|
-Mavzu : .Tabiiy tolali gazlamalar assortimentlarini gruppalash
|
bet | 41/54 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #135716 |
Bog'liq MARUZA MATERIALSHINOS14-Mavzu : .Tabiiy tolali gazlamalar assortimentlarini gruppalash.
Reja:
1) Tabiiy tolali gazlamalar assortimentlarini gruppalash
2) Kimyoviy tolali gazlamalarni assortimentlarini gruppalash
Keng tarqalgan ip gazlamalarning tavsiflari. Amaliy preyskurantga turmushda va texnikada ishlatiluvchi 1300 dan ortiq artikuldagi ip gazlamalar kiritilgan bo`lib, ular 17 guruhga ajratilgan. Bulardan eng keng ishlatiladiganlari 1—6-guruhlarni tashkil qiladi.
Birinchi guruh — chit gazlamalar — klassik ip gazlamalardan biri. Uni ishlab chiqarish hajmi bo`yicha ayollar va erkaklar ko`ylagibop gazlamalardan keyin 2-o`rinda turadi. Chit polotno o`rilishda tanda va arqoq yo`nalishi chiziqli zichligi 15,4—20 teks bo`lgan karda yigirish usulida olingan iplardan ishlab chiqariladi.
Chitlarning eni 62—100 sm, yuza zichligi 92— 110 g/m2ga teng. Chit gazlamalar pardozlanishiga ko`ra gul bosilgan, sidirg`a rangli bo`ladi. Turli maqsadlarda qo`llaniladi, jumladan ayollar va bolalar kiyimlari, erkaklar ko`ylagi, ichki kiyimlar va choyshablar.
Ikkinchi guruh — surp gazlamalari — chitga nisbatan dag`alroq, yuza zichligi 124—160 g/m2, polotno o`rilishida sidirg`a rangli va gul bosilgan holda ishlab chiqariluvchi ip gazlama. Tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi 22—50 teks, eni 53 80—150 sm. Gul bosilgan surplar bolalar kostumlari, ayollar va erkaklar ko`ylaklari uchun, sidirg`a ranglilari esa maxsus ichki kiyimlarga, ustki kiyimlarning cho`ntaklari va qotirma qismlar (bo`ylamalar) sifatida ishlatiladi.
Uchinchi guruh — choyshabbop gazlamalar. Bu guruhga kiruvchi gazlamalar
uchga bo`linadi: surp, mitkal va maxsus gazlamalar guruhchalari.
Choyshabbop surplar oddiy surplardan o`zining pardozi bilan farqlanib, oqartirilgan holda ishlab chiqariladi va choyshablar, tibbiyot xodimlari va oziq-ovqat savdosi bilan shug`ullanuvchilarning maxsus kiyimlari uchun ishlatiladi.
Mitkal guruhchasiga kiruvchi choyshabbop gazlamalar xom holda (oqartirilmagan) mitkal deb ataladi. Tuzilishi chitga o`xshash. Mitkal asosida mayin pardozlangan holda (appret miqdori 1,5% dan kam) muslin, appret miqdori 1,5—2,5 % bo`lsa, mitkal, appret miqdori 2,5—3 %dan oshsa madapolam nomli gazlamalar olinadi. Bu guruhchaga kiruvchi gazlamalar choyshabbop surpdan yupqa, yuza zichligi 45—110 g/m2, eni 75—150 sm gacha bo`ladi. Tanda va arqoq iplarining yo`g`onligi 11,8—20,0 teks. Bu gazlamalar polotno o`rilishida to`qiladi. Oqartirilgan yoki ochiq rangda sidirg`a qilib pardozlanadi. Muslin gazlamasidan tungi ko`ylaklar, mitkal va madapolamdan choyshablar tayyorlanadi. Bu gazlamalar uchun qayta tarash usulida yigirilgan iplar ishlatiladi. Shu sababli ular yupqa va mayin.
