• MAXSUS IQTISODIY ZONALAR TO‘G‘RISIDA
  • MAXSUS IQTISODIY ZONALAR TO‘G‘RISIDA
  • Mavzu: maxsus iqtisodiy zonalarda biznes subyektlarini soliqqa tortish




    Download 0.64 Mb.
    bet1/2
    Sana23.02.2024
    Hajmi0.64 Mb.
    #161068
      1   2
    Bog'liq
    15-22 Turdaliyv Umid - копия
    275 21.12.2005, munisa, 1-лекция, DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA, Ariza namuna (pul qaytarish), 145 31.03.2022, 2 MAVZU AMALIY, 5-MAVZU, 2-lab, 1-lab, 8-mavzu Kvant mexanikasi elementlari (2-soat) (1)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT

    BIZNESNI SOLIQQA TORTISH FANIDAN

    Mustaqil ish




    MAVZU: MAXSUS IQTISODIY ZONALARDA BIZNES SUBYEKTLARINI SOLIQQA TORTISH


    Bajardi:
    15-22 guruh talabasi: U. Turdaliyev Qabul qildi: A. Kabirov

    Reja:


    1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

    MAXSUS IQTISODIY ZONALAR TO‘G‘RISIDA

    1. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari

    2. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir talablar

    3. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish tartibi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI


