|
Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati
|
bet | 10/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOSZig`irning elementar tolasi o`rtasida tor kanali va yo`g`onlashgan tirsaksimon
joylari bo`lgan o`simlik hujayrasini tashkil qiladi. Tolaning uchlari o`tkir, kanali esa
ikki tomonidan berk bo`ladi (2-rasm).
Ko`ndalang kesimida - o`rtasida kanali bor, 5-6 yoqli ko`pburchakdan iborat.
Elementar tolalarning uzunligi 15-25 mm bo`ladi. Zig`ir poyasidan, dastlabki ishlov
berganda texnik tolalarni ajratadilar.
Texnik tola – maxsus moddalar (pektin va legnin) bilan o`zaro yelimlangan
elementar tolalarning tutamidan tashkil topgan bo`ladi. Texnik tolaning o`rtacha
uzunligi 35-90 mm bo`ladi.
Zig`ir tolasining xossalari. Elementar tolaning pishiqligi 0,98-24,52 kN ga teng uzish yuki bilan ifodalanadi, ya`ni zig`ir tolalari paxtadan 3 -5 marta pishiqroq.
Texnik tolaning uzish yuki 200-400 kN. Elementar tolaning nisbiy uzish yuki 54-72
kN/teks, uzishdagi uzayishi esa 1,5-2,5%, ya`ni paxtanikidan 3-5 marta kichik.
Shuning uchun zig‘irdan qilingan qotirmalik gazlamalar ip gazlamada qaraganda
buyumning shaklini yaxshiroq saqlaydi. Nisbatan kichik (uzuvchi kuchning 35%
chamasi) kuch ta`sir qilganda ham qoldiq deformatsiya ulushi 60-70% ga to`g`ri
keladi. Shuning uchun zig`ir tolalaridan to`qilgan gazlama va buyumlar ancha
g`ijimlanuvchan bo`ladi.
2 – rasm. Zig`ir elementar tolasining mikroskop ostida
ko`rinishi.
a) tashqi ko`rinishi va ko`ndalang
kesimi;
bo`ylama kesimi.
Zig`ir tolalarining rangi – och kulrangdan to`q kulranggacha. Zig`ir o`ziga xos
tovlanib turadi, chunki tolalarning sirti silliq bo`ladi. Zig`irning fizik -kimyoviy
xossalari paxtaning xossalariga yaqin. Normal sharoitda zig`irning gigroskopikligi
12%. Zig`ir namni tez shimadi va tez ketkazadi. Suv ta`sirida elementar tolalarning
pishiqligi oshadi, texnik tolalarniki esa pasayadi, chunki pektin moddalar yumshab,
ayrim tolalar dastasi orasidagi bog`lanish bo`shashadi. Zig`irning o`ziga xos
xususiyatlaridan biri issiqni yaxshi o`tkazuvchanligidir. Shuning uchun zig`ir tolalari
paypaslab ko`rilganda barmoqlarga sovuq unnaydi.
Zig`irning bunday qimmatli gigienik xossalari, ya`ni gigroskopikligi yaxshiligi,
namni tez shimib, tez bug‘`latib yuborishi, issiqni yaxshi o`tkazishi undanko`plab
yozgi kiyimlar tikishga keng imkon beradi.Zig`irga kislota va ishqorlarning ta`siri xuddi paxta ta`siriga o`xshaydi. Zig`ir tolalarini bo`yash va oqartirish paxtani bo`yash va oqartirishga qaraganda qiyinroq. Bunga sabab shuki, zig`irning tabiiy rangi intensiv, tolalari esa qalin devorli va tor tutash kanalli bo`ladi. Zig`ir tolalarini merserizatsiyalash uncha samara bermaydi, chunki ular tabiiy tovlanib turadi.
Zig`ir tolalari sovun-soda eritmalari (kuchsiz ishqor eritmalari)da qaynatilganda pektin moddalar eriydi. Tolalar ochroq, mayinroq bo`lib qoladi, texnik
tolalarning pishiqligi pasayadi.
Qizigan metall sirt (dazmol) ta`siriga zig`ir yaxshi chidaydi, chunki gigroskopikligi paxtanikiga qaraganda yuqori.Quyosh nurlari 990 soat mobaynida to`g`ri tushib turganda zig`irning pishiqligi 50% pasayadi, ya`ni uning yorug‘`likka chidamliligi paxtaga nisbatan bir oz yuqoriroq. Zig`ir xuddi paxtaga o`xshab yonadi
.Jun tolasi – yo`g`onligi va tuzilishiga qarab, 3-rasm. Jun tolalarning mikroskop ostidagi ko`rinishi.
jun tolalari quyidagi tiplarga bo`linadi:
-momiq,
-oraliq tola,
-dag`al to`q va
- o`lik tola
a) momiq, b)oraliq tuk, v) dag`al tuk, g) o`lik tola, 1- tangachali qatlam, 2 –
qobiq qatlam, 3- o`zak qatlam.
Momiq – eng ingichka buramdor (jingalak) tola bo`lib, ko`ndalang
kesimi doira shakliga ega. Momiq ikki qatlamdan: tashqi –tangachali va ichki qobiq
qatlamlaridan tashkil topgan. Tangachali qoplam bir-birini orasiga o‘rnatilgan,
chetlari notekis bo`lgan xalqachalar (tangchalar)dan tashkil topgan. Qobiq qatlam –
duksimon.Oraliq tolada - tangachali va qobiq qatlamdan tashqari, yana uchinchi
qatlami bor – o`zak. Bu qatlam tolasining o`rtasida bo`lib, uzuq-uzuq joylashadi.
Bo`sh o`zak qatlami– kirib qolgan plastinkali hujayralardan tashkil topgan.
Hujayralar oralig/i havo, moy va boshqa moddalar bilan to`ldirilgan.
Dag`al tuk - momiqsimon ancha dag`alva yo`g`onroq bo`lib, deyarli buramdor
(jingalak) bo`lmaydi. U uch qatlamdan: plastinasimon tangachali q atlam, qobiq va yaxlit, yaxshi rivojlangan o`zak qatlamidan tashkil topgan.
O`lik tola – eng dag`al, yo`g`on va buramlari (jingalak) bo`lmagan tola. Uni
tangachali qatlami katta-katta plastinkalaridan tashkil topgan. Qobiq qatlami tor
doirasimon, o`zak esa juda rivojlangan bo`ladi.
Dag`al tuk va o`lik tolaning ko`ndalang kesimi noto`g`ri oval shaklida bo`ladi.
Junni yigirish jarayoni uchun jun tolalarining uzunligi va buramdorligi katta rol
o`ynaydi.
|
| |