Maxsus guruhchaga ―grinsbon‖ va ―tik-lastik‖ nomli oqartirilgan gazlamalar
kiradi. Grinsbon teskari sarja, tik-lastik atlas o`rilishida ishlab chiqari ladi. Bu gazlamalarning tanda va arqoq iplariga chiziqli zichligi 25— 36 teksli karda yigirish usulida olingan iplar ishlatiladi. Bu gazlamalar mudofaa xodimlarining ichki kiyimlari uchun ishlatiladi. To„rtinchi guruhga satin o`rilishidagi satin gazlamalari kiradi. Bu guruh gazlamalarning tuzilishida ishlatilgan iplarning turiga ko`ra ikkiga bo`linadi: karda yigirish usulida va qayta tarash usulida olingan iplardan ishlab chiqarilgan satinlar.
Birinchi guruhchadagi satinlar chiziqli zichligi 15,4—teksga teng karda iplaridan ishlab chiqariladi. Yuza zichliklari 124— 150 g/m2. Ikkinchi guruhchadagi satinlar tanda yo`nalishida 10—15,4 teks, arqoq yo`nalishida 8,5—11,8 teks bo`lgan qayta tarash usulida olingan iplardan iborat. Yuza zichligi 114—130 g/m2.Satin gazlamalarida arqoq yo`nalishidagi zichligi va to`ldirilishi tanda yo`nalishidagiga nisbatan ikki marotaba ko`p. Shuning uchun ularning sirti silliq, o`ng tomoni yaltiroq bo`ladi.
Xuddi shunday, ip gazlamalarning atlas o`rilishdagisi lastik deb ataladi. Satin va lastik gazlamalarining eni 60—100 sm. Ular sidirg`a rangli, gul bosilgan va kamdan kam hollarda oqartirilgan bo`lishi mumkin.
Satin va lastiklar ayollar xalatlari va ko`ylaklari, ko`rpa va yostiq jildlari, sidirg`a ranglari esa astarlik va maxsus kiyimlar uchun ishlatiladi. Beshinchi guruhga — ko„ylakbop gazlamalar kiradi. Ip gazlamalarning assortimentida bu guruh asosiy, eng katta va ko`p xildagi gazlamalardan iborat. U to`rtga bo`linadi: a) yozgi; b) mavsumiy; d) qishki; e) sun‘iy ipak qo`shib ishlab chiqarilgan.
Ko`ylakbop gazlamalarning katta qismi karda yigirishda olingan yakka va pishitilgan iplardan ishlab chiqariladi. Eng sifatli gazlamalarda esa yo`nalishlarining birida yoki ikkalasida qayta tarash usulida olingan iplar, ba‘zi gazlamalarda sh akldor iplar ham ishlatiladi. Gazlamalarning tashqi ko`rinishi va xususiyatlarini yaxshilash uchun paxta ipiga kimyoviy tola yoki iplar qo`shiladi, mayda gulli o`rilishlar qo`llaniladi, pardozlashda maxsus ishlov beriladi.
Yozgi gazlamalar jumlasiga yupqa, yengil, havo o`tkazuvchanligi yuqori bo`lgan batist, markizet, mayya, volta, vual, kiseya kabi gazlamalar kiradi. Batist — juda mayin, yupqa, ishqorli ishlov berilgan, polotno o`rilishdagi gazlama.
U oqartirilgan, ochiq rangga sidirg`a bo`yalgan, tagi oq rangda mayda gulli qilib pardozlangan holda ishlab chiqariladi. Uning yuza zichligi 68—75 g/m2, eni 80 sm, ishlab chiqarish uchun qo`llanilgan ipining yo`g`onligi qayta tarash usulida olingan tanda iplari bo`yicha 10 teksli, arqoq iplari bo`yicha 8,5 tekslidir.