    MAXSUS IQTISODIY ZONALAR TO‘G‘RISIDA
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik
    Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;
    investor — foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
    maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud;
    maxsus huquqiy rejim — maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya faoliyatini va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida shart-sharoitlarni belgilaydigan huquqiy normalar majmui;
    Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestri — maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilari va investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning axborot bazasi;
    maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi — maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjati bo‘lib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatidan o‘zlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi.
    2-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasida davlat tomonidan tartibga solish
    4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish dasturlarini tasdiqlaydi;
    maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlarini tuzadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradi;
    maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining ustavlarini tasdiqlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradi;
    maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlarini belgilaydi, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
    5-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi
    Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi:
    maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
    maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
    maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish samaradorligini baholash uslubiyotini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
    investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir bosqichida investorlarning, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining hamda tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘zaro hamkorligini tashkil etadi;
    investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan mavjud byurokratik to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etishga doir ishlarni tashkil etadi;
    maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilish jarayoni monitoringini amalga oshiradi;
    maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasining va ishtirokchilarining faoliyati samaradorligini baholashdan o‘tkazadi;
    maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini tashkil etadi;
    maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish, shuningdek maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining hamda ma’muriy kengashlarining faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
    6-modda. Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
    Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish quyidagilarni o‘z ichiga olgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi:
    ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishni;
    muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ta’minlashni;
    bozor infratuzilmasini yaratishni;
    maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat bo‘yicha va sohaviy ixtisoslashuviga muvofiq chet el investitsiyalarini hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari kompleksini.
    Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy ta’minlash zonaning o‘z resurslari, xususiy manbalar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar alohida hollarda, faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun farmatsevtika hamda agrar yo‘nalishdagi maxsus iqtisodiy zonalar uchun berilishi mumkin. Boshqacha faoliyat va tarmoq ixtisoslashuviga ega bo‘lgan maxsus iqtisodiy zonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ularning yer fondi toifasi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda o‘zgartirilganidan keyin berilishi mumkin. Maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan beriladi va uning tasarrufida turadi, bundan maxsus sanoat zonalarining hududlari mustasno.
    Maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining qarori bilan tasdiqlangan investitsiya buyurtmanomasida ko‘rsatilgan o‘lchamdagi yer uchastkasi elektron onlayn-auksion o‘tkazishni boshqa tashkilotlar bilan kelishib olish zaruratisiz maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    Elektron onlayn-auksion g‘olibi investitsiya buyurtmanomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasini ijaraga olish va maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi bilan investitsiya shartnomasini tuzish huquqiga ega bo‘ladi.
    Maxsus iqtisodiy zonalar hududida shaharsozlik faoliyati maxsus iqtisodiy zonalarning tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    8-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarda davlat-xususiy sheriklik
    Maxsus iqtisodiy zonalarda davlat-xususiy sheriklik O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
    3-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
    9-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari
    Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
    erkin iqtisodiy zonalar;
    maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
    turistik-rekreatsion zonalar;
    erkin savdo zonalari;
    maxsus sanoat zonalari.
    10-modda. Erkin iqtisodiy zona
    Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.
    11-modda. Maxsus ilmiy-texnologik zona
    Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hudud.
    12-modda. Turistik-rekreatsion zona
    Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.
    13-modda. Erkin savdo zonalari
    Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi.
    Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lamalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
    14-modda. Maxsus sanoat zonasi
    Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi.
    Maxsus sanoat zonasining faoliyat ko‘rsatish qoidalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
    4-bob. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir talablar
    15-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar
    Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
    arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlik; moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
    maxsus iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;
    texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar ko‘rsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
    16-modda. Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
    Investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytda erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish hajmlari ichki bozorning ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan bo‘lishi kerak.
    Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi kodi bo‘yicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining dastlabki to‘rtta belgilaridan birining darajasida boshlang‘ich xomashyoga nisbatan o‘zgarishini yoki qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot hajmining kamida o‘ttiz foiz darajasida ko‘payishini nazarda tutishi kerak.
    Erkin iqtisodiy zonalarda raqobat muhiti yaratilgan, ichki bozor to‘yingan yoki ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan o‘xshash mahsulot ishlab chiqaradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Tegishli vakolatli organlarning O‘zbekiston Respublikasida o‘xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud emasligi, ishlab chiqarish hajmlari yetishmasligi va raqobat muhiti darajasi to‘g‘risidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda so‘rab olinadi.
    Ushbu talablar to‘liq eksportga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari uchun tatbiq etilmaydi.
    17-modda. Maxsus ilmiy-texnologik zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
    Maxsus ilmiy-texnologik zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
    ro‘yxatdan o‘tgan patent huquqlarining mavjudligi;
    ilmiy-texnik yangilik va ishlab chiqariladigan mahsulotning ko‘p ilmiy izlanishni talab qilishi (tovarlarning xususiyatiga ko‘ra mutlaqo yangi yoki ilgari ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarning xususiyatlaridan jiddiy farq qilsa yoki tovarning iste’mol xossalariga ko‘ra mavjud bo‘lgan shunday tovarlarga nisbatan yaxshilangan bo‘lsa yoki bevosita o‘xshashlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sifat jihatidan yangicha iste’mol (funksional) xususiyatlariga ega bo‘lsa, shu jumladan tovarning raqobatbardoshligini oshiradigan yoxud tovarni qo‘llashning bunday tovardan foydalanish sohasini kengaytirish imkonini beradigan yangi usuli aniqlangan bo‘lsa).
    Tegishli vakolatli organlarning ro‘yxatdan o‘tgan patent huquqlari mavjudligi va ilmiy-texnik yangilikning mavjudligi hamda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda so‘rab olinadi.
    18-modda. Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
    Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari turistik industriya obyektlarining barpo etilishini, turistik xizmatlarni tashkil etish chog‘ida turistlar xavfsizligi va sog‘lig‘ining muhofaza qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini, shu jumladan turistik industriya obyektlarini videokuzatuv, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda ogohlantirish (xabar qilish) va zarur yordam ko‘rsatish tizimlari bilan jihozlash orqali ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutishi kerak.
    19-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida taqiqlangan faoliyat
    Maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshirish taqiqlanadi:
    ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab chiqarishni;
    qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni, qurol va o‘q-dorilar savdosini;
    yadroviy materiallar va radioakti v moddalar ishlab chiqarishni, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar savdosini;
    alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni;
    xom teriga ishlov berishni, hayvonlarni haydab boqishni yoki so‘yishni;
    sement, beton, sement klinkeri, g‘isht, temir-beton plitalar ishlab chiqarishni, ko‘mir, ohak va gipsdan mahsulot ishlab chiqarishni;
    barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) yer ostiga ko‘mib tashlashni;
