|
Gazlamalarning tolaviy tarkibi, o‘ngi va teskarisini, tanda va arqoq iplarini zichligini aniqlash
|
bet | 23/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS2.Gazlamalarning tolaviy tarkibi, o‘ngi va teskarisini, tanda va arqoq iplarini zichligini aniqlash
Bichish jarayonida bo`ylama ip yo`nalishini albatta xisobga olish kerak. Agar tanda
ipi qiyshiq yotgan bo`lsa, tikilayotgan buyum qismlarining shakli buzilib chiqadi va
har xil tuslilik paydo bo`ladi. Ayniqsa, andazalar orasidan chiqqan laxtaklardan mayda
qismlar bichishda tandani to`g`ri aniqlash juda muximdir.
Gazlamada tanda yo`nalishini aniqlashga imkon beradigan asosiy alomatlar:
Tanda doimo gazlama chetiga parallel ketadi;
Agar gazlamada tarama tuklar bo`lsa, tukning yo`nalishi tandaning yo`nalishiga
mos keladi;
Agar gazlamani qo`lda cho`zib ko`rilganda gazlamani hosil qiladigan
sistemalar bir xilda cho`zilmasa, odatda, kamroq cho`ziladigan sistema tanda
bo`ladi(elastik gazlamalar, teksturalangan iplardan to`qilgan gazlamalar, kreplar
bundan mustasno bo`lishi mumkin);
Siyrak gazlamalar yorug‘ga solib ko`rilg+anda tanda har doim arqоqqa qaraganda
tеkisroq va to`griroq yotagi;
Tandaning yo`nalishi gazlama yo`llari hamda rangi yoki yo`g`onligi jixatidan
ajralib turadigan tanda iplari yo`nalishiga mos keladi;
Yarim shoyi gazlamalarda tanda , odatda, ipakdan bo`ladi;
Yarim jun gazlamalarda tanda, odatda, paxta tolasidan bo`ladi (formalar tiqiladigan
yarim jun gabardinlar bundan mustasno, ularning tandasi aralash jundan, arqog‘i paxta
tolasidan bo`ladi);
Ip gazlama va jun gazlamalarda sistemalardan biri pishitilgan, ikkinchisi esa
yakka ip bo`lsa, odatda tanda pishitilgan ipdan bo`ladi;
Shoyi gazlamalarda ip sistemalaridan biri pishitilmagan ipak, ikkinchisi shoyikrep bo`lsa, odatda, tanda pishitilmagan ipakdan bo`ladi.
O`ngining pardozlanishiga qarab, gazlamalar silliq, tukli, tarama tukli va
bosilgan xillarga bo`linadi. O`rilish naqshi aniq bilinib turadigan gazlamalar silliq
gazlamalar deyiladi. Pardozlash jarayonida silliq gazlamalarning o`ngidagi tuklar
kuydiriladi. Tukli o`rilishda to`qiladigan va o`ng sirtida tik turadigan qirqma tuklari
bo`lgan gazlamalar tukli gazlamalar deyiladi (masalan, baxmal, velyur, duxoba, ip
duxoba va hokazo). O`ng sirtida tarab hosil qilingan tuklari bo`lgan gazlamalar
tarama tukli gazlamalar deyiladi (masalan, bobriklar, «Velyur » drapi, tukli paltolik
gazlamalar va hokazo). Pardozlash jarayonida bosiladigan va o`ng sirtida kigizga
o`xshash to`shamasi bo`lgan gazlamalar bosilgan gazlamalar deyiladi (shinellik
movut, ba`zi paltolik gazlamalar).
Gazlamalarning o`ng va teskari sirtlariga berilgan pardozni hamda sirtining
xilini taqqoslab, gazlamalarni bir xil tomonli va har xil tomonli xillarga bo`lish
mumkin. Ikkala tomonidan bir xil ko`rinishga ega bo`lgan gazlamalar b i r x i l t o
m o n l i g a z l a m a l a r deyiladi. Masalan, paxta ipdan to`qilgan garus
gazlamasi, shuningdek, polotno o`rilishli guldor silliq gazlamalarning ko`pchiligi bir
xil tomonli gazlamalardir. X a r x i l t o m o n l i g a z l a m a l a r o`ngi ikkita
va o`ngi bitta xillarga bo`linadi. O`ng va teskari sirtlari ikki xil, lyokin ikkala
tomonidan foydalanish mumkin bo`lgan gazlamalar o`ngi ikkita gazlamalar deyiladi.
Bunday gazlamalardan tikilgan buyumlarni ag‘darib tikish mumkin.
Faqat o`ng tomonidan foydalaniladigan, teskari tomonidan foydalanilmaydigan
gazlamalar o`ngi bitta gazlamalar deyiladi (masalan, baxmal, ip duxoba va hokazo).
Gazlamaning o`ngi va teskarisini aniqlashda uning nimaga ishlatilishi, tuzilishi
va pardozini xisobga olish kerak.Gazlamaning o`ngi va teskarisini aniqlashga imkon
beradigan alomatlar:
- Gul bosilgan gazlamalarning o‘ngida gullar erkinroq bo`ladi;
- Silliq gazlamalarning teskarisi tukliroq bo`ladi, chunki o‘ngidagi tuklari
kuydiriladi; gazlamaning tukliligini sezish uchun uni enidan yoruqqa so lib ko`rish
kerak;
-To`qish paytida hosil bo`lgan ayrim nuqsonlar (tugunchalar, xalqachalar)
teskari tomonida bo`lishi mumkin, shuning uchun gazlamaning o`ngida nuqsonlar
kamroq bo`ladi;
- Sarja o`rilishli gazlamalarning o`ngida yo`llar chapdan o`ngga qarab pastdan
yuqoriga ketadi;
- Odatda, eng qimmat iplar gazlamaning o`ngiga chiqariladi ( masalan, yarim
jun gazlamalarning o`ngida jun ip, yarim shoyi gazlamalarning o`ngida esa shoyi iplar
bo`ladi);
- Agar o`rilish naqshi gazlamaning ikki tomonida ham bir xil bo`lsa o`ngidagi
naqsh aniqroq bilinadi;
- Draplar va tukli movutning o`ngidagi tuklar bir tеkis, teskarisidagi tuklar esa
pala-partish bo`ladi.
|
| |