• Chang oluvchanlik
  • Gazlamaning koloriti
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet26/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    Suv o`tkazuvchanlik – gazlamaning suv sizib kirishiga qarshilik ko`rsatish
    xususiyati. Suv o`tkazuvchanlik maxsus gazlamalar (brezentlar, palatkalar,
    parusinalar), plashlik gazlamalar, paltolik va kostyumlik jun gazlamalar uchun
    ayniqsa muximdir. Suv o`tkazuvchanlik gazlamaning tola tarkibiga, zichligiga,
    pardoziga bog‘liq bo`ladi.
    Chang oluvchanlik – gazlamalarning kirlanish xususiyati. U gazlama
    o‘ngining xarakteriga, gazlamaning tola tarkibiga, zichligi va pardoziga bog‘liq
    bo`ladi. Tarab tuk chiqarilgan jun gazlamalarining chang oluvchanligi eng yuqori
    bo`ladi.
    Elektrlanuvchanlik – materiallarning o`z sirtiga statik elektr to`plash
    xususiyati. Tayyorlash va foydalanish jarayonlarida to`qimachilik materiallari albatta
    boshqa narsalarga tegadi va ishqalanadi. Shunda ularning sirtida elektr zaryadlar
    uzluksiz to`planadi va tarqaladi. Agar zaryadlarning to`planishi bilan tarqalishi

    orasidagi muvozanat buzilsa ,material sirtiga statik elektr to`planib, material


    elektrlanadi.
    Gazlamaning koloriti.
    Kiyim modelini tanlash, konstruktsiyalarini ishlab chiqish, buyumlarning
    gijimlanuvchanligi, hajmi, o`lchami va proportsiyalarining ko`z bilan idrok etilishi
    gazlamalarning optik xossalariga, ya`ni yorug‘lik oqimni ham miqdor jixatdan, ham
    sifat jixatidan o`zgarish xususiyatiga bog‘liq.
    Materiallarning rangi, yaltiroqliligi, shaffofligi, oppoqligi kabi xossalari
    ularning yorug‘lik oqimini qaytarish, yutish, tarqatish, o`tkazish xususiyatiga qarab
    namoyon bo`ladi.
    Agar material yorug‘lik oqimini to`liq qaytarsa yoki yutsa, axromatik rang:
    yorug‘lik oqimini to`liq qaytarolganda – oq rang, to`liq yutganda – qora rang, bir
    me`yorda chala yutganda – har xil tuslardagi kulrang hissi paydo bo`ladi.
    Agar material yorug‘lik nurini tanlab qaytarsa , xromatik rang hissi paydo
    bo`ladi. Xromatik ranglar sovuq va iliq ranglarga bo`linadi. Yashil – zangori, ko`k,
    binafsharanglar muz, ko`kat, metall ranglarini eslatganligi uchun sovuq ranglarga
    kiritiladi. Sariq, zarqoldoq, qizil ranglar quyosh nuri, olov tafti haqida tasavvur
    bergani uchun iliq ranglarga kiritiladi. Xromatik ranglar uchun oxangdoshlik,
    to`yinganlik, yorqinlik xosdir. Axromatik ranglar uchun esa faqat yorqinlik xosdir.
    Kolorit – gazlamalar gulida barcha ranglarning nisbati. har xil oxangdoshlik,
    to`yinganlik, yorqinlikka ega bo`lgan ranglarni uyg‘unlashtirib gazlamalarga yorqin
    yoki suniq kolorit berish mumkin. Ko`pincha gazlamalar bir xil gulli qilib
    chiqariladi, lyokin ularning koloriti har xil bo`ladi.
    Barcha yengil sanoat buyumlarini assortimenti va kiyim madaniyati instituti
    (VIALegprom ) tikuvchilik materiallari assortimentini rivojlantirishga asosiy
    yo`nalishlarini ishlab chiqishda ularning koloristik bezalishiga katta axamiyat beradi,
    modabop ranglar gammasini va modabop gullar namunalarini tavsiya
    qiladi.Gazlamalarning gullari mazmuniga qarab ular syujetli, tematik va ma`nosiz
    xillarga bo`linadi.
    Biror muzmunga ega bo`lgan gullar (portretlar, rasmlar va boshqalar) syujetli
    gullar deb ataladi. Yubileylarga atab chiqaradigan ro`mollar, gobelenlar,
    dasturxonlar , ba`zi gazlamalarning gullari syujetli bo`lishi mumkin.
    Biror tushunchani ifodalashi mumkin bo`lgan gullar (no`xat, yo`llar, katak)
    tematik gullar deb ataladi.
    Manosiz gullar deb, abstrak gullarga aytiladi. Gazlamalarda ular har xil
    ranglar chaplamasi yoki noaniq konturlar tarzida bo`ladi.
    Gazlamalardagi gullarning asosiy gruppalari; no`xat – oq, bir rangli yoki ko`p
    rangli doirachalar; yo`llar – bo`ylama yoki ko`ndalang, bir rangli yoki ko`p rangli
    yo`llar yoki yo`llar ko`rishidagi naqshlar; katak – gazlamada katak yoki shashkalar
    hosil qiladigan bo`ylama va ko`ndalang yo`llarning galma – gal kelishi; gullar va
    buketlar; o`lchami 2 sm gacha bo`lgan mayda gullar; 2 sm katta bo`lgan yirik gullar;
    kuponlar yupqa qiyiqlari ko`rinishidagi gul, xoshiyali gul va xokazo.
    Kiyimni bichishda gazlama gulining xarakteri va yo`nalinshina hisobga olish
    lozim. Katak, yo`llar va yirik gullar bichish uchun eng qiyin bo`lgan gullardir, chunki
    bunda gulni gulga to`g`ri keltirish uchun ancha gazlama isrof bo`ladi.
    Bo`yalishiga ko`ra gazlamalar sidirga bo`yalgan, gul bosilgan, guldor, melanj
    va mulinirlangan xillarga bo`linadi. Rangli gazlamalardan tashqari , oqartirilgan,
    yarim oqartirilgan va xom gazlamalar xom gazlamalar deb ataladi.
    Gul bosilgan gazlamalar tagi oq (oq gazlamaga bosilgan gulli), o`yma gulli
    (sidirga bo`yalgan gazlamaga kimyoviy tushurilgan gulli), gruntli (gul gazlama
    yuzining 60% gacha qismini tashkil etadi), fonli (gul bo`yalgan gazlamaga
    tushuriladi) xillarga bo`linadi.




    1. Download 3,93 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.