|
Kalava ip, uninng sifat ko‘rsatkichlari va xossalari
|
bet | 16/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS2 . Kalava ip, uninng sifat ko‘rsatkichlari va xossalari. Yigirish jarayonida uzunligi cheklangan tolalarni bir – biriga burab ulashdan hosil bo`ladigan iplar kalava ip deb ataladi.Yigirish usuliga qarab, paxta kalava ip apparat, qayta tarash va karda kalava iplariga bo`linadi.
Quruqlayin yigirilgan va ho`llab yigirilgan, quruqlayin yigirilgan tarandi va ho`llab
yigirilgan tarandi kalava iplarga bo`linadi.
Pardozi va bo`yalishiga qarab, kalava ip xom (pardozsiz), oqartirilgan,
bo‘yalgan, merserizatsiyalangan, melanj (rangli tolalar aralashmasidan yigirilgan) va
boshqa xillarga bo`linadi.
Tuzilishiga (konstruktsiyasiga) qarab, kalava ip yakka, pishitilgan, eshilgan va
shakldor xillarga ajratiladi. Yakka kalava ip yigirish jarayonida buralgan ayrim
tolalardan iborat. Yakka kalava ipning burami bo`s hatilganda ayrim tolalarga
ajralib ketadi.
P i sh i t i l g a n k a l a v a i p ikki yoki undan ko`p iplardan burab tayorlanadi.
Bunday kalava ipning burami bo`shatilganda ayrim iplarga ajraladi. Eshi l g a n k a l
a v a i p ikki va undan ko`p iplardan buramasdan tayorlanadi. Sh a k l d o r k a l a
va ip ma`lum tashqi effektli kalava ip (6-rasm) ko`rinishida bo`ladi. Shakldor
kalava ip turli uzunlikdagi iplarni qo`shib burash yo`li bilan olinadi. Armaturalangank a l a v a i p n i n g o`rtasida o`zak bo`lib, unga uzunligi
bo`yicha paxta, jun, zig`ir yoki kimyoviy tolalar o`raladi. Yu q o r i h a j m d o r k a
l a v a ip (cho`ziluvchanligi 30% va undan ortiq) har xil darajada kirish adigan sintetik
shtapel tolalardan tayorlanadi.
Kompleks to`qimachilik iplari uzunasiga qo`shilgan elementar iplarni yelimlab
yopishtirish yoki burash yo`li bilan olinishi mumkin. Pilla iplarini yo p i sh t i r i b
xom ipak olinadi. Bir necha xom ipakni qo`shib yopishtirish yo`li bilan pishitilgan tabiiy ipak tayorlanadi. Pishitishning oddiy (bir necha ipni qo`shib burash) yoki murakkab (pishitilgan bir necha ipni qo`shib burash) xillari bor. Oddiy pishitish usulida Bo`sh pishitilgan ipak – arqoq, pishiq pishitilgan ipak – muslin va juda pishiqpishitilgan ipak – krep olinadi.Murakkab pishitish usulida tanda olinadi.
Monoiplar (yakka iplar) sintetik tollalardan tayorlanadi. Monoiplar ko`pincha
dumaloq kesimli qilib ishlab chiqariladi, lekin yassi, profillangan bo`lishi ham
mumkin.
Monoiplarning qattiqligi, qayishqoqligi va ishlatish soxasi ularning yo`g`oningichkaligiga bog`liq bo`ladi. Eng ingichka monoiplar elimlovchi ip sifatida ishlatilladi; ulardan bluzkabop va ko`ylaklik gazlamalar, trikotaj , noto`qima materiallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yo`g`on monoiplar (kapron tolalar) mienabop gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Profillangan monoiplar juda yaltiroq bo`ladi va To`qimachilik buyumlarini ko`rkamlashtiradi.
|
| |