Markizet — qayta tarash usuli bilan olingan, yo`g`onligi 5,9 teksli ikki qavatlab pishitilgan iplardan polotno o`rilishida ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 76 g/m2, eni 80 sm. Mayya gazlamasini ishlab chiqarish uchun tanda bo`yicha 15,4 teks, arqoq bo`yicha 11,8 teksli iplar ishlatiladi. O`rilishi — polotno. Yuza zichligi 78 g/m2, eni 80 sm. Volta — eng yupqa va mayin, ancha tiniq, polotno o`rilishidagi, qayta tarash usulida olingan, yo`g`onligi 8,33—10 teksga teng iplardan ishlab chiqariladigan gazlama. Ishqorli ishlov berilib, gul bosilgan holda pardozlanadi.
Vual — qayta tarash usuli bilan olingan ingichka va maxsus eshilishlar soniga ega, yo`g`onligi tanda va arqoq iplari bo`yicha 11,8 teksli ipdan mayda gulli (krep) o`rilishda ishlab chiqariladi. Uning yuza zichligi 67 g/m2, eni 90 sm, pardozlanish jarayonida ishqorli ishlov beriladi va gul bosiladi. Mavsumiy ko`ylakbop gazlamalar karda va qayta tarash usuli bilan olingan iplardan ishlab chiqariladi. Bu guruhchaga kiruvchi gazlamalar yozgilarga ni sbatan biroz qalin, zich va og`irroq (yuza zichligi 220 g/m2gacha). Mavsumiy ko`ylaklarga mos keladigan gazlama turlari shotlandka, sherstyanka, kashemir, poplin, tafta va boshqalardan iborat.
Shotlandka — yo`l-yo`l va katak gazlama bo`lib, polotno yoki sarja turida o`riladi.
Yuza zichligi 100—158 g/m 2, eni 105 sm, ishlatiladigan iplarining chiziqli zichligi 18,5—20 teks.
Sherstyanka — karda usulida olingan chiziqli zichligi 25—29 teksli iplardan mayda gulli (krep) o`rilishida ishlab chiqarilgan gazlama. Sirti notekis, jun gazlamalar sirtini eslatadi. Yuza zichligi 130 g/m2, eni 80 sm. Gul bosib pardozlanadi.
Kashemir — sidirg`a rangli yoki gul bosilgan, sarja o`rilishidagi mayin pardozlangan gazlama. Yuza zichligi 130 g/m 2, eni 100 sm. Iplarining yo`g`onligi 15,4—18,5 teks.
Poplin — qayta tarash usulida yigirib pishitilgan ipdan polotno o`rilishida to`qilgan gazlama. Tanda bo`yicha zichligi arqoqnikiga nisbatan ko`proq bo`lgani uchun gazlama sirtida eniga ketgan yo`l-yo`l chiziqlar hosil bo`ladi, yuza zichligi 100—120 g/m2, eni 75 sm.
Tafta — polotno o`rilishidagi zich tuzilishli gazlama. Sirtida chandiqsimon
tovlaniluvchi naqshlar mavjud. Bunday naqshlar tanda iplariga qayta tarash usulida olingan ingichka (7,5 teks), arqoq bo`yicha yo`g`on (20 teks) iplar ishlatilishi natijasida hosil bo`ladi. Yuza zichligi 114—140 g/m2, eni 80—100 sm. Pardoziga ko`ra poplin va tafta gazlamalari oqartirilgan, sidirg`a rangli va gul bosilgan bo`ladi. Ba‘zi taftalarning tarkibida 67 %gacha lavsan tolas bo`lishi mumkin. Bu gazlamalar, asosan, erkaklar ko`ylaklari uchun ishlatiladi. 55
Aynan shu guruhchaga har xil turdagi erkaklar ko`ylagibop gazlamalar kiradi, ular
odatda polotno yoki aralash o`rilishda oqartirilgan, sidirg`a yoki turli rangdagi iplardan to`qib ishlab chiqariladi. Bunday gazlamalarning tolali tarkibida 33% gacha lavsan tolasi mavjud. Bu gazlamalarning g`ijimlanmaslik va kiyim shaklini saqlash xossalari yuqori.
