Mavzu: Materiallar qarshiligi fanida masalalarni yechish tartibi mundarija: kirish asosiy qism




Download 342 Kb.
bet2/4
Sana01.02.2024
Hajmi342 Kb.
#149801
1   2   3   4
Bog'liq
MATERIALLAR QARSHILIGI FANIDA MASALALARNI YECHISH TARTIBI - KURS ISHI

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 17 betda yoritilgan bo‘lib ularda kirish , asosiy qism, 3 ta reja va xulosa qisimdan foydanilgan va o‘rganilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.


1. Materiallar qarshiligi fanining mohiyati
Materiallar qarshiligi - inshootlar elementlari va mashinalar detallarining mustahkamligi va deformatsiyalanuvchanligi (ishlov berishga moyilligi) ni, ularni tayyorlashda foidalaniladigan materiallarning fizikmexanik xossalari va tuzilishiga xos xususiyatlarni oʻrganuvchi fan. Asosiy vazifasi — elementlar va detallarga statik va dinamik kuchlar (nagruzkalar) taʼsir etganda ularni mustahkamlik, bikrlik (qattiklik), us-tuvorlik va tebranishlarga hisoblash usullarini ishlab chiqish. Asosiy oʻrganish obʼyektlari — nazariy va amaliy usullarda tadqiq qilinadigan sterjen va plastinalar (elementlar va detallar sterjen hamda plastinalardan tayyorlanadi). Materiallar qarshiligining nazariy qismi nazariy mexanika qonunlariga, jismlarning qayishqoq deforma-siyalanishi (shaklining oʻzgarishi, ezilishi va boshqalar) nazariyasiga asoslanadi.
Amaliy qismi turlituman sinovlar, fizika va materialshunoslik krnunlariga asoslanadi. Materiallar qarshiligi fani ishlab chiqqan usullar, [[meʼyorlar va tavsiyalardan muxandislik amaliyotida elementlar va detallardagi eng katta zoʻriqishlar va siljishlarni aniqlash hamda ularni inshootlar va mashinalardan foydalanish uchun xavfsiz boʻlgan meʼyoriy qiymatlar va standartlar bilan taqqoslash maqsadida foydalaniladi]]. Eksperimental tadqiqotlarda maxsus sinov mashinalari va oʻlchash asboblari koʻllaniladi. Tadqiqotlar natijalari boʻyicha maqsadli "kuchlanish — deformatsiya" diagrammalari tuziladi, materialning mustahkamlik, oquvchanlik chegaralari va qayishqoqlik koʻrsatkichlari belgilanadi. Bular hisoblanayotgan element yoki detalning eng zoʻriqqan joylarini, deformatsiyalanadigan va siljiydigan sohalarini aniqlashga imkon beradi. Loyihalash yoki tekshirish mobaynida maqsadli diagrammalar yordamida zoʻriqishlar va deformatsiyalarning hisobiy qiymatlarini standartlarda yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarga taqqoslab, element yoki detalning oʻlchamlari va shakli anikdanadi. Materiallar qarshiligi fanining nazariy xulosalari va amaliy natijalari insho-otlarning ustuvorligi va zilzilabardoshligini taʼminlashda, mashina va mexanizmlarning xizmat muddatini uzaytirishda, kiyim-kechaklarning pishikligini oshirish va sifatini yaxshilashda, ayniqsa, aviatsiya va kosmanavtikada juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Inshootlarning elementlari va mashinalarning detallarini hisoblashning empirik (oddiy) qoidalari oʻrniga taxliliy (analitik) usullarini qoʻllash zaruriyatini G. Galiley asoslab bergan. Materiallar qarshiligi fani rivojiga D. Bernulli, R. Guk, Sh. O. Kulon, L. Eyler, A. N. Dinnik, M. V. Ostrogradskiy va boshqa, oʻzbek olimlaridan X. A. Raxmatullin, M. T. Oʻrozboyev, M. A. Hojinova, H. H. Usmonxoʻjayev, T. Rashidov va boshqa katta hissa qoʻshishgan. Oʻzbekistonda Materiallar qarshiligi mu-ammolari bilan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent texnika universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Toshkent yengil sanoat va toʻqimachilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar shugʻullanadi.
Har qanday mashina va inshootga nisbatan turli talablar quyiladi. Mashina va inshootlar quyilgan yuklar ta'siriga chidamli bo`lishi ya'ni ishlatilish davrining boshidan oxirigacha xavf-xatarsiz ishlashi kerak. Mashina va inshootlar mustahkam, bir bo`lishi hamda ustivor bo`lishi kerak.

  • Mustahkamlik–konstruktsiya qismlarining tashqi kuch ta'sirida yemirilishiga (sinishga, uzilishga, qisqarishga) qarshilik ko`rsatish xususiyatidir.

  • Deformasiya – jismlarning tashqi kuch ta'sirida o`z o`lchamlari va shalklarini o`zgartirishdir. Deformatsiya tenzometrlar yoki tenzodatchiklar yordamida aniqlanadi.

  • Ustivorlik – tashqi kuch tasirida deformasiyalangan konstruksiya qismlarining ozgina bo`lsa ham muvozanatining buzilishiga qarshilik ko`rsatuvchi xususiyatdir.

Materiallar qarshiligi mashina va inshootlar qismlarining mustahkam, bikr va ustivor bo`lishini hisoblashda zarur bo`lgan zuriqish va deformatsiyalarni aniqlash usullarini o`rganuvchi fandir. «Materiallar qarshiligi»ga asos solgan olimlardan biri mashhur italyan olimi Leonardo da Vinchidir, lekin uning fikri va o`tkazgan tajribalari qo`lyozmalari saqlanib qolmagan va materiallar mustahkamligi to`g`risidagi ilm keng tarqalmagan. Mustahkamlik nazariyasini yaratish uchun birinchi marta XVII asrda italyan olimi Galiliyo Galiley tomonidan tajriba o`tkazilgan va u 1638 yilda «Materiallarning mustahkamligi to`g`risida» asarini yozdi. Materiallar qarshiligi fanining rivojlanishiga R.Guk. Bernulli, Matriot, Sen-Venan, Koshi, Lama va boshqa ko`p olimlar hissa qo`shganlar. XVII asrga kelib materiallar qarshiligi fani yanada rivojlandi. Peterburg akademiyasining a'zosi L.Eyler siqilgan sterjenlarning ustivorligi to`g`risidagi ilmni yaratdi. O`zbek olimi M.T. Urozboyev ham materiallar qarshiligi fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.



Download 342 Kb.
1   2   3   4




Download 342 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Materiallar qarshiligi fanida masalalarni yechish tartibi mundarija: kirish asosiy qism

Download 342 Kb.