• 3- Mavzu : Tabiiy tolalar tasnifi, ular turlarini aniqlash. Reja
  • Barcha tolalar ikki katta guruxga: tabiyi va kimyoviy
  • Paxta tolasi
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet8/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    Nazorat savollari

    1. To'qimachilik tolasi deb nimaga aytiladi?.

    2. Qanday tabiiy tolani bilasiz?

    3. Paxta tolasini necha xil olinish usuli bor?.

    4. Tabiiy ipak nimadan olinadi?.



    3- Mavzu : Tabiiy tolalar tasnifi, ular turlarini aniqlash.
    Reja:
    1) Tolalar xossalarini organoleptik va laboratoriya usuli bilan aniqlash.
    2) Kimyoviy tolalar tasnifi, ularni turlari.
    Paydo bo`lishi, olinishi va kimyoviy tarkibiga qarab, tolalar har xil guruxlarga bo`linadi, ya`ni sinflanadi (1- sxema).

    Barcha tolalar ikki katta guruxga: tabiyi va kimyoviy tolalar guruxiga bo`linadi.
    Tabiatda mavjud bo`lgan tolalar tabiiy deb, zavod sharoitida olinadigan tolalar
    kimyoviy tolalar deb ataladi.
    Tabiiy tolalarga o`simliklardan olinadigan tolalar (tsellyulozali tolalar – paxta,
    zig`ir, kanop losi va hokazo), hayvonot tolalari (oqsilli tolalar – jun, ta biiy ipak) hamda minerallardan olinadigan tolalar (asbest) kiradi.
    Tabiiy tolalarini yorug‘lik va mikroskop yordamida tuzilishini o`rganganda quyidagi o`ziga xos xususiyatlar ma`lum bo`ladi.
    Paxta tolasi – turli daraja yalpoqlangan naychaga o`xshaydi Uning devorchalarini qalinligi tolaning yetilishiga bog`liq. Pishmagan paxta tolalari yassi, lentasimon, yupqa devorli ekanligini va o`rtasida keng kanal borligin i ko`ramiz.
    Tolalar pishgan sari devorlariga tsellyuloza yigiladi va devorlari qalinlashadi, kanali
    torayadi, tolalar buramdor bo`lib qoladi. Pishgan tolalarning bo`ylama ko`rinishi
    spiralsimon, buralgan, yassi naychalardan iborat. Pishib o`tib ketgan tolalar, o`rtasida ingichka kanali bor, tsilindr shaklini oladi.
    Tolalarning ko`ndalang kesimi turli shaklda bo`ladi: pishmagan tolada keskin
    yalpoq, lentasimon shaklda; o`rtacha pishgan va pishgan tolada – loviya shaklida; pishib ketgan tolada – ellips yoqi deyarli doira shaklida.

    rasm. Paxta tolasining mikroskob ostida ko`rinishi.


    a) mutlaqo pishmagan (o`lik ) tola
    b) pishmagan tola
    c) yaxshi pishmagab tola
    d) pishgan tola
    e) pishib o`tib ketgan tola.
    Tolalarning uzunligi bilan yo`g`onligi bir biriga bog`liq, ular paxta naviga qarab
    har xil bo`ladi.
    Kalta tolali paxtani qayta ishlab yo`g`on va tukdor kalava ip olinadi; undan
    bayka, flanel, bumazeya va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. O`rtacha tolali paxtadan
    o`rtacha nomerli ip yigiriladi; undan chit, satin va boshqa gazlamalar to`qiladi. Uzun
    tolali paxtadan eng ingichka va silliq ip yigiriladi; undan sifatli yupqa ip gazlamalar –
    batist, markizet, mayin satin va boshqa gazlamalar tayyorlanadi.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.