|
Tabiiy tolalar paxta, zig‘ir, jun, ipak
|
bet | 6/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSTabiiy tolalar paxta, zig‘ir, jun, ipak..
Paxta — g'o'za deb ataladigan o'sirrilikurug'irii (chigitni) qoplab turadigan ingichka tolalar bo'lib, o'rta tolali paxta tolasining uzunligi 26 — 35 mm, chiziqli zichligi 0,17—0,22 teks, uzun tolali paxta tolasining uzunligi 35—50 mm, chiziqli zichligi 0,13—0,15 teks.
Paxta tolasining olinishi. Paxta tolasi 4 xil o'simlikning botanik turidan olinadi.
1. O'rta tolali g'o'za;
2. Uzun tolali g'o'za;
3. O'tsimon g'o'za;
4. Daraxtsimon g'o'za.
Bu g'o'zalardan olingan paxta tolalari bir-biridan uzunligi, nisbiy mustahkamligi, yo'g'onligi va pishib yetilish muddati bilan farq qiladi. Tolaning ikkinchi qatlami sellulozadan tashkil topgan bo'lib, tolaning asosiy qatlami hisoblanadi, chunki uning xossalari shunga bog'liq. Uchinchi qatlam tolaning o'zagida joylashgan bo'lib, u protoplazmadan iborat va tola ichida bo'shliq hosil qiladi.
Paxta tolasining rivojlanishi ikkita davr ichida bo'lib o'tadi. Birinchi davr 25-30 kun davom etadi. Bu davrda tolalar bo'y-lamasiga o'sadi va oxirida o'zining maksimal uzunligiga yetadi. Ikkinchi davr ham 25—30 kun davom etib, tola pishib yetiladi. Tolaning pishgan-pishmaganligi uning tarkibidagi selluloza miqdori bilan ifodalanadi. Tolaning ichida selluloza qancha ko'p yig'ilgan bo'lsa, tola shuncha yaxshi pishadi va diametri o'zgarmaydi. Ichki bo'shliq diametri esa kamayadi. Tolaning pishganlik koeffitsientini topishda tashqi diametrining ichki diametriga nisbati olinadi. Tola mutlaqo pishhmagan bo'lsa, bu koeffitsient 1,05 ga va eng pishgan tolada 5 ga teng.
Zig'ir. Zig'ir tolasi zig'ir o'simligining poya po'stlog'idan olinadigan tolalar guruhiga mansubdir. Zig'ir bir yillik ko'katsimon, balandligi 100 sm gacha, yo'g'onligi 0,8-1,4 sm ga teng bo'lgan o'simlik hisoblanadi, hamda ulardan olinadigan tolalar yakka va texnik tolalarga bo'linadi. Yakka tolalarning uzunligi 2 mm dan to 60 mm gacha bo'ladi. Ular lignin va pektin moddalari yordamida birikib texnik tolalarni hosil qiladi. Bitta texnik tola 10—40 ta yakka toladan tashkil topgan.
Yakka tolalar ikkala uchi berk urchuqsimon ko'rinishda bitta o'simlik hujayrasidan iborat. Ko'ndalang kesimi oval yoki ko'p qirrali ko'rinishda bo'ladi. Buning tuzilishida uchta qat-lam ishtirok etadi (6-rasm): kutikula, selluloza va bo'shqa-lar.
Zig'ir tolalarining rangi och kulrangdan to'q kulranggacha bo'ladi. Zig'ir o'ziga xos tovlanib turadi, chunki tolalarning sirti silliq bo'ladi.
Me'yoriy sharoitda zig'irning gigroskopligi 12 foiz. Zig'ir namni tez shimadi va tez o'zidan ketkazadi. Issiqni ham tez o'tkazadi. Zig'irning bunday qimmatli gigiyenik xossalari undan olingan gazlamalardan yozgi kiyimlar tikishga keng imkoniyat beradi.
Yakka tolaning nisbiy uzish kuchi 54—72 sN/teks, cho'zilish-dagi uzayishi esa 1,5-2,5 foiz, ya'ni paxtanikidan 3-5 marta pastdir. Tolalar orasida joylashgan pektin va lignin moddalari yog'ochlik xususiyatini beradi. Shuning uchun zig'irdan qilingan qat gazlamalar buyumning shaklini yaxshi saqlaydi. To'liq uzayishda plastik qismiga 60—70 foiz to'g'ri keladi. Shuning uchun zig'ir tolalaridan to'qilgan gazlamalar ancha g'ijimlanuvchan bo'ladi. Bunga qaramay, zig'ir tolasidan bir qator ko'ylak va kostumbop gazlamalar ishlab chiqariladi, shu bilan birgalikda, zig'irdan choyshab, dasturxon, sochiq va ichki kiyimlar uchun ishlatiluvchi gazlamalar ham olinadi.
|
| |