Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




Download 3,93 Mb.
bet33/54
Sana12.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#135716
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
MARUZA MATERIALSHINOS

2. Gazlamalarning sifatini aniqlash Gazlamaning cho`zilishga pishiqligi uning sifatini belgilaydigan eng muxim ko`rsatkichlardan biridir.Gazlamaning cho`zilishga pishiqligi deganda uning yukga chidamliligi tushuniladi.

Ma`lum o`lchamdagi gazlama namunasini uzish uchun etarli minimal yuk uzuvchi kuch deb ataladi. Uzuvchi kuchni aniqlash uchun namuna uzish mashinasida uzib ko`riladi (31-rasm). Gazlama namunasi 2 qisqichlar orasiga maxkamlab qo`yiladi. Elektr dvigatel pastki qisqichni yuqoriga va pastga harakatlantiradi, ustki qisqich yukli richag bilan boglangan. Pastki qisqich pastga tushganda namuna cho`zilib, ustki qisqichni pastga suradi. Natijada yukli mayatnikli kuch o`lchagich og`adi.

Cho`zuvchi kuch ta`sirida namuna uzayadi va qisqichlar orasidagi masofa kattalashadi. Strelka uzayish qiymatini uzayish shkalasida ko`rsatadi.Sinash uchun gazlamadan tanda mashinasi bo`yicha uchta namuna va arqoq bo`yicha 5 namuna qirqib olinadi.

Namuna bo`lagining eni 50 mm bo`ladi. Dinamometr qisqichlari orasidagi masofa jun gazlamalar uchun 100 mm, boshqa gazlamalar uchun 200 mm olinadi. Namuna bo`lagining uzunligi qisqichlar orasidagi masofadan 100-150 mm katta olinadi.

Uzuvchi kuch tanda uchun aloxida, arkoq uchun aloxida hisoblanadi. Gazlamalarning uzilishga pishiqligi ularning tola tarkibiga, kalava ip yoki ipning nomeriga, zichligiga, urilish xiliga, pardozlash harakteriga bog`liq. Sintetik tolalardan to`qilgan gazlamalarning uzilishga pishiqligi eng yuqori bo`ladi. Iplar qancha yo`g`on va gazlama qancha zich bo`lsa, u shuncha pishik bo`ladi. Kalta epmali urilishlarni qo`llash ham gazlamalarning pishiqligini oshiradi. Shuning uchun boshqa barcha sharoitlar bir xil bo`lgani xolda polotno urilishda to`qilgan gazlamalar eng pishik bo`ladi. Bosish, appretlash, buglash kabi pardozlash operatsiyalari gazlamaning pishiqligini oshiradi. Oqartirish, bo`yash operatsiyalari gazlamaning pishiqligini birmuncha pasaytiradi.

Uzish mashinasida gazlamaning pishiqligini aniqlash bilan bir vaqtda uning uzayishi ham aniqlanadi. Uzulish paytida namunaning uzunligi oshishi – uzilishdagi uzayishi millimetrda aniqlanishi ( absolyut uzayish) yoki namunaning dastlabki uzunligiga nisbatan protsentda ifodalanishi ( nisbiy uzayish) mumkin:


l2 – l1  = ------------- * 100l1

bunda: l1 – namunaning dastlabki uzunligi, l2- namunaning uzilishi paytidagi uzunligi.

Bukilganda va bosilganda gazlamada gijimlar va burmalar hosil bo`lishi g`ijimlanuvchanlik deyiladi. Hosil bo`lgan gijimlar va burmalar faqat ho`llab dazmollash yo`li bilan hosil bo`ladigan plastik deformatsiyalar g`ijimlanishga sabab bo`ladi. Qayishqoq va elastik uzayish ulushi ancha katta bo`lgan tolalar bukish va qisish deformatsiya sidan keyin bir ozdan sekinroq yoki tezroq tekislanadi va dastlabki holatini egallaydi, shuning uchun g`iji mlar yo`qoladi.





Download 3,93 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

Download 3,93 Mb.