Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




Download 3,93 Mb.
bet9/54
Sana12.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#135716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
MARUZA MATERIALSHINOS

Paxta tolasining xossalari. Tolalarning pishiqligi ularning pishganlik darajasiga
bog`liq. Normal pishgan tola uchun o`rtacha uzish yuki 5 kN, nisbiy uzish yuki 27 -36
kN/teks, tolalarning uzishdagi to`liq uzayishi 7-8%. To`liq uzayishning taxminan
50% ini plastik deformatsiya tashkil qiladi. Shuning uchun ip gazlama ancha
g`ijimlanuvchan bo`ladi. Paxta tolasining rangi oq, biroz sariq.
Paxtaning gigroskopikligi ancha yuqori. Paxtaning namligi namlik, harorat
sharoitiga va ifloslanganlik darajasiga bog`liq. Normal sharoitda (hararat 200 C va havoning nisbiy namligi 65%) pishgan tolalarning namligi 8-9% bo`ladi.
Havoning nisbiy namligi oshgan sari paxtaning namligi ham oshadi va havoning
namligi 100% bo`lganda 20% ga yetagi. Paxta namni tez shimadi va tez ketkazadi,
ya`ni tezquriydi. Paxta tolasi suvga botirilganda shishadi, shunda uzishga pishiqligi
15-17% oshadi.
Paxtaga kislota va ishqorlar ta`sir etadi. Paxta kislotaga chidamsiz. U hatto suyultirilgan kislotalar ta`sirida ham yemiriladi, kislotalar uzoq ta`sir qilib turgan ip gazlama qurigandan keyin pishiqligi shunchalik pasayib ketagiki, hatto papiros qog`ozidek yirtilib ketaveradi.
Kontsentratsiyalangan sulfat kislota tolani ko`mirga aylantiradi.
Sovuq o`yuvchi ishqorlar tolalarni shishiradi, ularning buramdorligi yo`qoladi,
sirti silliqlashadi, ipakka o`xshab tovlanadi, pishiqligi oshadi, bo`yaluvchanligi
yaxshilanadi.
Gazlamalarga maxsus pardoz berishda, ya`ni merserizatsiyalashda bu xossadan foydalaniladi. Qaynoq o`yuvchi ishqorlar havo kislorodi ishtiroqida paxta tsellyulozasini oksidlantiradi va tolalarning pishiqligi ni pasaytiradi.
Mis-ammiak reaktivi, ya`ni mis gidrooqsidning navshadil spirtdagi eritmasi ta`sirida paxta tolalari eriydi.
Agar hosil bo`lgan eritmaga suv qo`shilsa, navshadil spirtning kontsentratsiyasi pasayadi va tsellyuloza massasi kolloid eritma tarzida cho`kadi. Paxta tsellyulozasining mis-ammiak reaktivida erish va so`ngra eritmadan ajralish
xossasidan mis-ammiak tolalari olishda foydalaniladi.
Barcha organik tolalar kabi paxta ham yorug‘`lik ta`sirida pishiqligini asta-sekin
yo`qotadi. Quyosh nuri 940 soat ta`sir qilib turganda tolalarning pishiqligi 50%
pasayadi. 1500 C haroratda quruq paxta tolalarining xossalari o`zgarmaydi, hararat bundan oshganda bir oz sarg`ayadi, so`ngra qo`ng`ir tusga kiradi va 2500 C da ko`mirga aylanadi.
Paxta tolalari sarg`ish alanga berib yonadi va to`liq yonib kulrang qo‘l hosil qiladi. Tolalar kuydirilganda ulardan kuygan qogoz hidi keladi.

Download 3,93 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

Download 3,93 Mb.