• Sunʼiy aloqa tizimlarini ishlash prinsipi
  • Sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari tarixi
  • Yer orbitasida boʻlgan turli xil retranslyatorlar orqali maʼlumotlarni uzatishga asoslangan bir qator yoʻnalishlar mavjud




    Download 108.94 Kb.
    bet2/3
    Sana05.02.2023
    Hajmi108.94 Kb.
    #41082
    1   2   3
    Bog'liq
    Kosmik aloqa tizimlari Boymurodov Bekzod
    Web dizayn 230621101923, lDUxdwKRVGJbC1fVSJ0CcLy9VnsnJYL0RbRWd99S, KOMPYUTER ARXITEKTURASI, 4-amaliy ish, 5-amaliy 1-qism, Metall-yarimo‘tkazgich o‘tishlar. Geteroo‘tishlar-www.hozir.org, T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org, Issiqlik elektr markazlari (iem)-fayllar.org, 2 QISQA MASOFALARGA YUGURISH TEXNIKASINI O 2, 1702135400, Algoritmlashtirish pdf, dekart kordenata, 3 курсники Методикадан ўқув дастури (3), O\'n besh yoshli kapitan
    Yer orbitasida boʻlgan turli xil retranslyatorlar orqali maʼlumotlarni uzatishga asoslangan bir qator yoʻnalishlar mavjud:

    • kosmik aloqa;

    • global geojoylashuv va navigatsiya tizimi (GPS);

    • shahsiy sunʼiy yoʻldosh aloqasi;

    • televizion uzatish

    • telefoniya va keng polosali axborotlarni uzatish paketi.

    Sunʼiy aloqa tizimlarini ishlash prinsipi
    Sunʼiy aloqa va uni uzatish tizimlari – bu orbitada joylashgan retranslyatorlar va yer usti stansiyalardan tashkil topgan bir qancha jihozlardan iborat kompleks hisoblanadi.
    Sunʼiy yoʻldosh tizimining ishlash prinsipi juda oddiy – signal yer usti stansiyalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri sunʼiy yoʻldoshga uzatiladi, undan u retranslyatorning qamrov zonasidagi boshqa obyektlarga uzatiladi.
    Passiv retranslyatorda signalni toʻgʻirlash, kuchaytirish, oʻzgartirish yoki yoʻnaltirish kabi ishlar qilinmaydi balki uning samaradorligi qurilmaning qamrov zonasining kattaligi hisobiga amalga oshiriladi.
    Zamonaviy sunʼiy yoʻldosh tizimlari esa, nafaqat signalni yer usti stansiyasidan qabul qiladi balki uni kuchaytirib qabul qilish zonasiga yuboradi.
    Sunʼiy yoʻldoshning qanday joylashganidan qatʼiy nazar signalni qabul qilishda uni sifatli va doimiy boʻlishini taʼminlash maqsadida mobil sunʼiy yoʻldosh aloqasi ishlab chiqilgan. Bular abonent terminallari va tegishli stansiyalardan tashqari, geostatsionar (mobil) orbitada joylashgan sunʼiy yoʻldoshlarni oʻz ichiga olgan uskunalar majmuasi.
    Mobil sunʼiy yoʻldosh aloqasi – bu statsionar aloqani maʼlum bir sabablar bilan (infrastrukturaning yoʻqligi, qamrov zonasining kamligi, qiyin ob-havo sharoitlari) taʼminlashning imkoni boʻlmagan hududlarda aloqa oʻrnatishning eng maqbul yechimi hisoblanadi.
    Sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari tarixi
    Sunʼiy yoʻldosh aloqasi tushunchasi 1945-yilda angliyalik olim Artur Klarkning “Yerdan tashqari retranslyatorlar” nomli ilmiy ishi chop etilishidan boshlanadi.
    Olimning ilmiy qarashlariga dunyo hamjamiyati 10 yil davomida uncha katta eʼtibor qaratmaydi. Bu holat 1960-yilda transatlantik aloqa sifatini oshirish maqsadida “Exo-1” nomli birinchi kosmik retranslyatori amerikaliklar tomonidan fazoga uchrilgunga qadar davom etadi.
    Bugungi kunda shahsiy aloqaga moʻljallangan zamonaviy sunʼiy yoʻldosh aloqaning yangi texnologiyalari oʻtgan asrning oʻrtalaridagi prototiplardan sezilarli darajada farq qiladi.

    Download 108.94 Kb.
    1   2   3




    Download 108.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer orbitasida boʻlgan turli xil retranslyatorlar orqali maʼlumotlarni uzatishga asoslangan bir qator yoʻnalishlar mavjud

    Download 108.94 Kb.