yuqori haroratda ishlov berish va legirlash.
YUqori haroratda ishlov berishdan asosiy maqsad po‘latning atom tuzilishini
o‘zgartirish va zarrachalarini maydalashdir.
Bu jarayon natijasida po‘latning elastikligi biroz kamaygani holda
mustahkamligi va oquvchanlik chegarasi ortadi. YUqori
haroratda ishlov berishni
asosiy turlari: toblash, normallash va bo‘shatish.
Toblash po‘latni 910
0
Sdan yuqorigacha qizdirib keyin tezlik bilan
sovitishdan iborat. Normallashda toblangan yoyma po‘lat qaytadan austenit
tuzilishi hosil bo‘ladigan haroratgacha qizdirilib, keyin havoda sovitiladi.
Normallash natijasida po‘latning
tuzilishi ancha yaxshilanib, ichki kuchlanishlar
yo‘qoladi, bu esa o‘z navbatida po‘latning mustahkamligi va plastik xususiyatlari,
zarbga chidamliligi ortishiga olib keladi. Bo‘shatish – bu po‘latni austenitning
o‘zgarishlari haroratidan yuqori haroratgacha (273
0
S) qizdirib,
keyin sovitish
(havoda yoki suvda) dan iborat. Bunda po‘latning mo‘rtligi kamayib, zarbaga
chidamliligi ortadi.