabiiy tolalarga qaraganda tezroq
    yemiriladi. Quyosh nurlari 200 soat mobaynida tushib turganda ipakning pishiqligi
    50% pasayadi.
    Tabiy ipak xuddi junga o`xshab yonadi yovvoyi ipak qurti (eman kurti) ipagining
    tolasi tut qurti ipagining tolasidan ancha dag`al bo`ladi. Uning pillalari deyarli
    tortilmaydi, shuning uchun faqat kalava ip olishda ishlatiladi.
    Kimyoviy tolalar sun`iy va sintetik xillarga bo`linadi. Sun`iy tolalar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida yog‘och tsellyulozasi, paxta chiqindilari, shisha, metallar va boshqalar, sintetik tolalar ishlab chiqarishda esa gazlar hamda toshko`mir va neftni qayta ishlash maxsulotlari ishlatiladi
    Sun`iy tolalarning kimyoviy tarkibi ular olinadigan dastlabki tabiiy xom ashyoning
    kimyoviy tarkibidan farq qilmaydi. Sintetik tolalar kimyoviy sintez reaktsiyalari
    natijasida, ya`ni past molekulyar moddalar molekulalarini yiriklashtirib, ularni yuqori
    molekulyar birikmalarga aylantirish natijasida olinadi. Bunday tolalar tabiatda tayyor
    holda uchramaydi.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.