Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qoyiladigan talablar




Download 36.5 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi36.5 Kb.
#92966
Bog'liq
Mohichexra MAQOLA
1- mavzu Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yan, AHOLI YASHAYDIGAN JOYLARDA SANITARIYA, Document 3, BLOWFISH, 1711888386

Mavzu:Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qoyiladigan talablar.
Abduraimova Mohichehra Jo’ra qizi .
DTPI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1- bosqich talabasi
Annotatsiya


Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash voyaga yetkazish va ma’lum bir sohaga yo’naltirish uchun tarbiyachi va pedagogning o’rni beqiyos.Mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachilar uchun yaratilgan shart- sharoitlar va ularning zimmasidagi ma’suliyat ularga qo’yilgan talablar keng yoritilgan .


Kalit so’zlar: Shaxs tarbiyasi, Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi ,Pedagogning nutq madaniyati ,Tarbiya tamoyili.
Kirish :
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyayev tashabbusi bilan pedagog tarbiyachining oylik maoshlari yildan-yilga oshib bormoqda.Pedagoglarga keng shart-sharotlar yaratilib ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda.
Shu jumladan Ta’lim to’grisidagi 46-moddada Pedagog xodimlarning majburiyatlari bayon etilgan .
Pedagog xodimlar
Ta’lim –tarbiya jarayoni ishtirokchilarning sha’ni ,qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini xurmat qilishi:
O’quv mashg’ulotlari sifatli o’tkazilishi :
Axborot kommunikasiya texnologiyalaridan,o’qitish va tarbiyaning ilg’or hamda innavatsiyon shakllari va usullaridan foydalanishi:
Ta’lim oluvchilarning psixologik va o’ziga xos xususiyatlarini jismoniy va ruxiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini xisobga olishi,jismoniy,aqliy,sensor yoki ruhiy nuqsonlari bolgan shaxslarni o’qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga
e’tibor qaratishi voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim –tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan xamkorlikda olib borilishi:
Ta’lim tashkilotining ustaviga va boshqa xujjatlarga,ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi:
O’z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi kerak.
Tarbiyachi qo’yiladegan talablar.
Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda o’yinlarda ,mashg’ulotlarda ,birgalikdagi mehnat faoliyatida ta’sir ko’rsatadi. Pedagogning vazifasi har bir bolani diqqat bilan o’rganish ,uning harakterini ,qobiliyatini bilish ,xulq-atvorini nazorat qilish va uni to’g’ri baholay olishdir.Hozirgi zamon tarbiyachining o’z kasbiga sadoqatligi g’oyaviy e’tiqodi bu kasbga bo’lgan cheksiz sadoqati uni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.
Tarbiyachining oldiga qo’yilgan muhim talablardan biri u o’z kasbiga oid metodlarni chuqur o’zlashtirish zarur .Pedagogning kreativ yondoshuvi natijasida bolalarni ilmga bo’lgan qiziqishlarini yuksaltirish mumkin .Bu esa albatta pedagogning obro’sini ko’taradi
Pedagog kasbiga xos bolgan fazilatlardan biri bu bolalarni sevish,ularga mexr ko’rsatish .Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolani kelajagiga buyuk vatanga sadoqat fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila olgan tarbiyachigina haqiqiy pedagog degan maqomga erishgan hisoblanadi .Bolani sevish pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi .Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagog qobiliyatning mavjudligiga ham bog’liq.
Pedagogik qobiliyatga erishish –pedagogik mahoratga erishishning zaminidur.Tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat ,jamiyat hodisalari,kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar berishdan iborat.Pedagog yosh avlodni tarbiyalashi uchun yuqori ma’lumotli ,kerakli bilimga ega bo’lishi, kerakli adabiyotni tanlay olishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga bilim berishda tarbiyachi kompetensiyaviy yondashishi lozim.Bu ma’lumotlar Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ‘’Ilk Qadam ‘’ va ‘’Takomillashgan ilk qadam’’ Davlat o’quv dasturining II-bobida ta’kidlangan.Bunda tarbiyachi 6-7 yoshli bolaning tayanch kompitensiyalariga,bolaning rivojlanish sohalari kompensiyalarga katta e’tibor qaratish kerak.Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonunning 39-moddasida ham pedagogning majburiyatlari alohida ta’kidlangan.Ularning majburiyatlari bilan birgalikda huquqlari ham ximoya qilingan.
Bundan tashqari Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonunning 41-moddasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarning mehnatiga haq to’lanishi va dam olinishi kafolatlangan.


ADABIYOTLAR:
1.O’zbekiston Respublikasi ‘’Ta’lim To’g’risidagi Qonun’’i
2.’’Maktabgacha Pedagogika ‘’mualliflar F.R..Qodirova. Sh.Q.Toshpo’latova.N.M Qayumova.M.N.A’zamova.
3.http:!!genderi.org! sayti.
4.Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonun.
5.’’Ilk qadam’’Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturi T:2018
Download 36.5 Kb.




Download 36.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qoyiladigan talablar

Download 36.5 Kb.