|
Mavzu: mdya-tranzistorlarning parametrlarining ish rejimlariga hamda temperaturaga bog‘liqligi. Reja
|
bet | 7/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 177,6 Kb. | | #240731 |
Bog'liq Mavzu mdya-tranzistorlarning volt-amper xarakteristikalari va pKo„p bosqichli kuchaytirigichlar. Kuchaytirgich parametrlarining yaxshi barqarorligini ta‘minlab beruvchi manfiy teskari aloqa kuchaytirish koeffisientini keskin kamaytiradi. Katta KU qiymatini olish uchun keng polosali ko‗p bosqichli kuchaytirgichlar qo‗llaniladi. 6.6 – rasmda ketma - ket – parallel teskari aloqali uch bosqichli kuchaytirgich prinsipial sxemasi keltirilgan. Birinchi UE bosqich VT1 tranzistorda bajarilgan, unda tok bo‗yicha mahalliy ketma –ket MTA mavjud bo‗lib, u RE1 da bajarilgan. Ikkinchi bosqich VT2 tranzistorda bajarilgan. Uchinchi bosqich VT3 tranzistorda bajarilgan bo‗lib, RE3 rezistor mahalliy MTAni amalga oshiradi.
– rasm.
Mahalliy MTAdan tashqari kuchaytirgichda umumiy teskari aloqa qo‗llanilgan. U kuchaytirgich bosqich chiqishini VT1 tranzistor emitteri bilan bog‗lovchi RTA rezistor zanjirida bajarilgan. Mahalliy (bosqichlar ichidagi) teskari aloqalarga nisbatan butun kuchaytirigichni qamrab oladigan teskari aloqa, yanada yuqori barqarorlikni hamda alohida bosqichlarni kuchaytirish koeffisienti og‗ishiga sezgirlikni kamayishini ta‘minlaydi. 40 – sxema integral kuchaytirgich yasashda asos hisoblanadi.
Lekin teskari aloqali asosiy uch bosqichli kuchaytirgichdan tashqari, integral kuchaytirgich sxemasi kichik chiqish qarshiligini ta‘minlash uchun va kuchaytirigichda qo‗shimcha keng polosalik, chidamlilik, temperaturaviy barqarorlik va o‗zidan oldingi chiqish bosqichi kuchlanishi o‗zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqich kirish kuchlanishi o‗zgarmas tashkil etuvchisi bilan muvofiqlashni ta‘minlash uchun chiqish bosqichi sifatida emitter qaytargichga ega bo‗ladi. Gap shundaki, turli katta sig‗imlarga ega bo‗lgan kondensatorlarning mavjud emasligi tufayli barcha bosqichlar o‗zgarmas tok bo‗yicha o‗zaro bog‗langan.
Analog integral sxemalarning chiqish bosqichlari(quvvat kuchaytirgichlari). Chiqish bosqichlarining vazifasi – signalning berilgan (yetarlicha katta) quvvatini buzilishlarsiz past omli yuklamaga uzatishni ta‘minlash. Odatda ko‗p bosqichli kuchaytirgichlarda ular chiqish bosqichlari hisoblanadilar. Kuchlanish bo‗yicha kuchaytirish koeffisienti chiqish bosqichlari uchun ikkinchi darajali parametr hisoblanadi. Shu sababli asosiy parametrlar bo‗lib
quyidagilar hisoblanadi: foydali ish koeffisienti va nochiziqli buzilishlar
koeffisienti KG.
Foydali ish koeffisienti chiqish signali quvvatini manbadan tortib olinayotgan quvvatga nisbatiga teng:
Nochiziqli buzilishlar koeffisienti chiqish signali shaklining kirish signali shaklidan farqini ifodalaydi. Bu farq bosqichning uzatish xarakteristikasining nochiziqligi sababli yuzaga keladi. Kuchaytirgich bosqichi uzatish xarakteristikalari chiqish kattaligini (IChIQ yoki UChIQ) kirish kattaligiga (IKIR yoki UKIR) bog‗liqligini ifodalaydi..
va KG kattaliklari ko‗p hollarda tranzistorning sokinlik rejimi–
kuchaytirish sinfi bilan aniqlanadi. Shu sababli quvvat kuchaytirigichlarida qo‗llaniladigan kuchaytirgich sinflarini ko‗rib chiqamiz.
Uzatish xarakteristikasidagi ishchi nuqta (sokinlik nuqtasi) holatiga ko‗ra A, V, AV va boshqa kuchaytirish sinflari mavjud.
|
| |