|
Mavzu: Mehnat va kasbiy ko'nikmalar vositasida o'quvchilarni ijtimoiylashtirish Mundarija: kirish I bob. Mehnat tarbiyasining o’quvchilarni ijtimoiylashtirishda tutgan o’rni
|
bet | 12/13 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 51,39 Kb. | | #248950 |
Bog'liq Mavzu Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijt13. Savol-javob metodi. Mazkur metod ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr bilimlarni o’zlashtirish jarayonida taqdim etilayotgan materialning o’quvchilar tomonidan samarali o’zlashtirishini tahlil qilish, darajasini baholash maqsadida qo’llanildi. Metod ni qo’llashda o’quvchilarning ehtiborlariga havola etilayotgan savollarning qisqa aniq, ravshan bo’lishiga alohida ehtibor qaratildi. Tadqiqotni olib borishda ikki darajali savollardan foydalanildi.
Ya’ni:
1) tanib olishga oid savollar;
2) ajratib olishga oid savollar.
Ushbu an’anaviy metodlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiyhuquqiy tarbiyani shakllantirishda, ularda:
➢ Ma’suliyat va Moslashuvchalik - Shaxsning o’zida,ish o’rnida va hamjamiyat miqyosida masulyatli bo’lish va moslashuvchanlikni mashq qilish;o’ziga va boshqalarga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish;
➢ Muloqot Ko’nikmalari -Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish
➢ Tanqidiy fikirlash va tizimli fikirlash - masalani aniqlashda va murakkab qarorlar qabul qilishda puxta dalilar keltirishdan foydalanish; tizimlar o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni aniqlash
➢ Axborot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ko’nikmalari - Turli xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni taxlil etish, baxolash, boshqarish hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash
➢ Shaxslararo va hamkorlik ko’nikmalari - Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni qabul qila olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash
➢ O’z-o’zini yo’naltirish - Shaxsiy tushunish va o’rganish ehtiyojlarni kuzatib borish; mos keluvchi manbalarni aniqlash;bilim olishni bir jabxadan boshqasiga ko’chirib o’ta olish
➢ Ijtimoiy mas’uliyat - jamiyat foydasini nazarda tutgan holda mas’uliyat bilan harakat qilish; ish o’rnida va jamiyat orasida odob va axloq bilan ish tutish kabi hayotiy ko‘nikmalar yoshlikdan shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi.
Xulosa
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi. Uning ikkinchi muhim jihati esa yoshlarning ijtimoiy-huquqiy ongini shakillantirishda huquqiy tarbiyaning rolidir. Ijtimoiy - huquqiy tarbiya yoshlikdan boshlanmog‘i lozim. Birgina misol sifatida shuni aytib o‘tish kerakki, bosh qomusimiz hisoblangan konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yoshligimizdan singdiriladi. Qolaversa, milliy ramzlarimiz bo‘lmish madhiya, bayroq, gerbning kimlar tomonidan yaratilganligi, ularning qanday ma’noni anglatishi, unga xurmat nigohi bilan qaralishi, asrab-avaylashini bog‘cha yoshidagi bola ham biladi. Bu bizning ongu-shuurimizga shu darajada singanki chiqarib tashlashning iloji yo‘q. Ana shu tarzda insonning huquq va majburiyatlarini yoshlikdan singdirib borish bu kellajak uchun yaxshi qadam bo‘ladi. Ijtimoiy - huquqiy tarbiya hamisha davlatning siyosat, iqtisodiyot va ahloqqa nisbatan o‘z nuqtayi nazarini aholiga aniq yetkazib berishdagi eng ishonchli va samarali vositasi hisoblangan. Ijtimoiy - huquqiy tarbiya muammolari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH kabi mamlakatlarda ham doimo diqqat markazida bo‘lib, u bilan bog‘liq ko‘plab masalalar atroflicha o‘rganib chiqilgan. Shu sababli ham ijtimoiy - huquqiy tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga muntazam singdirib borilgan va bu jarayonga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan huquqiy islohotlar, huquqiydemokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazish bugungi kun talabidir. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim-tarbiya, ayniqsa huquqiy tarbiyani zamonaviy uslublar asosida yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Prezidentimizning “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar o‘tkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yyetarli bo‘lmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul“, ”Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak”, deb aytgan fikr-mulohazalari, mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning shaxs, jamiyat va davlat rivoji uchun naqadar muhim va ahamiyatli yekanligini hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Mehnat va kasbiy ko'nikmalar vositasida o'quvchilarni ijtimoiylashtirish Mundarija: kirish I bob. Mehnat tarbiyasining o’quvchilarni ijtimoiylashtirishda tutgan o’rni
|