|
Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati
|
bet | 30/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS8-Mavzu : Trikotaj urilishlari.
Reja:
1. Trikotaj ishlab chikarish texnologiyasi.
2. Trikotaj assortimenti,ularga qo‘yiladigan talablar,sifatini baxolash omillari.
1. Trikotaj ishlab chikarish texnologiyasi. Trikotaj tarmog‘i mashinalari juda xilma-xildir. Trikotaj mashinalar ko‘ndalangiga va bo‘ylamasiga (tanda) trikotaj mato va mahsulotlarining shakllanishiga qarab guruhga bo‘linadi. Ushbu guruhlar o‘z vaqtida yassi, a ylana va mos tarzda bir va ikki ignadonli bo‘ladi. Trikotaj mashinalari odatda mato, 12
kupon ko‘rinishidagi yarim tayyor mahsulot, tikish jarayonlarini bajarib biriktiriladigan mahsulotning yassi detallari yoki tayyor mahsulot shakllantirishi mumkin. Hamma trikotaj mashinalar uchun ularning ishlab chiqaradigan mahsuloti turidan qat’I nazar, klass tushunchasi katta ahamiyatga egadir.Klass — bu mashina ignadoni uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan igna qadami sonidir: bu yerda, E — ignadon uzunlik birligi; T ig — igna qadami, mm.Ignadon uzunlik birligi — 25,4 mm (ing. dyuymi), ayrim hollarda mashina rusumiga qarab 38,1 mm (geych — 1,5 ing. dyuymi), 23,6 mm (saks.dyuymi) va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Klass kattaligining ahamiyati, uning u yoki bu mashina texnologik imkoniyatlari, ya’ni ishlatiladigan ip va kalava iplar chiziqli zichligi, trikotaj ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligidadir.
Ip chiziqli zichlii va mashina klassi orasidagi mutanosiblik quyidagicha aniqlanadi:
1000 > K2T > 10 ,bu yerda, T — ip chiziqli zichligi, teks; K — mashina klassi.13
Hozirda mamlakatimiz yigirish texnika-texnologiyasining takomillashuvi yuqori
sifatli paxta va ipak iplarini ishlab chiqarishga imkon yaratdi, bu esa, o‘z vaqtida
yuqori klassli (26, 28) aylana ignadonli mashinalarda sifatli ichki trikotaj
mahsulotlari uchun matolar olish imkoniyatini berdi va ishlab chiqarish salmog‘ini
oshirdi. Har qanday trikotaj mato yoki mahsulotning shakllanishi bevosita halqa
hosil qilish jarayonlari bilan bog‘liqdir.Turli trikotaj mashinalari halqa hosil qilish jarayonlarining o‘ziga xosligi ishlatiladigan iplarga ma’lum talablar qo‘yadi. Dast avval ushbu iplardan qalinligi va buramlar soni bo‘yicha yuqori darajada tekisligi, yuzasining sidirg‘aligi va tozaligi talab etiladi.Hozirda ko‘pgina zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalardan yigirilgan iplar trikotaj ishlab chiqarish korxonalariga tayyor holda
keltirilmoqda.Xomashyoni trikotaj ishlab chiqarishga tayyorlash bu turli ishlov berish
jarayonlaridir: emulsiyalash, parafinlash, namlash va boshqalar. Parafinlash yoki emulsiyalash ip sirtini silliqlash, ya’ni halqa hosil qilish jarayonlari ip va ip hamda halqa hosil qilish vositalari bilan ip orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Trikotaj korxonalariga kimyo zavodlaridan kimyoviy iplar tegishli moylovchi va antistatik moddalar bilan ishlov berilgan holda keltiriladi, bu trikotaj mashinalari ish jarayonida ularning zaryadlanishini kamaytiradi.Tayyorlov jarayoni bu xomashyoni trikotaj mashinalarida ishlatishga mos g‘altakcha yoki konussimon bobinalarga qayta o‘rash hamdir. Bo‘ylamasiga mato hosil qiladigan tanda trikotaj mashinalarda qo‘llaniladigan tanda g‘altakchalariga iplar o‘rilishga moslab o‘raladi (snovka). Ko‘ndalangiga mato yoki yarim tayyor mahsulot kupon hosil qiladigan aylana ignadonli, yassi ignadonli mashinalar va
paypoq to‘quv avtomatlarida keng qo‘llaniladigan konussimon bobinalarg a esa
iplar qayta o‘rash mashinalarida sifati qayta tekshirilib o‘raladi.
Halqa hosil qilish vositalari Trikotaj elementlarini hosil qilish bevosita mashinalar halqa hosil qilish vositalari yordamida amalga oshadi. Halqa hosil qilish vositalarining
majmuasiga, ya’ni bitta halqa hosil bo‘lishini ta’minlaydigan zarur vositalarga sistema (tizim) deyiladi. Mashinadagi sistemalar soni uning ish unumdorligi bilan to‘g‘ri proporsionaldir.
Misol tariqasida bir qator halqa hosil qilish vositalarini ko‘rib chiqamiz:Igna — ilgakli, tilchali, o‘yiqli (pazoviy), naysimon, ikki boshli va h.k. Ignalar po‘lat simlardan yoki po‘lat tunukalardan o‘yib (shtampovka) va bir qator qo‘shimcha jarayonlarni bajarib tayyorlanadi.Ilgakli ignalarning turli konstruksiyasi mavjud. Igna asosi (1), ilgagi (2) dan
tashkil topishi, bunda igna quyi qismi (3), uning mustahkamlanishini ta’mi nlash
uchun lozim, igna asosidagi chuqurcha (chasha) (4) siqish jarayonida ilgak uch
qismi (5) ning kirishi uchun zarur.
|
| |