Ko`ylakbop gazlamalarning qishki turlaridan issiqni yaxshi saqlash xususiyati talab qilinadi. Shuning uchun, bu guruhchadagi gazlamalar apparat yigirish usulida olingan iplardan sirti taralgan tukli qilib ishlab chiqariladi. Bularga flanel, bumazeya, bayka kabi paxmoq tuzilishdagi gazlamalar kiradi.
Flanel — sidirg`a rangli, gul bosilgan yoki oqartirilgan pardozdagi, polotno yoki sarja o`rilishdagi gazlama bo`lib, yuza zichligi 180—257 g/m2, eni 58—95 sm. Flanelning ikki tomonida taralgan tuklar mavjud.Bumazeya gazlamasi, asosan, sarja o`rilishida to`qiladi. Taralgan tuk faqat bir tomonida (teskarisida) bo`ladi. Uning tanda iplarining yo`g`onligi 18,5 teks, arqoq iplarining yo`g`onligi esa 50 teks. Yuza zichligi 160—180 g/m2.
Bayka — flanelga o`xshash ikkala tomonida taralgan tukli tuzilishga ega. Lekin uning o`rilishi murakkab, 1,5 qavatli. Shuning uchun u qalin va og`ir, yuza zichligi 180—360 g/m2ga teng. Pardozlanishi sidirg`a rangli yoki xom holda bo`ladi.
Flanel bilan bumazeya gazlamalari chaqaloqlarning qishki kiyimlariga, ayollar va erkaklar ko`ylaklari, xalatlari uchun, bayka esa askarlarning ichki kiyimlari va shifoxonalarda kiyiladigan xalatlar uchun ishlatiladi.
Sun‟iy ipak qo’shib ishlab chiqarilgan ip gazlamalarning tandasida paxta
tolasidan olingan ip, arqog`ida esa viskoza yoki atsetat yaltiroq kompleks iplari ishlatiladi. Bu gazlamalar yirik va mayda gulli o`rilishda ishlab chiqariladi. Shu sababli, ularning sirtida ajoyib tovlanuvchi naqsh hosil bo`ladi. Pardozlanishi — sidirg`a rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan. Eni 62—95 sm. Yuza zichligi 95—110 g/m2. Bu guruhchaga ―ko`ylakbop‖ gazlamalar kiradi.
9 — Gazlamashunoslik Oltinchi guruhda kiyimbop gazlamalar mujassam. Bular jumlasiga kostum, shim, palto, kurtka, plash va maxsus kiyimlarni tikish uchun ishlatiladigan zich to`qilgan, ishqalanishga chidamli va mustahkam gazlamalar kiradi. Ular ichid a sidirg`a va har xil rangli iplardan to`qilgan gazlamalar ko`p miqdorni tashkil etadi. Kiyimbop gazlamalar, asosan, karda usulida yigirilgan yakka (25—70 teks) yoki pishitilgan (15,4 teks x 2 — 25 teks x 2) iplardan ishlab chiqariladi. Keyingi paytlarda kimyoviy tolalar ham kiyimbop gazlamalarning tolali tarkibiga kiritilmoqda. Pardozlanish jarayonida ishqorli, g`ijimlanmaydigan va kirishmaydigan maxsus ishlovlar beriladi.
Kiyimbop guruh to`rtta guruhchaga bo`linadi: a) sidirg`a rangli; b) maxsus; d) qishki; e) har xil rangli iplardan to`qilgan va chipor (melanj) gazlamalar.
Sidirg’a rangli guruhcha klassik gazlamalardan iborat: diagonal, moleskin, reps. Diagonal — sarja o`rilishdagi maxsus ich kiyimlar uchun ishlatiladigan gazlama.
Tandasida 42 teksli, arqog`ida 29—72 teksli iplardan foydalaniladi. Yuza zichligi 180—380 g/m2, eni 67—100 sm. Ayrim artikullarida 12—15% kapron tolasi qo`shiladi.
