• 3.Ko`p bosqichli porshenli kompressor
  • Bir bosqichli porshenli kompressorlar




    Download 124,97 Kb.
    bet4/6
    Sana18.11.2023
    Hajmi124,97 Kb.
    #100994
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kompressor mashinalari. Ko\'p bosqichli kompressorlarning tahlili
    Madaminova Mard-WPS Office, 31-Vektorr, 2 5312447479373892554, ycUaDA2OZWoeqoLRBn65727YpdqyWt07VxYQ6WEP, ¦Ы¦¦¦¦TЖ¦¬TП8, 2.Kimyo tex xarita, Simmetrik kriptografik algoritmlar, Gosht (mol, qoy, tovuq) va baliq mahsulotlarning ozuqaviy qiymnti, ahamiyati, turlari, ularning sifatiga bolgan talablar., O’zgarmas tok tormizlash usullari Reja 1-Teskari ulash yo’li bil, Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. Reja, TEST 1, 25 variant 3 savol, result, METALLARNI KESISH TEXNOLOGIYASI, Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi.
    2.Bir bosqichli porshenli kompressorlar

    Kompressorlarda sodir bo`ladigan protsesslarni tekshirish va tahlil qilish uchun, ish printsipi oddiyroq bo`lgan bir bosqichli porshenli kompressorlarni ko`rib chiqamiz ( 1-rasm).









      1. 1- rasm.

    U tsilindr 1 va ichida harakatlanadigan porshen’ 2 dan ibo­rat. TSilindr devori ichi bo`shliq 6 dan iborat bo`lib unda sovituvchi suv aylanma harakat qiladi. Porshen’ shatun 3 vositasida krivoship 4 orqali kompressorning tirsakli vali 5 bilan birlashtirilgan va ilgarilama-qaytma harakat qiladi.
    Porshen’ chapdan o`ngga siljiganda kompressor tsilindrida siy­raklanish vujudga keladi. Tevarakdagi muhitning bosimi ta`sirida so`rish klapani 7 ochiladi va tsilindrga siqilishi lozim bo`lgan gaz to`ladi.
    Porshen’ o`ngdan chapga tomon siljiganida so`rish klapani yopila­di va porshen’ tsilindrdagi gazni siqadi. Siqilgan gaz haydash kla­pani 8 ochilib tsilindrdan itarib chiqariladi va gaz yig’gichga haydaladi, undan esa iste`molchiga beriladi.
    Bunda kompressorning ish protsessi porshenning ikki marta harakatlanishida amalga oshadi, bu esa valning bir marta aylanishiga muvofiq keladi.
    Nazariy (ideal) bir bosqichli kompressorni ishlashini ko`rib chiqamiz.
    Ishqalanishni engishga sarf bo`ladigan ish yo`q, tsilindrning geo­metrik hajmi foydali ish hajmiga teng va qoldiq bo`shliq hajm hosil kilmaydi, deb faraz qilamiz. Gazni tsilindrga so`rish va yig’gich­ga haydash o`zgarmas bosimda amalga oshadi.




    2- rasm.
    2-rasmda kompressorda siqilgan gaz olishni nazariy indikator diagrammasi tasvirlangan.
    Kompressorda porshen’ chapdan o`ngga qarab harakatlanganda tsilindrga bosimi R1 bo`lgan gaz kiradi. Bu protsess diagrammada 0-1 chizig’i bilan tasvirlanib so`rish chizig’i deyiladi.
    Porshen’ o`ngdan chapga harakatlanganda gazni R2 bosim va V2 hajmgacha siqadi. 1-2 chizig’i siqish protsessi deyiladi. Porshen’ chapga tomon harakatlanishda davom etib, siqilgan gazni haydash klapani orqali gaz yig’gichga siqib chiqaradi. 2-3 chizig’i haydash chizig’i deyiladi.
    Porshen’ qaytadan o`ng tomonga harakatlana boshlaganida so`rish klapani ochilib tsilindrda bosim juda tez R2 dan R1 ga tushadi.
    3-0 chiziq va ish protsessi yana shu tarzda takrorlanadi. Nazariy indikator diagrammasidagi 0-1-2-3-4 yuza kompressor valini bir marta aylanishiga sarf bo`ladigan,ya`ni siqilgan gaz olishga sarf­lanadigan ish miqdorini ifodalaydi va quyidagi ifoda bilan to­piladi:
    ( 1)
    R -diagrammada siqilish ishi:
    12561 yuza bilan haydash ishi 43254 yuza bilan, so`rilish ishi lsur esa 01640 yuza bilan tasvirlanadi.
    2-rasmda keltirilgan diagrammadan ko`rinib turibdi­ki, kompressor tsilindrining devorlaridan issiqlik olib ketilma­ganda gazni siqish protsessi 1-2 adiabata bo`yicha boradi. TSilindr devorlaridan issiqlik tez olib ketib turilganda protsess 1-2 izoterma bo`yicha sodir bo`ladi.
    Ko`rinib turibdiki, ikkala protsessdan izotermik protsess tejamlirok, chunki izotermik siqishda sarf bo`ladigan ish adiabatik siqishdagiga qaraganda son jihatdan 12 2 1 yuzaga teng miqdorda kam bo`ladi. Lekin real kompressorda gazni izotermik siqib bo`l­maydi, chunki tsilindrni sovituvchi suv havoni siqishda chiqadigan issiqlikning hammasini olib keta olmaydi. SHuning uchun real sharo­itlarda siqilish protsessi 1-2 politropa bo`yicha ketadi. Politropa chizig’i izoterma va adiabata chizig’i orasida bo`lib, politropa ko`r­satkichi Pq 1,18 1,25 atrofida bo`ladi.
    Kompressor tsilindrida 1 kg siqishda sodir bo`ladigan pro­tsessning xarakteriga qarab, kompressorning to`liq solishtirma ishi l turlicha qiymatga ega bo`ladi.
    Izotermik protsessda bo`lganligi uchun:
    ( 2)
    Adiabatik protsessda siqilish ishi:

    ( 1) formulaga ko`ra kompressorning to`liq solishtirma ishi:
    ( 3)
    Politropik siqilishda kompressorning to`liq solishtirma ishi quyidagiga teng:
    ( 4)
    YUqorida aytib o`tilganidek, kompressor iste`mol qiladigan ishni kamaytirish uchun uning tsilindrini suv bilan tez sovitib turish kerak. Bundan tashqari surkov moyining o`z-o`zidan alangalanishi­ning oldini olish maqsadida siqilayotgan gazning temperaturasini pasaytirish uchun ham tsilindrni sovitib turish lozim.
    Bir bosqichli kompressor bosimini oshirishni cheklovchi yana muhim omillardan biri-haydash bosimi oshishi bilan unumdorligining pasayishidadir. SHuning uchun bir bosqichli kompressorlar bosimi 0,8-1,0 MPa dan yuqori bo`lmagan siqilgan gaz olishda ishlatiladi.
    Gazni ancha yuqori bosimlargacha siqish uchun uni bosqich bi­lan, ya`ni oraliq sovitish yo`li bilan bir necha marta siqish kerak bo`ladi.

    3.Ko`p bosqichli porshenli kompressor


    Ko`p bosqichli porshenli kompressorlar yuqori bosimli gaz olish uchun qo`llaniladi.


    Gazni siqish politropa bo`yicha ketma-ket bir necha tsilindrda oraliq sovitish bilan amalga oshiriladi.



    Download 124,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 124,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir bosqichli porshenli kompressorlar

    Download 124,97 Kb.