• 3. zigir gazlamalar
  • Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




    Download 3,93 Mb.
    bet40/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    2. Ipak gazlamalar. T a b i i y i p a k d a n t o`q i l g a n gazlamalar sun`iy ip tolalardan
    to`qilgan gazlamalarga qaraganda yupqaroq, mayinroq bo`ladi va kamroq gijimlanadi. Tabiiy shoyi gazlamalar mayin tovlanadi, kimyoviy tolalardan to`qilgan gazlamalar esa keskin tovlanadi yoki butunlay tovlanmaydi. Xom ipak iplar uzib ko`rilganda ayrim tolalarga ajralmaydi, viskoza, atsetat, kapron, kompleks iplar uzilganda ayrim iplarga ajralib ketadi. Ho`llanganda tabiy ipakning pishiqligi pasaymaydi, viskoza va mis -ammiak iplarning
    pishiqligi 5%, atsetat iplarniki esa 30% pasayadi. Shoyi gazlamalarning tola tarkibini bilish uchun viskoza, atsetat, mis -ammiak, kapron tolalar va tabiiy ipakning yonish xususiyatini eslash foydali.
    3. zigir gazlamalar. Zig`ir tolali gazlamalar ishllab chiqarish miqdori va sifati jixatidan
    Rossiya dunyoda birinchi o`rinni egallaydi. Zig`ir tolali gazlamalar assortimentining 28% ini maishiy gazlamalar, 40% ini urov gazlamalari, 32% ini texnik gazlamalar tashkil etadi. Urov gazlamalari juda puxta bo`ladi va buyumlarni o`rash uchun ishlatiladi. Zig`ir tolali texnik gazlamalarga brezent parusina, dag`alpolotno, bortovka va boshqalar kiradi. Texnik
    gazlamalardan maxsus kiyim-boshlar, palatkalar va boshqa buyumlar tiqiladi. Bortovka ustki kiyimlar tikishda miena sifatida ishlatiladi. Zig`ir tolali maishiy gazlamalar, asosan choyshablar, estik jildi va oshxona ashelari ( dasturxon, salfetka va sochiqlar) uchun ishlatiladi.
    Zig`ir tolali-lavsan gazlamalar assortimenti kengayotganligi va bunday gazlamalar borgan sari ko`proq ishlab chiqarilaetganligi sababli ko`ylakli-kostyumlik zig`ir tolali gazlamalar yildan-yilga ko`proq qo`llanilmoqda. Tarkibida 25-67% shtapel lavsan bo`lgan zig`ir tolali-lavsan gazlamalar va kompleks iplar tarzidagi viskoza la vsan yoki kapronli gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.Zig`ir tolali porterabop va mebelbop-bezak gazlamalar assortimenti
    kengaymoqda. Ular turli o`rilishlarda to`qiladi. G`ijimlanmaydigan qilib ishlov berilgan gazlamalar ham ishlab chiqarilmoqda.Yangi xil kimyoviy tolalarni tabiiy tolalarga aralashtirib, mayin, plastik, engillashtirilgan strukturalar yaratilishi xisobiga zig`ir tolali gazlamalar
    assortimenti kengayadi.Zig`ir tolali gazzlamalar savdo preyskurantiga ko`ra gurux va kichik
    guruxlarga bo`linadi . Zig`ir tolali gazlama artikulidagi birinchi ikki raqam gazlama guruxining raqamini, uchinchi raqam kichik gurux raqamini bildiradi. Agar artikuldagi uchinchi raqam 1 bo`lsa, gazlama sof zig`ir toladan to`qilgan, agar 2 bo`lsa, yarim zig`ir toladan to`qilgan bo`ladi. Artikuldagi to`rtinchi raqam va undan keyingi raqamlar (kichik guruxdagi gazlamaning
    tartib raqamlari) o`zgarib turishi mumkin. Masalan, art. 06101 – sof zig`ir tolali kostyumlik-ko`ylaklik gazlama; art 06201 – yarim zig`ir tolali kostyumlik-ko`ylaklik gazlama.
    Bo`yalishi jixatidan zig`ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirga bo`lishi mumkin. Guldor va gul bosilgan zig`ir tolali gazlamalar kamroq ishlab chiqariladi. erkin gulli zig`ir tolali ko`ylaklik gazlamalar ishlab chiqarish ko`paymoqda. Zig`ir tolali gazlamalar ishlab chiqarish uchun ip gazlamalarga qaraganda dagalroq kalava ip ishlatiladi. Zig`ir tolali gazlamalar yo`g`onligi 18-166 teks (№ 55-6) li kalava ipdan to`qiladi. Ho`l (l/m) va quruq (l/s) yigirilgan, ho`l yigirilib taralgan (o/m), quruq yigirib ta ralgan (o/s) kalava iplar ishlatiladi. 1 m zig`ir tolali gazlamalarning massasi 140 -300 g. Zig`ir tolali gazlamalarning strukturasi turgun bo`ladi, uncha cho`zilmaydi, pishik, tuzishga chidamli bo`lib, tovlanib turadi. Gigroskopikligi, issiq va havo o`tkazuvchanligi yaxshiligi, yuvish osonligi tufayli zig`ir tolali gazlamalar ko`rpa-estik jildi va yozgi assortmentdagi
    buyumlar tayyorlash uchun eng qimmatli material xisoblanadi. Zig`ir tolali gazlamalar oson taxlanadi, qiyshayib ketmaydi, lekin ularni qirqish qiyin. Lavsan qo`shish natijasida zig`ir tolali gazlamalarning g`ijimlanuvchaniligi kamayadi, tovlanuvchanligi ortadi. Zig`ir tolali-lavsan gazlamalarni dazmollaganda xiyol ho`llash, dazmolning har oratsini 140S dan oshirmaslik kerak. Har orat bundan oshib ketsa va gazlama juda ho`llab yuborilsa, gazlamaning rangi aynishi va ketmaydigan qattiq doglar paydo bo`lishi mumkin. Quyida tikuvchilikda keng ishlatiladigan zig`ir tolali gazlamalarning tavsifi keltirilgan.

    Nazorat savollari


    1. Jun gazlamalar nima?
    2. Ipak gazlamalar nima?
    3. zigir gazlamalar nima?
    4. Jun ipak zigir gazlamalar asartimenti?


    Download 3,93 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

    Download 3,93 Mb.