Moleskin — sidirg`a rangli yoki kam miqdorda oqartirilgan, ishqorli ishlov berilgan gazlama. Kuchaytirilgan satin o`rilishida. Shu sababli, tolali tarkibida 15 % kapron tolasi mavjudligi va tanda yo`nalishida pishitilgan iplar ishlatilishi tufayli 56 gazlamaning ishqalanishga chidamliligi juda yuqori. Eni 65—110 sm, yuza zichligi 220—330 g/m2. Ishlatilishi diagonalnikidek.
Reps gazlamasi arqog`iga yo`g`on (29 teks x 2), tandasiga esa ingichka (18,5 teks)
iplar ishlatilgani uchun sirtida bikr ko`ndalang yo`llari bo`ladi. O`rilishi — polotno. Yuza zichligi 180—220 g/m2 Plashlar uchun ishlatiladigan gazlamalar sarja yoki polotno o`rilishida to`qiladi. Teskari tomonida suv o`tishiga qarshilik ko`rsatuvchi plyonkasi bo`ladi.Bu guruhchaga yana bir qancha ―kostumbop‖ gazlamalar ham kiradi.Kiyimbop gazlamalar guruhining maxsus guruhchasiga kiruvchi gazlamalar ham sidirg`a rangda ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 220—320 g/m 2, eni 65—105 sm.
Ular maxsus kiyimlarni tikishda qo`llaniladi. Gazlamalar maxsus diagonal, kitellar uchun, sport kiyimlari uchun, kiyimbop va hokazo gazlamalar deb ataladi.
Uchinchi maxsus guruhchaga, asosan, ―triko‖ va ―jins‖ gazlamalari kiradi.
Triko gazlamasining afzalligi shundaki, u yo`l-yo`l yoki katak ko`rinishda bo`ladi.
Bu turli rangli iplarni ishlatish yoki aralash o`rilishlarda to`qilishi sababli hosil qilinadi. Triko ip gazlamalari jun triko gazlamasini eslatadi. Ular uncha qimmat bo`lmagan erkaklar kostum va shimlarini tikishda ishlatiladi. Jins gazlamalari sarja o`rilishida tandasida rangli iplardan, arqog`ida esa xom iplardan to`qiladi. Bu gazlamaning g`ijimlanmasligini va kiyimning shaklini saqlash xususiyatini ta‘minlash uchun unga yuvilib ketmaydigan appret bilan ishlov beriladi.
Ayrim artikullarining tolali tarkibiga lavsan tolasi qo`shiladi. Jins gazlamasi yoshlar sport kiyimlari, kurtkalar, shimlarni tikishda keng qo`llaniladi.
Qishki guruhcha movut, zamsha, velveton gazlamalaridan iborat. Bu gazlamalarni
klassik gazlamalar jumlasiga kiritish mumkin. Ularning sirtida zich joylashgan taralgan tuki bo`ladi. O`rilishi — kuchaytirilgan satin. Movut to`q ranglarga bo`yalgan holda pardozlanadi.
Velvetonning yuza zichligi 370—400 g/m 2. Tandasida pishitilgan ip (29,4 teks x 2 - 15,4 teks x 2), arqog`ida esa yakka (50—58,8 teks) iplar ishlatiladi.
Zamsha gazlamasi movut va velvetondan tukining turi bilan farqlanadi. Uning tuki
qisqa va qattiq presslangan bo`ladi. Yuza zichligi 405—415 g/m
2. Bu gazlamalar bolalar sport kiyimlarini tikish uchun ishlatiladi. Yettinchi guruh — astarbop gazlamalar. Kiyimlarning astari, ichki qismiga qat va cho`ntaklarida xalta sifatida ishlatiladi. Bu gazlamalarga qattiq appret ishlov beriladi. Shu sababli, ularning sirti tekis va silliq, ishqalanishga chidamli bo`ladi. Bu guruhga kolenkor — sidirg`a rangli yoki oqartirilgan gazlama kiradi. Appret miqdori katta, 8—10%. U qat yoki bo`ylamalar sifatida ishlatiladi. Cho`ntak xalt alari uchun ishlatiluvchi gazlamalar mustahkam, ishqalanishga chidamli, sidirg`a rangli surp, grinsbon, tik-lastik kabilardan tayyorlanadi. Ular ham qattiq appretlanadi. Yenglar astariga ishlatiluvchi sarja ham shu guruh tarkibida. Bu gazlamalar oqartirilgan gazlama sirtiga yo`l-yo`l shaklli gul bosib pardozlanadi, sarja o`rilishida ishlab chiqariladi.
