• Qurilishda ishlatiladigan alyuminiy qotishmalarining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat
  • Mavzu: Metall konstruksiyalarida qo‘llaniladigan materiallarning asosiy xususiyatlari Reja: Po‘latlar




    Download 225,16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana23.12.2023
    Hajmi225,16 Kb.
    #127315
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4-Ma\'ruza.

    Alyuminiy qotishmalar 
    Alyuminiy xossalari jihatidan po‘latdan ancha farq qiladi. Uning solishtirma 
    og‘irligi 26,4 ... 28,0 kN/m
    3
    , elastiklik moduli E=7,1·10
    3
    kN/sm
    2
    , bu po‘latnikiga 
    nisbatan uch marta kam.
    Mustahkamligi past bo‘lganligi tufayli sof alyuminiy qurilmada deyarli 
    ishlatilmaydi. Qurilish maqsadlari uchun turli xil kimyoviy elementlar (mangiy, 
    marganets, kremniy, mis) bilan legirlangan alyuminiy qotishmalari ishlatiladi. 
    Legirlashdan tashqari ba’zi qotishmalarning mustahkamligi yuqori haroratda ishlov 
    berish bilan ham oshiriladi. Termik ishlov berish bilan qotishmalarning 
    mustahkamlik ko‘rsatkichlarini 1,3... 1,5 marta oshirish mumkin, lekin bunda 
    materialning plastikligi kamayadi. 
    Alyuminiy qotishmalari tarkibida kanday 
    legirlovchi elementlar borligiga yoki ishlov berish usuliga karab toifaga bo‘linadi 
    (tamg‘alanadi): 
    AMg - alyuminiy-magniyli qotishma; 
    AMs - alyuminiy-marganetsli qotishma; 
    AV (avial) va AD - alyuminiyning magniy va kremniy bilan qotishmasi; 
    D1 , D16 va x. - dyuralyuminiylar bo‘lib, bu qotishmalar tarkibining asosini 
    alyuminiy mis tashkil etadi, rakamlar qotishma birligini bildiradi; 
    V - yuqori mustahkam qotishmalar (V65, V92), ular asosan alyuminiy
    magniy, mis va ruxdan iborat; Bu qotishmalar ancha qimmat turadi. 
    Qurilishda ishlatiladigan alyuminiy qotishmalarining asosiy afzalliklari 
    quyidagilardan iborat: 
    a) zichligi po‘latnikiga nisbatan kariyb 3 marta kichik (

    = 2640 kg/ m
    3

    demak po‘latga nisbatan 3 marta engil); 
    b) korroziyaga chidamliligi oddiy po‘latnikiga nisbatan 10...20 marta ko‘p; 
    v) alyuminiy profillarini yasashda asosan iskanjaga olish usuli qo‘llaniladi, 
    bu usul po‘lat profillarini hosil qilishda qo‘llaniladigan yoyish (prokatka) usuliga 
    nisbatan oddiyroq va arzonga tushadi; 
    g) 0 gradus S dan past haroratda alyuminiy qotishmalarning mo‘rtligi 


    kamayadi, bu esa sovuq iqlimli joylarda ayniqsa qulaylik tug‘diradi. 

    Download 225,16 Kb.
    1   2   3   4




    Download 225,16 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Metall konstruksiyalarida qo‘llaniladigan materiallarning asosiy xususiyatlari Reja: Po‘latlar

    Download 225,16 Kb.
    Pdf ko'rish