• Biomexanik metodlar
  • Ushbu metodlardan tashqari maxsus fanlarni o’qitish metodikasida maxsus empirik metodlardan foydalaniladi




    Download 54,12 Kb.
    bet5/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi54,12 Kb.
    #138768
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-ma\'ruza

    Ushbu metodlardan tashqari maxsus fanlarni o’qitish metodikasida maxsus empirik metodlardan foydalaniladi.
    Maxsus empirik usullaridan hodisa va jarayonlarni o’rganishga yo’naltirilgan asbob uskunalar va apparatlar orqali ob’ektiv miqdoriy kattaliklarini olish maqsadida qo’llaniladi.
    Tadqiqotning maxsus empirik metodlarini shartli ravishda 3 guruxga bo’lish mumkin:

    1. Ish harakatlarining natijaviy tafsilotini o’rganish (xarakatlarni aniq bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi);

    2. Biomexanik usullar;

    3. Psixofiziologik usullar.

    Ish xarakatlarining natijaviy ko’rsatkichlarini aniqlash bilan bog’liq tadqiqotlarda, shu jumladan ularni o’zlashtirish jarayonida xronometraj katta rol o’ynaydi. Ish me’yori, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyotlarining turli davrlarida vaqt me’yori, ish tartibotini aniqlash, shuningdek, harakatlarning vaqtinchalik tuzilmasini o’rganish, talabalarning tayyorgarlik darajasini baholash uchun xronometrajdan foydalaniladi.
    Ish kunini tasvirga olish xronometrajning bir turi bo’lib, unda ish kuni davomida yoki ishlab chiqarish amaliyoti davridagi barcha vaqt sarflari o’lchanadi va tahlil qilinadi. Bu bilan ish vaqtining sarfi va uning sabablari, shuningdek ishni tashkil etishning holati ajratib ko’rsatiladi. Xuddi shu maqsadlarda shuningdek o’z-o’zini tasvirga olish qo’llanilib, unda talaba o’z ishini o’zi kuzatadi va olingan natijalarni maxsus kuzatish varaqasiga kiritadi.
    Biomexanik metodlar – bu ish harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini o’rganishdir: ularning mukammallik darajasi, talabaning asbob, dastgoh va hokazolar bilan o’zaro kuch ta’siri, asbob va qo’l harakatining kinematikasi va boshqalar aniqlanadi.
    Tarixiy ilk biomexanik metodiga stiklogramma kiradi. Stiklogramma harakat elementlarining ketma - ketligi va o’zaro bog’liqligini o’zida aks ettiradi. Stiklogramma metodlarida asboblarga, qo’l yoki oyoqlarga elektrik lampochkalar biriktiriladi. Ishchi jarayoni fotoapparat bilan suratga olinadi. Fotoplastinkada lampochka tasvirining yorug’ nuqtalar ko’rinishida qolgan izi mos ravishdagi harakat traektoriyasini beradi. Olingan traektoriyaning tahlili harakatning tezligi, tezlanishi, yo’nalishi va boshqa tashkil etuvchilarni aniqlash imkonini beradi.

    Download 54,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 54,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu metodlardan tashqari maxsus fanlarni o’qitish metodikasida maxsus empirik metodlardan foydalaniladi

    Download 54,12 Kb.