Tukli gazlamalar ko`ylak, kostum, kurtka, shimlarni tikish uchun keng qo`llaniladi.
Bunday gazlamalar turiga duxoba va chiyduxobalar kiradi. Bu gazlamalarning
o`rilishi — arqoq tukli, sidirg`a rangli yoki gul bosilgan pardozlanishda ishlab chiqariladi. Tukli gazlamalarning tandasida karda usulida yoki qayta tarash usulida olingan pishitilgan ip, arqog`ida esa yakka karda ipi ishlatiladi.
Duxoba sirti yaxlit tukli. Yuza zichligi 270—290 g/m 2, eni 120—140 sm.
Velvetning sirtida esa kengligi har xil yo`llar tarzidagi naqshdor tuk bo`ladi. Yo`li kengroq gazlama ―velvet-kord‖, ingichka yo`llisi ―velvet- rubchik‖ deb ataladi. Yuza zichliklari 220—340 g/m2, eni 80—140 sm. Hozirda ishlab chiqarilayotgan ayrim yangi artikuldagi velvetlarning tola tarkibiga 30%gacha lavsan qo`shiladi. Zig`ir tolali gazlamalar assortimenti Zig`ir tolali gazlamalar assortimentining 28% ni maishiy gazlamalar, 40% ni qopo`rov gazlamalar, 32% ni texnik gazlamalar tashkil qiladi.
Zig`ir tolali gazlamalar ijobiy gigiyenik xossalarga ega. Ular issiq, bug‘` va suvni
tez o`tkazadi, namlikni tez shimadi va qaytaradi. Undan tashqari, zig`ir tolali
gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi katta, ular yengil yuviladi va dazmollanadi. To`quvchilik jarayonida bichish to`shamiga yengil taxlanadi, qiyshayib ketmaydi. Zig`ir tolali gazlamalarning kamchiliklari: tez g`ijimlanadi, bichish va tikishda ma‘lum qiyinchiliklar bo`ladi — bichish mashinalarining pichoqlari va tikuv ignalari tez-tez o`tmas bo`lib qoladi.
Zigir tolali gazlamalar, asosan, choyshab, dasturxon, sochiqlar, ichki kiyimlar,
koylak va kostumlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ko`ylakbop va kostumbop gazlamalarning g`ijimlanuvchanligini kamaytirish uchun ular zig`ir va lavsan tolalari aralashmasidan ishlab chiqariladi yoki tayyor gazlamalarga maxsus ishlov beriladi. Zig`ir tolali gazlamalar tayyorlash uchun yigirilgan zig`ir ipi va zig`ir tarandasi ho`l va quruq yigirish usullarida olinadi. Bu iplar paxta ipiga nisbatan yo`g`onroq (18—166 teks), shuning uchun gazlamalarning yuza zichligi ham kattaroq bo`ladi, 140—500 g/m2. Lekin, keyingi paytlarda gazlamalarning yuza zichligini kamaytirish uchun ular kimyoviy tolalar (lavsan, kapron, viskoza) qo`shib ishlab chiqarilmoqda.
Umuman, zigir tolali gazlamalar assortimentining 80 %ni yarim zig`ir gazlamalar tashkil qiladi. Ularning tandasida paxta ipi, arqog`ida esa zig`ir tolasidan yoki zig`ir tolasi va kimyoviy tolalar bilan aralashmasidan oli ngan iplar ishlatiladi. Pardozlash jihatidan zig`ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirg`a rangda bo`lishi mumkin. Gul bosilgan gazlamalar kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Amaldagi preyskurantda zig`ir tolali gazlamalar 16 guruhga bo`linadi. Bulardan to`quvchilikda ko`ylak-kostumbop gazlamalar guruhi (N°06) va bortovka gazlamalari guruhi (N°10) keng ishlatilmoqda.
