• Test, so’rovnomalar
  • Test sinovlar metodi
  • Mavzu maxsus fanlarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va tamoyillari tayanch so‘z va iboralar




    Download 54,12 Kb.
    bet3/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi54,12 Kb.
    #138768
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-ma\'ruza

    Pedagogik so’rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror jihati yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. So’rash savollarning mantiqiy o’ylangan tizimini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamligini (3-5 ta) nazarda tutadi. Shuningdek, qat’iy shakldagi javobni ("ha","yo’q") ham taqozo etishi mumkin.
    Test, so’rovnomalar - bu so’rovnoma, ya’ni anketa usuli qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
    Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini yoppasiga baholashdir.
    Mutaxassislarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri - bu test yordamidagi sinov o’tkazishdir.
    Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi, ma’naviyati hamda yoshlarning qaysi yo’nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida bilimni baholashning pedagogika nuqtai nazaridan ba’zi bir yutuqlari va kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayonini kompyuterlar yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta’kidlangan. Test savollari va masalalarining jozibadorligiga sabab, uning qisqa va lo’ndaligi, to’g’ri javobni umumiy javoblar ichida borligi va ularning talabalarga ko’rsatma bo’lib xizmat qilishi, uning topishmoqli o’yinga o’xshashligi va javobni topishda xotira, intuistiya va topqirlik qo’l keladi. Test savollarini qo’llash talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
    Test sinovlar metodi - bu yozma javoblarni ommaviy ravishda yig’ib olish metodidir. Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlari kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi.

    Download 54,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 54,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu maxsus fanlarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va tamoyillari tayanch so‘z va iboralar

    Download 54,12 Kb.