|
Mavzu maxsus fanlarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va tamoyillari tayanch so‘z va iboralar
|
bet | 4/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 54,12 Kb. | | #138768 |
Bog'liq 6-ma\'ruzaEksperiment-tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli – ta’lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalar, jihozlar, ko’rgazmali qurollar, didaktik materiallar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, ta’lim muassalarining qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Matematika va kibernetika usullari - o’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differenstial va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir.
Sostiologiya tadqiqot metodi - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning mutaxassislikka bo’lgan munosabatlarini aniqlash, talabalar orasidagi do’stlik munosabatlarini, ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga xususan tasavvufga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlar darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o’quv taqsimoti, o’qituvchilarning o’qitish darajasi, o’quv qo’llanmalarning sifati, kompyuter bilan mashg’ulot o’tkazish turlarini o’rganish, ilmiy va kasbiy mahoratini oshirishdagi mashg’ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalarning talabalar xarajatini qanchalik qoplash, haq to’lanadigan ishlarda talabalarning qatnashishi, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalarning ko’p shug’ullanadigan jamoat joyi, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta’sir etuvchi omillar, mutaxassis bo’lib etishishida hal qiluvchi omillar, talabalarning onglilik darajasi jarayoni, komil inson bo’lish uchun kerakli bo’lgan ma’naviy sifatlar, o’zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi.
|
| |