Ko„ylakbop va kostumbop gazlamalar guruhiga ko`ylak, yozgi kostumlar, xalat va
boshqa kiyimlarni tikish uchun mo`ljallangan gazlamalar kiritilgan. Har yili 50 ga yaqin yangi artikulli gazlamalar chiqarilmoqda. Ko`ylakbop gazlamalarning yuza zichligi 100—220 g/m2, kostumboplarniki 250—290 g/m2ga teng. Sof zig`ir tolali guruhchaga kiradigan kiyimbop gazlamalarning soni kam. Ular chiziqli zichligi 45—85 teksga teng bo`lgan iplardan atlas yoki mayda o`rilishda sidirg`a rangli, yarim oq va oqartirilgan holda ishlab chiqariladi.
Yarim zig`ir tolali kiyimbop gazlamalarning soni va turlari ko`proq. Ular ayollar va erkaklar ko`ylaklarini, bluzkalarini, kostumlarini, yoshlar va bolalar uchun sport kiyimlarini tikish uchun ishlatilmoqda. Ularning tola tarkibida zig`ir tolasi bilan paxta, lavsan, kapron, viskoza tolalari bor. Bu gazlamalarning sirti o`rilishiga va turli yo`g`onlikda iplarni ishlatilishiga ko`ra silliq yoki mayda relyefli bo`ladi.
Ko`ylakbop gazlamalar mayda gulli o`rilishlarda ishlab chiqariladi. Ayrim zig`ir gazlamalar jumlasiga dag`al tuzilishdagi og`ir gazlamalar kiradi. Ularning sirti g`adir-budur bo`ladi. Bu gazlamalar jun gazlamalarini eslatadi va kostum, yupqa paltolar tikish uchun ishlatiladi. O`rilishlari har xil va pardozlanish turlari chipor va gul bosilgan bo`ladi. Kiyimbop guruhga kiritilgan gazlamalar ―ko`ylaklik‖, ―kostumlik‖, ―kostumlik-ko`ylaklik‖, ―bluzkalik‖ va hokazo deb nomlanadi.
Bortovka gazlamalari ustki kiyimlarning ayrim qismlarini qotirish va kiyilganda buyumning shakli saqlanishi uchun qotirma (qat) sifatida ishlatiladi. Qotirma materiallari yetarli darajada qattiq bo`lsa-da, lekin dag`al emas, egilish vaqtida yuqori qayishqoqlikka ega bo`lishi va o`lchovlari o`zgarmasligi kerak. Zig`ir tolali bortovka gazlamalari bu talablarga to`liq javob beradi. Bortovkalar zig`ir tolali va yarim zig`ir tolali bo`ladi. O`rilishi — polotno. Sof zig`ir tolali bortovkalarni ishlab chiqarish uchun ho`l yigirish usulida olingan 69, 83, 118 teksli zig`ir iplari ishlatiladi. Yuza zichligi 230—300 g/ m2. Kirishishi tanda yo`nalishida 2,3—4,5%, arqoq yo`nalishida 1,2—3,5%. Yarim zig`ir tolali bortovkalar 67% zig`ir tolasi va 33% lavsan tolasi
aralashmasidan olingan 69 va 83 teksli iplardan ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 192—207 g/m2. Ayrim bortovkalarning sirti yelimlangan bo`ladi. Qattiqligini oshirish uchun bortovkalar appretlanadi. Kirishishini kamaytirish uchun tayyor gazlamalarga kam kirishtiradigan maxsus pardozlash beriladi.
Yuqorida tavsiflangan zig`ir tolali gazlamalardan tashqari maishiy gazlamalar
jumlasiga choyshabbop polotnolar, sochiqlar, dasturxonlar, yopinchiqlar, mebel ishlab chiqarishda ishlatiladigan gazlamalarni kiritish mumkin.
