Alyuminiy qotishmalarining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
a) elastiklik moduli po‘latnikiga nisbatan kichik;
b) po‘latga nisbatan tannarxi yuqori;
v) chiziqli kengayish koeffitsienti po‘latnikiga
nisbatan qariyb ikki marta
katta.
Alyuminiy qotishmalarini ishlatilish sohalari:
a) vitrinalar, eshik va deraza romlari, me’morchilik detallari yasashda;
b) katta proletli binolarda, ya’ni qurilmaning xususiy og‘irligini kamaytirish
katta ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda - tom yopmalarida;
v) agressiv muhitda ishlaydigan qurilmalarda;
g) tog‘li va borish qiyin bo‘lgan boshqa olis
joylarda quriladigan yuk
ko‘taruvchi qurilmalar (engilligi tufayli alyuminiyni tashib olib borish oson) hamda
sovuq iqlimda ishlatiladigan qurilmalarda (alyuminiy
qotishmalari past haroratda
ham mustahkamlik xususiyatlarini yo‘qotmaydi) ishlatiladi.
Zararli aralashmalar
Fosfor va oltingugurt zararli aralashmalardir. Ammo, ularni po‘lat tarkibidan
butunlay chiqarib bo‘lmaydi. Po‘lat tarkibida fosfor miqdori 0,045%dan oshsa,
past harorat ta’siridan po‘lat mo‘rtligi ko‘payadi.
Oltingugurt miqdori 0,055%
dan ortishi, po‘latda,
qizigan vaqtida,
darzlar
hosil bo‘lishiga olib keladi.
Azot
0,008%,
kislorod
0,007%,
vodorod
0,0007% ni bo‘lishi.
Ichki
atomlararo bog‘lanishini kamaytiradi va mo‘rt ravishda sinishiga olib keladi.