|
Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati
|
bet | 5/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSTo'qimachilik tolasi deb, egiluvchan, ma'lum uzunlik va mustahkamlikka ega bo'lgan, ko'ndalang kesim yuzasi kichik, to'qimachilik mahsulotlarini olish uchun ishlatish mumkin bo'lgan jismga aytiladi.
Bo'ylamasiga shikastlanmasdan bo'linmaydigan to'qimachilik tolasiga tanho tola deb ataladi.
Bir necha tanho tolalarning bo'ylamasiga qo'shilishidan hosil bo'lgan tolalarni birikkan (kompleks) tola deb ataladi.
Tolalar tarkibi va olinish usullariga ko'ra tabiiy va kimyoviy tolalarga bo'linadi. To'qimachilik tolalarining sinflanishi 1-rasmda berilgan.
Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi to'qimachilik tolalari kiradi.
Tabiiy organik tolalar o'simliklarning urug'i va mevasidan (paxta, koyr, kapok), poyasidan (zig'ir, jut, kanop va hokazolar), barglaridan (yukka, abaka, manilla) olinadi. Tabiiy organik tolalar tarkibiga qo'y, echki, tuya va boshqa Irayvonlarning terisi ustidagi tuk qoplamasidan olinuvchi jun tolalari hamda tut va eman qurdarining bezlari ishlab chiqaradigan tabiiy ipak kiradi.
Tabiiy noorganik tolalarga toshpaxta (asbest) tolasi kirib, u tog' jinslari birikmalaridan ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalarga tabiiy yoki sintez yo'li bilan olingan yuqori molekulah birikmalarni kimyoviy usulda ishlov berish asosida olinadigan tolalar kiradi.
Xuddi tabiiy tolalardek, kimyoviy tolalar ham organik va noorganik moddalardan iborat bo'ladi. Organik kimyoviy tolalar sun'iy va sintetik tolalarga bo'linadi.
Agar tola tabiatda mavjud bo'lgan yuqori molekulah* birikma-lardan olinsa, u sun'iy tola deb ataladi.
Agar tola olish uchun ishlatiluvchi yuqori molekulah birikmalarni oddiy moddalarni sintezlash yo'h bilan olinsa, bunday tolalar sintetik tola deb ataladi.
Sun'iy kimyoviy tolalarga selluloza va uning efirlaridan olinuvchi viskoza, mis-ammiak va atsetat tolalari hamda oqsil moddalardan olinuvchi kazein, zein va hokazolar kiradi. Sintetik kimyoviy tolalarning assortimenti juda keng bo'lib, ularga poliamidlardan olinuvchi kapron, anid, enant; poliefirdan — lavsan; pohakrilnitrildan — nitron; pohvinilxloriddan — xlorin; polivinil spirtidan — vinilon; poliuretandan — spandeks; poholefindan — polipropilen, polietilen tolalari va shularga o'xshash bir qator tolalar kiradi.
Noorganik kimyoviy tolalarga metall va shishadan olinuvchi tolalar kiradi.
|
| |