• Bosiluvchanlik – bosish jarayonida junning kigizsimon to`shama hosil qilish xususiyati.
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet11/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    Jun tolasining xossalari. Jun tolalarining uzunligi 20 dan 450 mm gacha. Uzunligi
    jixatidan bir jinsli jun qisqa tolali (55 mm gacha) va uzun tolali (55 mm dan uzun)
    xillarga bo`linadi.
    Junning buramdorligi (jingalakligi) 1 sm tolaga to`g`ri keladigan buramlar
    soni bilan ifodalanadi. Tola qancha ingichka bo`lsa, 1 sm tolaga shuncha ko`p buram
    to`g`ri keladi. Buramning balandligiga qarab, jun normal, yuqori va qiya buramli
    xillarga bo`linadi.
    Yuqori buramli kalta tolali jun yo`g`on va tukli apparat tizimida olingan ipi (movut
    ip) tayyorlash uchun ishlatiladi.
    Qiya buramli uzun tolali jundan ingichka va silliq taralgan ip tayyorlashda
    foydalaniladi.Junning yo`g`onligi (ingichkaligi) tolaning tipiga bog`liq bo`ladi hamda kalava ip va gazlamalarning xossalariga katta ta`sir qiladi. Momiqning ingichkaligi 30 mkm gacha, dag`al tolaniki – 50-90 mkm, o`lik tolaniki – 50-100 mkm va bundan ingichka bo`ladi.
    Jun tolalarining pishiqligi ularning yo`g`onligi va tuzilishiga bog`liq. Masalan, o` lik
    tola yo`g`on, lekin bo`sh bo`ladi. Ingichkaligi 20 mkm bo`lgan momiq tolalarning uzish yuki 7 kN, ingichkaligi 50 mkm bo`lgan dag`al tolalarniki esa 30 kN gacha.
    Quruq-tolalar uzilish paytida 40% uzayadi. To`liq uzayishining ancha (7% gacha)
    ulushini qayishqoq va yuqori elastik defoormatsiyalar tashkil qiladi, shuning uchun
    jun buyumlar uncha g`ijimlanmaydi va ko`rinishini yaxshi saqlaydi.
    Mayin junli qo`y juni oq, bir oz sarg`ish; dag`al va yarim dag`al jun kulrang, malla,
    qora rangda bo`lishi mumkin.
    Junning tovlanuvchanligi tangachalarning o`lchami va shakliga bog`liq bo`ladi.
    Zich yotgan yirik tangachalar junni ancha tovlantiradi. Mayda va tolalardan ko`chgan
    tangachalar uni xiralashtiradi.
    Bosiluvchanlik – bosish jarayonida junning kigizsimon to`shama hosil qilish
    xususiyati. Ingichka, qayishqoq, serburam junning bosiluvchanligi yuqori bo`ladi.
    Normal sharoitda mayin junning namligi 18%, dag`al junniki – 15%. Boshqa
    tolalarga nisbatan junning gigroskopikligi yuqori: u namni sekin shimib, sekin
    ketkazadi. Issiqlik va namlik ta`sirida tola 60% gacha va undan ham ko`p
    uzayadigan bo`lib qoladi. Ho`llab dazmollaganda cho`ziluvchanligi o`zgartirish va
    kirishish xususiyatiga ega bo`lgani uchun junni dazmollab qisqartirish, cho`zish,
    dekatirovka qilish mumkin.
    Jun yondirilganda tolalar bir-biriga yopishib qoladi, alangadan chiqarilganda yonishdan to`xtaydi, tolalarning uchlari dumaloqlanib, qorayib qoladi, kuygan pat hidi keladi.
    Ipak – pillani chuvatish natijasida olinadigan iplar.
    Pilla iplari – ikki, bir-biriga parallel joylashgan elementar iplardan tashqi
    topgan. Elementar iplar (fibroindan tashkil topgan) seritsin qatlamibilan bir -biriga yelimlangan (4-rasm). Pilla ipining ko`ndalang kesimi ikkita aylanma burchakli uchburchak va ularni qoplagan seritsin qatlamidan tashkil topgan.
    Pillalarni chuvatganda, bir nechta pilla iplari elimlanib, bitta ip hosil qiladilar.

    4-rasm. Ipak tolasi


    Bu ipni – xom ipak deydilar.

    Download 3,93 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.