|
Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati
|
bet | 17/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSKALAVA IPLARNING XOSSALARI
Kalava ip va iplarning standartlarda belgilanadigan xossalariga chiziqli zichligi,
pishitilishi, pishiqligi, cho`ziluvchanligi, tekisligi kiradi. Kalava ip va iplarning
chiziqli zichligi tolalar kabi teks qiymati bilan belgilanadi va quyidagicha aniqlanadi.
T= m / L
Bu yerda: m - tolaning massasi , g;
L – tolaning uzunligi, km.
Kalava ipning yo`g`onligi teks sistemasida 1000 m ipning grammda o`lchanadigan
massasi bilan aniqlanadi.
Teksning son qiymati qancha katta bo`lsa, ip shuncha yo`g`on bo`ladi.
Karda usulida paxtadan olingan shtapel va aralash kalava ipning chiziqli zichligi 12-85 teks, qayta tarash usulida ingichka jundan olingan yakka hamda aralash kalava
ipning chiziqli zichligi 16-41 teks, qayta tarash usulida yarim dag`al va dag`al jundan
olingan kalava ipning chiziqli zichligi 28-85 teks, zig‘irdan olingan kalava ipning chiziqli zichligi 18-300 teks. Apparat usulida paxtadan olingan kalava ipning chiziqli zichligi 85-250 teks, mayin jundan olinganniki 50-170 teks, dag`aljundan olinganniki 125-670 teks.
Kalava iplarning chiziqli zichligi va nomeri kalava ipni (ipni) tarozida tortib yoki
maxsus tarozi – kvadrantda aniqlash mumkin.
Kalava ip (ip)ning pishitilganligi 1 m kalava ip (ip)ga to`g`ri keladigan o`ramlar soni bilan ifodalanadi.
Pishitilgandigi oshishi bilan kalava ip silliqroq, pishiqroq, qayishqoqroq bo`ladi.
Ma`lum darajagacha pishitilgandan so`ng kalava ipning pishiqligi pasaya boshlaydi, ana shunday pishitish kritik pishitilganlik deb ataladi.
Iplar o` n g t o m o n g a v a ch a p t o m o n g a burab pishitilishi
mumkin. O`ng qo`l bilan o`zimizdan nariga burab pishitilgan iplar o`ng pishitilgan hisoblanadi.
O`ng pishitish lotincha Z harfi bilan, chap pishitish esa S harfi bilan belgilanadi .
Kalava ip va iplarning cho`zilishidagi pishiqligi xuddi tolalarning pishiqligi kabi
ularni uzish uchun etarli minimal yuk bilan ifodalanadi. Pishiqligini aniqlash uchun
namunani uzish mashinasida cho`zib qurish kerak. Bunda bir ipning yoki uzunligi 100
m li kalavaning uzilishga pishiqligini aniqlash mumkin.
Kalava ipning cho`ziluvchanligi dinamometrga uzilishga pishiqligini aniqlash
paytida aniqlanadi. Cho`ziluvchanlik uzilish paytida ipning uzayishi bilan ifodalanadi
va ipning tola tarkibi, nomeri, pishitilganligiga bog`liq bo`ladi.
Notekislik deganda kalava ip va iplarning yo`g`onligi, pishitilishi, pishiqligi
hamda uzayishi bo`yicha bir tekis emasligi tushuniladi. Notekislilikni aniqlash
uchun kalava ipni laboratoriyada saqlanadigan etalon ( namuna ) bilan solishtirib
ko`riladi, shuningdek, ko`rsatkichlarni tegishli asboblarda bir necha marta o`lchab
va tegishli formulalarga qo`yib, notekislilik protsenti xisoblab topiladi.
|
| |