Ipak gazlamalar assortimenti Ipak gazlamalarini ishlab chiqarish uchun turli xomashyo qo`llaniladi. Bular jumlasiga tabiiy ipak, sun‘iy va sintetik birikkan, sun‘iy va sintetik tolalardan olingan iplar kiradi.
Barcha ipak gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan tabiiy ipak iplaridan
olinuvchi gazlamalarning miqdori faqat 2—3%ga yetadi. Biroq bu gazlamaning nafisligi, mayinligi, tashqi ko`rinishining chiroyliligi, yuqori gigiyenik xossalariga boshqa tolali ipak gazlamalari yeta olmaydi.
Tabiiy ipak gazlamalarning xususiyatlari ko`p vaqt davomida deyarli o`zgarmaydi.
Bu guruh gazlamalarning katta qismini krepdeshin, krep- jorjet, krep-shifon
gazlamalar tashkil qiladi. Bu gazlamalarni ishlab chiqarishda yuqori eshilishga ega bo`lgan (krep) iplardan foydalaniladi. O`z navbatida bu iplar chiziqli zichligi 1,56, 2,33 va 3,23 teks bo`lgan xom ipak iplarini pishitib olinadi. Gazlamalarning o`rilishi polotno bo`lsa ham, tarkibida krep iplari ishlatilgani tufayli, ularning sirtida mayda donli naqsh hosil bo`ladi. Krep gazlamalari oson cho`ziladi, qiyshayib ketadi, iplari to`kiladi. Shu sababli, ularni to`quvchilikda ishlatish ancha qiyin. Pardozlanish turlari — sidirg`a rangli, oqartirilgan va gul bosilgan bo`ladi.
Krepdeshin — tandasida xom ipak, arqog`ida esa pishitilgan krep ipak iplardan gazlamalar, asosan, ayollar ko`ylaklari va murakkab bichimli bluzkalarini tayyorlashda ishlatiladi.
Tabiiy ipakdan sirti silliq gazlamalar ham olinadi. Bularga chiziqli zichligi 5 teks x
2 — 10 teks x 2 bo`lgan pishitilgan iplardan polotno o`rilishida to`qilgan polotno gazlamalari va atlas o`rilishida to`qilgan milliy xon-atlas gazlamalari kiradi. Polotno xom (sarg`ish), oqartirilgan va kam miqdorda gul bosilgan holda pardozlanadi. Xon atlaslar esa avr usulida turli ranglarga bo`yalgan iplardan to`qiladi.
Tabiiy ipak iplaridan, shuningdek, yirik gulli bezak gazlamalari va tukli gazlamalar
ham olinadi. Tukli gazlamalarga baxmal kiradi. U ipak tolasidan yigirib olingan iplardan tanda tukli o`rilishda ishlab chiqariladi. Tuklar uzunligi 1 —1,5 mm, gazlamaning yuza zichligi 190 g/m2, eni 70, 90, 135 sm bo`ladi. Baxmal to`qimachilikda eng qiynaydigan gazlama, u aniq bichishni va ehtiyot bo`lib tikishni talab qiladi. Buyumning barcha qismlarida tuk yo`nalishi bir xilda bo`lishi kerak. Tabiiy ipak iplariga boshqa iplarni qo„shib to„qilgan gazlamalarning soni uncha ko`p emas. Bu guruhga krepdeshin ko`rinishda to`qilgan ko`ylaklik gazlamalarni kiritish mumkin. Bu gazlama arqog`ida tabiiy ipakli krep iplari, tandasida esa kapron yoki atsetat kompleks iplari ishlatiladi.
Sirti silliq gazlamalarga ko`ylaklik gazlamalar ham kiradi. Bu gazlamalar tandasida xom ipak iplari, arqog`ida kimyoviy tolalardan olingan iplar yoki kimyoviy kompleks iplar ishlatiladi. Tukli baxmal gazlamalar asosi tabiiy ipakdan, tuki esa viskoza iplaridan ishlab chiqariladi (velur-baxmal, naqshli velur-baxmal).
|
| |