Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati




Download 3,93 Mb.
bet39/54
Sana12.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#135716
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
MARUZA MATERIALSHINOS

1. Jun gazlamalar. Jun gazlamalarni guruxlash. Ishlab chiqarish usuliga qarab, jun gazlamalar kamvol va movut gazlamalarga bo`linadi. Kamvol gazlamalar qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to`qiladi. Bunday gazlamalar jun gazlamalar ichida eng yupqa va engil xisoblanadi, ularning urilish naqshi yakkol bilinib turadi. Movut gazlamalar apparat usulida yigirilgan kalava ipdan to`qiladi va kamvol gazlamalardan qalinligii, massasi, chang oluvchanligi bilan farq qiladi. Movut gazlamalar o`ziga xos momiqlikka ega, sirti kigizsimon yoki tarab chiqarilgan tukdor bo`ladi. Movut gazlamalar mayin jundan to`qilgan
mayin movut va kalta tolali dag`almovutlarga bo`linadi. Dag`almovut gazlamalar mayin movutdan farqli o`laroq, barmoqlarga qattiq unnaydi va botadi. Savdo preyskurantiga ko`ra, jun gazlamalar guruxlarga ( ishlab chiqarilish usuliga va tola tarkibiga qarab) hamda kichik guruxlarga ( nimaga ishlatilishiga qarab) bo`linadi .Jun gazlama artikulidagi birinchi raqam guruxni bildiradi, ya`ni ishlab chiqarish usuli va tola tarkibiga mos keladi. Artikuldagi ikkinchi raqam kichik guruxni bildiradi, ya`ni gazlamaning nimaga ishlatilishini ko`rsatadi. Masalan, artikuldagi birinchi raqam 1 b o`lsa, gazlama sof jundan kamvol
usulda to`qilganligini, ikkinchi raqam 1 bo`lsa, gazlama ko`ylaklik gazlama ekanligini bildiradi. Artikuldagi uchinchi va undan keyingi raqamlar o`zgarishi mumkin; ular kichik gurux ichidagi gazlamalarning tartib raqamini ko`rsatadi.Yangi strukturali va urilish naqshili gazlamalar ishlab chiqarish hamda klassik strukturali gazlamalarning tashqi ko`rinishi va plastik xossalarini yaxshilash xisobiga jun gazlamalar assortimenti yangilab turiladi.
Assortimentni rivojlantirishdagi yangi yo`nalishlar ipaksimon silliq sirtli mayin plastik gazlamalar, ko`p rangli melanj kalava ipidan tekis sirtli gazlamalar, shakldor kalava ipdan mayda relefli, gadir-budur yoki tekis sirtli gazlamalar, tukli, shu jumladan, baxmalsimon sirtli gazlamalar to`qish bilan bog`liq.Ko`ylaklik gazlamalar assortimenti gul bosilgan gazlamalar, jakkard urilishda to`qilgan guldor gazlamalar, sof jun kalava ipdan va sintetik iplar
qo`shilgan yarim kalava ipdan to`qilgan gazlamalar bilan to`ldiriladi.Bejirim ko`ylaklar tikish uchun yangi strukturali sidirga va guldor gazlamalar; urilish naqshlari yangi bo`lgan yoki metallangan iplar va profillangan kapron ip aralashtirilib, shakldor qilib pishitilgan kalava ipdan to`qilgan gazlamalar ishlab chiqariladi.Yozgi ko`ylaklar va ko`ylak-kostyumlar uchun kompanon gazlamalar ishlab chiqariladi. Bular har xil strukturali, lekin sidirga yoki aksincha, bir xil strukturali, lekin har xil rangga bo`yalgan gazlamalardir. Masalan, mayda donli sirt hosil qilib krep urilishda to`qilgan ikki gazlama; bittasi sidirga, ikkinchisi esa katak-katak yoki birinchi gazlama tusida gul bosilgan gazlamalar shular jumlasidan.Kuzgi-baxorgi assortimentdagi ayollar kostyumlari tikish uchun tuguncha-tugunchali, xalkasimon, buramdor kalava ip, yo`g`onlashgan joylari bor kalava ip ishlatib to`qilgan engil ko`ylaklik gazlamalar tipidagi gazlamalar ishlab chiqariladi.Erkaklar uchun bejirim kostyumlik gazlamalar assortimenti profillangan sintetik iplar qo`llash xisobiga jimirlash yoki uchkunlanish effektini beradigan, pishitilgan kalava ipdan to`qiladigan gazlamalar bilan
to`ldiriladi.Paltolik gazlamalar assortimenti uchun tik va etik tukli, jingalaklangan guldor va sidirga paltolik gazlamalar va draplar, nitron tolali hajmdor strukturali gazlamalar ishlab chiqariladi.

Download 3,93 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish. Tikuvchilik sanoatining vazifasi va tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati

Download 3,93 Mb.