• Mexanik kuch uzatma
  • -mavzu: Kuch uzatma (transmissiya) ning vazifasi




    Download 0,54 Mb.
    bet90/160
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #240565
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160
    Bog'liq
    Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish

    18-mavzu: Kuch uzatma (transmissiya) ning vazifasi,
    tuzilishi va ishlash uslubi.
    Reja.
    1.Kuch uzatmaning vazifasi

    2.Kuch uzatmaning tuzilishi


    3.Kuch uzatmaning ishlash uslubi
    Avtomobil harakatlanganda unga ta’sir etuvchi kuchlar har bir daqiqada uzluksiz va ixtiyoriy ravishda o’zgarib turadi. Avvalambor, avtomobilga ta’sir etayotgan kuchlarning o’zgarishi yo’l sharoitiga, uning tezligi va tezlanishiga bevosita bog’liq bo’lib, bularning vaziyatiga qarab avtomobilningyetaklovsi g’ildiraklariga dvigateldan kelayotgan burovchi mometni o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Bu vazifani bajarish uchun avtomobillarga kuch uzatmasi qo’llaniladi.

    Kuch uzatma bir-biri bilan uzviy bog’langan mexanik va agregatlardan tashkil topib (ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma va yarim o’qlar), burovchi momentni dvigateldan avtomobilningyetakchi g’ildiraklariga uzatib beradi. SHu bilan birga kuch uzatma orqali burovchi momentni o’zgartirish chog’ida u o’zgaradi vayetakchi g’ildiraklarga bo’lib tarqatiladi.


    Kuch uzatmalar dvigateldan olinayotgan burovchi momentniyetakchi g’ildiraklarga uzatish bo’yicha mexanik, gidromexanik, elektromexanik turlariga bo’linadi. Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik kuch uzatma qo’llanilib, ularning joylashuv tartibi avtomobilning vazifasi, dvigatelning o’rnatilish xolati hamdayetaklovchi g’ildiraklarning soni va joylanishiga qarab turli konstruktsiyaga ega bo’lishi mumkin.
    Mexanik kuch uzatma:
    Mexanik (pog’onali) kuch uzatmaning ko’p tarqalgan tizimlari rasmda ko’rsatilgan. Agar avtomobil takomillashgan yo’l sharoitida harakatlanishga mo’ljallangan bo’lsa, odatda, dvigatelning burovchi momenti,yetakchi bo’lib, xisoblangan ketingi yoki oldingiyetakchi ko’prikning yarim o’qlari orqali ularning g’ildiraklariga uzatiladi. Burovchi moment ketingiyetakchi g’ildiraklarga uzatilganda oldingi g’ildiraklari, boshqariluvchi vazifasini o’taydi.
    Rasmda VAZ-2101 «Jiguli», GAZ-24 «Volga», GAZ-53 A, ZIL-130, MAZ-5335 avtomobillarga taalluqli kuch uzatmalarning tizim chizmasi tasvirlangan. Bunda burovchi moment dvigatel 1 dan ilashish muftasi 2 orqali, uzatmalar qutisi 3 ga o’tadi. Uzatmalar qutisida, burovchi momentning kattaligi yo’l sharoitiga bog’liq holda kerakligicha o’zgartiriladi. Keyinchalik kardanli uzatma 4 yordamida ketingiyetakchi ko’prik 5 ning ichida joylashgan asosiy uzatma, burovchi momentni yana da kuchaytirgan holda differintsial mexanizm va yarim o’qlar orqaliyetakchi g’ildiraklargayetkazib beradi.


    Download 0,54 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Kuch uzatma (transmissiya) ning vazifasi

    Download 0,54 Mb.