• Elektrokardiografiya
  • Mavzu maxsus fanlarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va tamoyillari tayanch so‘z va iboralar




    Download 54,12 Kb.
    bet6/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi54,12 Kb.
    #138768
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-ma\'ruza

    Psixologik metodlar o’quv va mehnat faoliyati jarayoni natijasida inson organizmining turli organlari funkstional holatini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bulardan elektromiografiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng qo’llaniladi.
    Elektromiografiya – harakatlanuvchi muskullarning elektrik potenstialini yozishdir. Istalgan muskul harakati bosh miyadan elektrik impuls ko’rinishida uzatiladigan ta’sirlar natijasida ishlaydi. Muskullarning elektrik faolligi uning qisqarish kuchini aniqlaydi. Muskullarning elektrik potenstiali maxsus elektrodlar yordamida kuchaytirgichga, o’zidan-o’zi yozgichga uzatiladi va u erda miogramma – elektrik signallarning qog’ozda yozilishi qayd qilinadi.
    Elektrokardiografiya – yurak tomirlarining elektrik potenstiallarini qayd qilishdir. Yurak tomirlari ham muskullar kabi bosh miyadan keluvchi elektrik signallar ta’siri ostida qisqaradi. Ularni qayd qilish elektrokardiografiya deb aytiladi.
    Elektrodermografiya – terining elektrik potenstialini qayd qilishdir. Inson tanasidan ter oqib chiqishi ham miyaning elektrik signallari ta’siri ostida amalga oshadi. Elektrodermogramma birinchi navbatda insonning ish jarayonidagi emostional holati ko’rsatkichi hisoblanadi.
    Markaziy asab tizimining funkstional holatini aniqlash uslubi o’quv mehnat faoliyatining talaba organizmi holatiga ta’sirini o’rganish uchun qo’llaniladi, masalan, diqqat darajasi, ish jarayonida toliqishning rivojlanishi, mashqlar ta’siri ostida markaziy asab tizimida sodir bo’ladigan siljishlar va hokazo.
    Ko’pincha shartli reakstiyalar usuli qo’llaniladi, ya’ni talabalarga nurli, tovushli yoki boshqa xildagi signallar uzatiladi. Unga javob tariqasida talaba uncha murakkab bo’lmagan qandaydir holatni amalga oshirishi kerak, masalan, tugmachani bosish. Bu harakatni bajarish vaqti bo’yicha va xarakteri bo’yicha ushbu vaziyatda talaba markaziy asab tizimining holati va turli mezonlar ta’siri ostida undagi o’zgarishlarni aniqlashi mumkin.
    Download 54,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 54,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu maxsus fanlarni o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va tamoyillari tayanch so‘z va iboralar

    Download 54,12 Kb.