• Polinoz tola
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet13/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    SUN`IY TOLALAR
    Viskoza tolalarini uzunasiga mikroskop ostiga qo`yib qarasak, bo`ylama chiziqlari ko`p bo`lgan tsilindr shaklida ko`rinadi. Bo`ylama chiziqlar, yigiruv eritmasi notekis qotganda paydo bo`ladi. Tolalarni ko`ndalang kesimi – arrasimon aylana shaklida bo`ladi.Tolalarning uzunligi har xil bo`lishi mumkin.Elementar tolalarning chizikli zichlig‘i 0,27-0,66 teks, ko`ndalang kesimi 25-60 mkm. Viskoza iplarning yo`g`onligi ularni hosil qiladigan elementar tolalarning yo`g`onligi va soniga bog`liq bo`ladi. Tolalarning pishiqligi tsellyuloza molekulalarining joylashuviga bog`liq bo`ladi. Normal viskoza tolalarning pishiqligi tabiiy ipaknikidan past, juda pishiq viskoza tolalarniki esa ancha yuqori. Oddiy tolalarning nisbiy uzish yuki 19,8 kN/teks; juda pishiq tolalarniki 45 kN/teksgacha. Ho`l holatda shiqligi 50-60% gacha pasayadi.
    Normal tolalarning uzishdagi uzayishi 22% ga, juda pishiq tolalarniki 6-10% na
    etadi. To`liq uzayishning anchagina (70%) gacha ulushini qoldiq deformatsiya
    tashkil qiladi. Shuning uchun viskoza tolalardan tayyorlangan buyumlar ancha
    g`ijimlanuvchani bo`ladi.
    Viskoza tolalar keskin tovlanib turadi, sutrang tolalar esa tovlanmaydi.
    Normal sharoitda tolalar tarkibida 11% nam bo`ladi. Viskoza tolalarning
    kimyoviy tarkibi va yonishi paxtaga o`xshaydi, lekin kislotalar, ishqorlar ta`siriga
    sezgirroq bo`ladi va tezroq yonadi. Normal namlikdagi tolalar 120S gacha i sitilganda
    ham xossalari o`zgarmaydi.
    Polinoz tola. Polinoz tola viskoza shtapel tolaning bir xili bo`ib, xossalari jixatidan
    uzun tolali paxta tolalarining xossalariga yaqin turadi.
    Polinoz tolalar ishlab chiqarish jarayoni oddiy viskoza tolalar olish jarayoniga
    o`xshaydi.
    Polinoz tolalar ko`ndalang kesimi bo`yicha strukturasining bir tekisligi jixatidan
    boshqa tolalardan farq qiladi. Polinoz tollalar oddiy viskoza shtapel tolalarga
    qaraganda cho`zilishga pishiqroq bo`ladi, kamroq uzayadi (cho`ziluvchanligi kam),
    qayishqoqligi katta, ho`l holatda pishiqligini kamroq yo`qotadi, ishqorlar ta`siriga
    yaxshiroq chidaydi. Polinoz tolalarning asosiy ko`rsatkichlari: chiziqli zichligi 0,166 -0,126 teks, uzishdagi uzayishi 12-14%, ho`l holatda pishiqligini yo`qotishi 20-25%.
    Rolinoz tolalarning qimmatli xossalari ularni uzun tolali a`lo navli paxta o`rniga
    ishlatishga va viskoza tolalardan tayyorlanadigan buyumlar ishlab chiqarishga imkon
    beradi.
    Ko`ylaklik va plashlik gazlamalar, mayin trikotaj polotnolar, g‘altak iplar ishlab
    chiqarishda polinoz tolalardan sof holda ham, paxta bilan aralashtirib ham
    foydalanish mumkin. Kirishmaydigan va kam kirishadigan gazlamalar ishlab
    chiqarishda uzun tolali paxta o`rniga polinoz tolalarni ishlatish mumkin. Bunday
    tolalardan tayyorlangan buyumlar kirishmaydi, ko`rkam, shoyiga o`xshab tovlanib
    turadi.
    Mis-ammiak tola. Bunday tola paxta tsellyulozasidan tayyorlanadi. Paxta
    momigini mis-ammiak reaktivida eritish yo`li bilan yigiruv eritmasi olinadi. Bunday
    tola ho`l usulda olinadi; cho`ktirish vannasiga suv yoki kuchsiz ishkor solinadi.
    Mis-ammiak tolaning ko`ndalang kesimi deyarli dumaloq, bo`ylama ko`rinishi
    tsilindr shaklida. Viskoza tolalarga qaraganda ingichkaroq, mayinroq, kamroq
    tovlanadi va ho`l holatda pishiqligini kamroq (40-50%) yuqotadi. Mis-ammiak
    tolalarning kimyoviy xossalari va yonishi viskoza tolalarnikiga o`xshaydi.
    Mis-ammiak tolalar uncha ko`p ishllatilmaydi, chunki viskoza tolalarni ishab
    chiqarishga qaraganda ularni ishlab chiqarishga ko`proq mablag sarflanadi.
    Atsetat tolaning tuzilishi viskoza tolaning tuzilishiga o`xshaydi, ammo unda chiziqlar
    kamroq bo`ladi
    Atsetat tolaning kimyoviy tarkibi kimyoviy bog`langan tsellyulozadan iborat,
    shuning uchun ularning xossalari viskoza va mis-ammiak tolalarning xossalaridan farq qiladi .Normal atsetat tolaning pishiqligi viskoza tolaning pishiqligidan bir oz pastroq. Normal atsetat tolaning nisbiy uzish yuki R=10,8-13,5 kN/teks. Ho`l holatda 3-% gacha pishiqligini yo`qotadi.
    Uzishdagi uzayishi 22-30% gacha etadi. Atsetat tolaning qayishqoqligi viskoza va
    mis-ammiak tolanikidan ancha katta. Shuning uchun atsetat gazlamalar kamroq
    gijimlanadi.
    Atsetat tolalarning gigroskopikligi 6-8% . Ular spirt va atsetonda eriydi, 140So
    gacha qizdirilganda suyuqlanadi (boshqa barcha o`simlik tolalari kuchli qizdirilganda
    ko`mirga aylanadi).
    Tolalar sariq alanga chiqarib sekin yonadi. Natijada tolaning uchi dumaloqlanib
    qotib qoladi. Atsetat tolalarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular
    ultrabinafsharang nurlarni o`tkazadi.
    Uchatsetat tola. Uchatsetat tola butunlay atsetillangan tsellyulozadan ishlab
    chiqarilishi bilan atsetat toladan farq qiladi.
    Juda qayishqoqligi, pishiqligi (R=11-12 kN/teks), atsetonga chidamliligi bilan
    atsetat toladan ustun turadi.
    Uchatsetat tolalarning gigroskopikligi pastroq (32%), ho`l holatda pishiqligini
    kamroq (17-20%) yo`qotadi. Bunday tolalar 170So
    gacha qizdirishga chidaydi.
    Uchatsetat va atsetat tolalar gazlamalar va trikotaj buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.