    neftni qayta ishlash zavodlarini, atom elektr stansiyalarini, yadroviy qurilmalarni, radiatsiyaviy manbalarni, qayta ishlangan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv moddalar va chiqindilar, shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirishni.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning ayrim turlariga nisbatan taqiq va cheklovlar joriy etilishi mumkin.
    5-bob. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish tartibi
    20-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish
    Maxsus iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan o‘ttiz yil muddatga tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni tashkil etish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi.
    Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
    Davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida taklif kiritishlari mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritilgan taklifni u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va ma’qullangan taqdirda taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
    21-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish yoki uni tugatish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
    Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasi, unda maxsus iqtisodiy zonaning nomi, u qancha muddatga tashkil etilayotganligi, maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish maqsadi va uning turi, uning maxsus huquqiy rejimi xususiyatlari, faoliyatiga oid va tarmoq ixtisoslashuvi, maxsus iqtisodiy zonaning umumiy maydoni hamda chegaralarining tavsifi, uning tashkil etilishini va rivojlantirilishini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rsatiladi;
    aniq tadbirlar, bu tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul shaxslar va tashkilotlar, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturining loyihasi;
    maxsus iqtisodiy zonaning mo‘ljallangan chegaralari chizib ko‘rsatilgan holda yer-kadastr rejasining ko‘chirma nusxasi;
    maxsus iqtisodiy zonaning mo‘ljallanayotgan chegaralarida joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ro‘yxati hamda ularning maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish uchun yer uchastkalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘tkazish uchun yozma roziligi;
    tegishli hududdagi ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy shart-sharoitlarni, moddiy va mehnat resurslari, kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganlikni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonani, uning turini tashkil etish zarurligi hamda mumkinligini asoslovchi biznes-reja, shuningdek maxsus iqtisodiy zona maxsus huquqiy rejimining taklif etilayotgan o‘ziga xos xususiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy asosi;
    maxsus iqtisodiy zona direksiyasi ustavining loyihasi (agar direksiya davlat muassasasi shaklida tashkil etilayotgan bo‘lsa).
    Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi;
    maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish zarurati va imkoniyatining asoslari.
    Maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi;
    maxsus iqtisodiy zona bosh rejasining loyihasi va maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishni hisobga olgan holda chegaralari chizib ko‘rsatilgan yer-kadastr rejasining ko‘chirma nusxasi;
    chegaralariga o‘zgartirish kiritiladigan maxsus iqtisodiy zonaga qo‘shilishi mo‘ljallanayotgan hududlarda joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ro‘yxati hamda ularning yer uchastkalarini maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashiga, maxsus sanoat zonasi bo‘lgan taqdirda esa, yer uchastkalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘tkazish uchun yozma roziligi;
    maxsus iqtisodiy zonaning chegaralariga qo‘shib olish uchun taklif qilinayotgan hududlarda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarning va tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati;
    maxsus iqtisodiy zonaning chegaralaridan chiqarib tashlash uchun taklif etilayotgan hududlarda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining ro‘yxati (ular mavjud bo‘lgan taqdirda);
    maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini o‘zgartirish zarurati va imkoniyatining asoslari.
    Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tugatishni ta’minlash, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilariga kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalarni taqdim etish bo‘yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarori loyihasi;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus iqtisodiy zonani tugatish komissiyasining tarkibi va vakolatlarini, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani tugatish tartibini belgilovchi qarori loyihasi;
    ushbu Qonun 22-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha maxsus iqtisodiy zona muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining amalga oshirilayotgan o‘z investitsiya loyihalari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
    maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning sabablari hamda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar va umuman respublika uchun, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun ehtimoldagi oqibatlari ko‘rsatilgan holda tegishli hududdagi ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni, shuningdek tugatilayotgan maxsus iqtisodiy zona faoliyatining va faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichlarini batafsil tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning zarurati hamda imkoniyatining texnik-iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy asoslari.
    22-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tugatish uchun asoslar
    Maxsus iqtisodiy zona qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha muddat tamom bo‘lgach, tugatilgan hisoblanadi.
    Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi, agar:
    buni odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat xavfsizligini va mamlakat mudofaasini ta’minlash zarurati taqozo etsa;
    maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida bironta ham yuridik shaxs mazkur maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa va (yoki) maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi tomonidan ish o‘rinlari yaratilmagan bo‘lsa;
    maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida mazkur maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha faoliyat amalga oshirilmagan bo‘lsa;
    maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini yo‘qotganligi va mazkur iqtisodiy zonaning oxirgi ishtirokchisi tomonidan bunday maqom yo‘qotilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida uning hududida uning ishtirokchisi sifatida birorta ham yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi bois maxsus iqtisodiy zonada uning ishtirokchilari qolmagan bo‘lsa;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida belgilangan maxsus iqtisodiy zonani tashkil etishning maqsadlariga erishish boshqa sabablarga ko‘ra imkonsiz bo‘lib qolgan bo‘lsa.
    Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha maxsus iqtisodiy zona muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga ular tomonidan ko‘rilgan zarar yoki boy berilgan naf uchun kafolatlar va (yoki) kompensatsiya beriladi yoxud avval amalda bo‘lgan tartibga muvofiq taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar saqlanib qoladi.
    Maxsus iqtisodiy zonani tugatish bilan bog‘liq mulkiy va boshqa masalalarni hal qilish, maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va ishtirokchilari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tugatish komissiyasini tuzadi, uning tarkibi va vakolatlarini belgilaydi, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani u muddatidan oldin tugatilgan taqdirda tugatish tartibini tasdiqlaydi.
    6-bob. Maxsus iqtisodiy zonani boshqarish
    23-modda. Maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi
    Maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari orasidan tuziladigan kollegial organ bo‘lib, unga maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, tegishli viloyat hokimi va Toshkent shahar hokimi bo‘lgan rais rahbarlik qiladi.
    Maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi:
    maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatishi, maxsus huquqiy rejimga rioya etish va maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga ko‘maklashish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    maxsus iqtisodiy zona hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini saralab olishni amalga oshiradi;
    maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
    maxsus iqtisodiy zonaning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi bo‘yicha loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini tashkil etadi;
    maxsus iqtisodiy zona direksiyasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi..
    Maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va ishtirokchilari uchun majburiydir.
    24-modda. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi
    Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatishi va boshqarilishini ta’minlash uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxsdir.
    Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi:
    maxsus iqtisodiy zona hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini ta’minlaydi;
    salohiyatli investorlar va maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni “yagona darcha” prinsipi asosida tashkil etadi;
    investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, shuningdek maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
    maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestrini yuritadi;
    maxsus iqtisodiy zona hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkillashtiradi; maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan shartnomalar asosida marketing xizmatlari, shuningdek mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi;
    maxsus iqtisodiy zonaga investorlarni jalb etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
    investorlarni, maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilarini axborot bilan ta’minlaydi, shu jumladan ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etadi; maxsus iqtisodiy zona hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida ijaraga, shuningdek maxsus iqtisodiy zona hududidagi binolar va inshootlarni egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga beradi;
    Maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Direksiya maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

    Download 0.64 Mb.
      1   2




    Download 0.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: maxsus iqtisodiy zonalarda biznes subyektlarini soliqqa tortish

    Download 0.64 Mb.